Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.59K videos
40 files
4.73K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#savol_javob

Savol: Men yakka tartibdagi tadbirkorman. Asosiy faoliyatimdan tashqari qo‘shimcha ravishda boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullansam boshqa faoliyatlarim uchun alohida soliq to‘laymanmi?

N.Jabborov,
Buxoro tumani.


Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 392-moddasiga asosan agar YaTT 2 yoki undan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullansa (ya’ni bir paytda ham chakana savdo, ham xizmat ko‘rsatish) har biri uchun alohida alohida belgilangan qat’iy stavkada soliq to‘laydi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida umumiy bitta ijtimoiy soliq to‘lashi belgilangan.

Eslab qoling! Bir kalendar yili davomida YaTTning olgan daromadi 100 million so‘mgacha bo‘lsa, qat’iy belgilangan tartibda soliq to‘laydi. Bir kalendar yilida olgan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, biroq 1 milliard so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovar aylanmasidan olinadigan daromad hisobidan soliq to‘lashga o‘tkaziladi.

Shuningdek, bir kalendar yilida tovarlar aylanmasidan olingan daromadi 1 milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tkaziladi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.



🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Savol: Men zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va ularning savdosi bilan shug‘ullanaman. Ko‘pincha, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirishga to‘g‘ri keladi. Mazkur yo‘nalishda ushbu tarmoq vakillariga soliq imtiyozlari bormi?

A.Norov,
Buxoro shahri.


✔️Javob: Joriy yilda soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2024-yil 1- yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha ozod qilinadi.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#savol_javob

SAVOL: - Tadbirkorlar boshqa tadbirkorning terminalidan foydalanishi mumkinmi?

✔️
JAVOB: - Yo'q, tadbirkorlar boshqa tadbirkorning terminalidan foydalanishi qat'iyan taqiqlanadi. Bu qonunbuzarlik hisoblanadi.

Buning uchun javobgarlik bor:

Mazkur soliq huquqbuzarligi yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Qo'shimcha choralar:
▫️Faoliyatni to'xtatish
▫️Litsenziyani bekor qilish
▫️Soliq tekshiruvi

To'g'ri yo'l:👇
🔹O'z nomiga terminal olish
🔹Rasmiy ro'yxatdan o'tkazish
🔹Soliq organida qayd etish

Terminal olish uchun:
Bankka murojaat qilish
Zarur hujjatlarni taqdim etish
Shartnoma tuzish

Тelegram | Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob

Savol: - Meni soliqdan qarzim bor edi, buni tan olaman. – Lekin yaqinda soliq qarzim va undan tashqari menga penya hisoblangani haqida ham xabar keldi shu to‘g‘rimi?

✔️Javob: - Soliq kodesining 55-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan (hisoblangan) va belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlarning, shu jumladan ular bo‘yicha bo‘nak va joriy to‘lovlarning summalari, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan muddatda to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar va penyalar soliq qarzi deb e’tirof etiladi.

Soliq to‘lovchining yoki soliq agentining soliq qarzi barcha soliqlar bo‘yicha ham, ularning har biri bo‘yicha alohida-alohida ham aniqlanishi mumkin.
Soliq qarzini to‘lash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chog‘ida to‘lash quyidagi tartibdagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
🔹soliqlar summasi;
🔹hisoblangan penyalar;
🔹jarimalar.

👉Soliq kodesining 55-moddasi


Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_javob

▪️Savol: Tashkilotimizda ishlaydigan xodimlar uchun rag'batlantirish fondidan ajratilgan mablag'lardan ijtimoiy soliq ushlanadimi?

▫️ Javob: Soliq kodeksining 403-moddasiga aososan, ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish obyektidir.

▫️Shuningdek, Soliq kodeksining 371- va 372-moddalariga muvofiq rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga kiradi.

▫️Shunga ko‘ra, sizning holatingizda xodimlarni rag‘batlantirish uchun to‘lovlardan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq ushlanishi kerak.

Тelegram | Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

SAVOL: - Tadbirkorlar boshqa tadbirkorning terminalidan foydalanishi mumkinmi?

✔️
JAVOB: - Yo'q, tadbirkorlar boshqa tadbirkorning terminalidan foydalanishi qat'iyan taqiqlanadi. Bu qonunbuzarlik hisoblanadi.

Buning uchun javobgarlik bor:

Mazkur soliq huquqbuzarligi yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Qo'shimcha choralar:
▫️Faoliyatni to'xtatish
▫️Litsenziyani bekor qilish
▫️Soliq tekshiruvi

To'g'ri yo'l:👇
🔹O'z nomiga terminal olish
🔹Rasmiy ro'yxatdan o'tkazish
🔹Soliq organida qayd etish

Terminal olish uchun:
Bankka murojaat qilish
Zarur hujjatlarni taqdim etish
Shartnoma tuzish

Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_javob

Men uyimda turli xildagi meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiraman. Ushbu yetishtirayotgan mahsulotlarimni eksportyor korxonalarga sotsam, olgan daromadimdan soliq to‘laymanmi

Uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlarni tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etilgan.
*manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlari bundan mustasno
👉Soliq kodeksi 378-modda 8-qism

Shuningdek, eksportyor korxonalar meva-sabzavot mahsulotlarini keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olganda, JSHODS boʻyicha imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtirilganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasdan qoʻllanilishi belgilangan.

Shunga muvofiq, Siz olgan daromadingizdan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi to‘lamaysiz.
*ushbu dehqonchilik mahsulotlarini boshqa shaxslardan xarid qilib uni keyinchalik boshqa shaxslarga qayta sotish holatlari bundan mustasno
👉“Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 7-bandi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads