Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.72K photos
1.9K videos
51 files
5.72K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2025-yil 1-apreldan...

👉Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

👉2028-yil 1-yanvarga qadar chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklari tomonidan budjetga to'langan QQSning 50%i qaytariladi

👉Ayrim huquqbuzarliklar uchun birinchi marta ogohlantirish beriladi

👉Paxta xomashyosi realizatsiya qilinganda EHF bilan birga tovar-transport yuk xati ham rasmiylashtiriladi

👉2028-yil 1-yanvarga qadar yangi tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi va dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash kooperativlari uchun ijtimoiy soliq hamda ularga ishga qabul qilingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1% etib belgilanadi
__________
#новое_в_законодательстве

С 1 апреля 2025 года...

👉Все компании в сфере фармацевтики и медуслуг станут плательщиками НДС

👉До 1 января 2028 года животноводческим и птицеводческим хозяйствам будет возвращаться 50% уплаченного в бюджет НДС

👉За некоторые налоговые правонарушения в первый раз будет предупреждение

👉При реализации хлопка-сырца вместе с ЭСФ будет также оформляться товарно-транспортная накладная

👉По 1 января 2028 года ставка соцналога для создаваемых новых сельхозкооперативов и кооперативов по выращиванию и переработке лекарственных растений, а также ставка НДФЛ для принятых на работу в указанные кооперативы устанавливается в размере 1%

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining "Avtomobil transportida yo'lovchi tashish faoliyatini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" Qarori qabul qilindi.
👉VMQ-200, 02.04.2025-y.

Unga ko'ra, o'zini o'zi band qilgan shaxslarning soliq davrida ishlarni bajarishdan (xizmatlar ko'rsatishdan) olgan daromadlari 100 mln so'mdan oshganda, ular to'lashi lozim bo'lgan soliqlar soliq organlarining yuridik shaxslarga yuborilgan xabarnomasi asosida yuridik shaxslar (soliq agenti) tomonidan to'lov manbaida ushlab qolinadi.
__________
#новое_в_законодательстве

Принято Постановление Кабинета Министров «О дополнительных мерах по регулированию деятельности пассажирских перевозок автомобильным транспортом».
👉ПКМ №200 от 02.04.2025 г.

Согласно документу, если доход самозанятых лиц от выполнения работ (оказания услуг) в течение налогового периода превышает 100 млн сумов, налоги, подлежащие уплате ими, будут удерживаться юридическими лицами (налоговыми агентами) у источника выплаты на основании уведомления, направленного налоговыми органами.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha soliq yengilliklari berilmoqda

 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-67,  18.04.2025-yil.

Mazkur Farmonga asosan:

2025-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan xushboʻylashtiruvchi yoki rang beruvchi qoʻshimchalarsiz oq shakarga nisbatan aksiz soligʻi bekor qilinmoqda.

Maʻlumot uchun, amalda xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakar uchun aksiz soliq stavkasi 20 foiz etib belgilangan.
👉Soliq kodeksi 289-modda

20 va undan ortiq ishchisi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soliqlari hamda ijara toʻlovlari boʻyicha hisoblangan soliq summalari 2025-yil 15-iyulda va 1-dekabrda boʻlib-boʻlib toʻlanilishiga ruxsat berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmonida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash uchun hisobot davridagi to‘quv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoqmahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum hajmini aniqlashda, shartnomaga muvofiq daval xomashyosini qayta ishlash yuzasidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha olingan daromad ham inobatga olinadi.

Maʻlumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-229-son Farmonida tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga foyda solig‘ini 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz stavkada to‘lash tarzidagi imtiyoz nazarda tutilgan bo‘lib, mazkur imtiyozni qo‘llash uchun hisobot davrida toʻquv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etish zarur.

Shuningdek, mazkur Farmon bilan, umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarishda ushbu faoliyatdan olingan daromad tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etishi kerakligi belgilandi.

Maʻlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-avgustdagi PF-132-sonli farmoniga asosan, 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga oylik tovar aylanmasidagi naqd pulsiz qismidan kelib chiqib toʻlangan QQS bir qismini qaytarish tarzidagi imtiyoz berilgan.
Bunda oylik jami tovar aylanmasi hajmida umumiy ovqatlanish xizmatlarining umumiy ulushi 90 foiz va undan ortiq bo‘lishi belgilangan edi.
👉
VMQ-745-son,  07.11.2024-yil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar yanada qo‘llab-quvvatlanmoqda

2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-sentabrgacha “Hunarmand” uyushmasining aʼzolari uchun belgilangan soliq imtiyozlarining zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining aʼzolari bo‘lgan YATTlarga nisbatan ham tatbiq etilishi belgilandi.
👉O‘RQ-1059-son, 18.04.2025-yil

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogini yuritish tartibi belgilandi

“Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritish hamda undan foydalanish tartibi to‘g‘risida” gi nizom tasdiqlandi.
👉VMQ-263-son, 28.04.2025-yil

Nizomga muvofiq, mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritish va undan foydalanish, shuningdek, soliq imtiyozlariga mahsulotlarning (tovarlarning va xizmatlarning) identifikatsiya kodlarini biriktirish tartibi belgilandi.

📝Ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar milliy katalog obyekti hisoblanadi.

Milliy katalog quyidagi holatlarda va maqsadlarda ishlatiladi:

▫️EHFlarni rasmiylashtirishda;
▫️onlayn-NKT cheklarida;
▫️bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirishda (bojxona chegarasidan birinchi marta olib kirilayotgan tovarlar bundan mustasno);
▫️qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.

📌Milliy katalogdan Internet jahon axborot tarmog‘idagi “tasnif.soliq.uz” rasmiy veb-sayti orqali foydalaniladi.

🖇Mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) uchun soliq imtiyozlari soliq organlari tomonidan ushbu imtiyozlar nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlariga biriktiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari taqdim etiladi

“O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.
👉PQ-171-son, 08.05.2025-yil

Hujjat ilovasiga asosan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Dasturga muvofiq, Soliq kodeksiga quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi belgilandi:

▫️Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha ta'lim va umumiy o‘rta ta'lim tashkilotlari uchun belgilangan soliq imtiyozlari tatbiq etiladi.

Ma’lumot uchun: Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari 2030-yil 1-yanvargacha barcha turdagi soliqlardan (ijtimoiy soliq bundan mustasno) ozod qilinadi.
👉Soliq kodeksi 483-modda

▫️Ota-ona (yoki farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzandi uchun nodavlat maktabgacha ta'lim yoki umumiy o‘rta ta'lim tashkilotlarida ko‘rsatiladigan ta'lim xizmatlariga to‘lanadigan to‘lovlar bo‘yicha daromad solig‘idan imtiyozlar dastur doirasida o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarning oila a'zolariga ham qo‘llanilishi belgilanmoqda.

Mazkur imtiyozlar, Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng amaliyotga joriy qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yer osti suv manbalaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari o‘zgaradi

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉O‘RQ-1062, 05.05.2025-yil

Yer osti suv manbalaridan suv o‘lchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
👉Soliq kodeksi 445-modda

Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xo‘jalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 m³ gacha bo‘lgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ma’lumot uchun, suv resurslarini hisobga olishni amalga oshiruvchi organlar suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga suvdan foydalanuvchi shaxslar va ular tomonidan foydalanilgan suv hajmlari toʻgʻrisida real vaqt rejimida elektron shaklda axborot taqdim etishi shart.
👉Soliq kodeksi 133-modda 5-qismi

Mazkur me'yorlar 5-avgustdan, ya'ni Qonun kuchga kirgan kundan e'tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olgan tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar berilmoqda

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini taʼminlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉PF-85-son, 08.05.2025-yil

Farmon asosida Soliq kodeksiga quyidagi o‘zgarishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan:

▫️nogironligi bo‘lgan xodimlariga beg‘araz maqsadlarda bepul oziq-ovqat, gigiyena mahsulotlari va kiyim-kechaklar berishga yo‘naltirilgan mablag‘lar foyda soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi;

Amalda mazkur xarajatlar foyda soliq bazasini aniqlashda chegirilmaydigan xarajatlar tarkibiga kiritilgan.
👉
Soliq kodeksi 317-modda

▫️yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalariga berilgan yer, mol-mulk va aylanmadan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni faqatgina xodimlari umumiy sonining kamida 25 foizi, biroq kamida 4 nafarini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etadigan hamda ularga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda oylik ish haqi to‘laydigan nodavlat yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanadi.

Amalda xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etadigan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

Shuningdek, quyidagi soliq imtiyozlari taqdim etilishi belgilanmoqda:

▫️Prezidentimizning 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmoniga muvofiq tikuv-trikotaj, poyabzal va charm- attorlik sanoatida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan soliq imtiyozlarini unda ko‘rsatilgan shartlar asosida Ijtimoiy himoya yagona reestri yoki Kambag‘al oilalar reestriga kiritilmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganda ham qo‘llash;

Ma’lumot uchun, 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va farmonda belgilangan shartlarga javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda solig‘i stavkasi 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilangan.

▫️I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan hamda ularga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘laydigan nodavlat yuridik shaxslarga ushbu shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida hisoblash, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa ijtimoiy soliq hisoblanmaydi.

Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarini ularning murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda qo‘llash imkoniyati yaratiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berildi

O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉O'RQ-1063-son, 16.05.2025-yil.

Unga ko‘ra:

2030-yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

Bundan tashqari, 2027-yil 1- yanvargacha Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:

▫️bino va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlari bo‘yicha – foyda solig‘i;

▫️ijaraga berilgan obyektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha – mol-mulk solig‘i hamda yer solig‘i.

Pivo va pivo ichimlimklari, tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlar to’lanadi.

Bunda yuridik shaxs pivo va pivo ichimlimklari hamda tamaki mahsulotlari, YTTlar tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida vakolatli davlat organini xabardor qilingani to‘g‘risida tasdiqnomaga ega bo‘lganda ushbu yig‘imlar to‘lovchilari hisoblanadilar.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berildi

O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉O'RQ-1063-son, 16.05.2025-yil.

Unga ko‘ra:

2030-yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

Bundan tashqari, 2027-yil 1- yanvargacha Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:

▫️bino va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlari bo‘yicha – foyda solig‘i;

▫️ijaraga berilgan obyektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha – mol-mulk solig‘i hamda yer solig‘i.

Pivo va pivo ichimlimklari, tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlar to’lanadi.

Bunda yuridik shaxs pivo va pivo ichimlimklari hamda tamaki mahsulotlari, YTTlar tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida vakolatli davlat organini xabardor qilingani to‘g‘risida tasdiqnomaga ega bo‘lganda ushbu yig‘imlar to‘lovchilari hisoblanadilar.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads