Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor

Sayyor qabul aholi muammolari yechimiga xizmat qiladi

Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topish maqsadida viloyat 4-sektor ishchi guruhi tomonidan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.
Bugun viloyat 4-sektor ishtirokida Romitan tumanidagi “Navbahor” mahalasi fuqarolari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rnibosari S.Fayziyev, tuman xalq qabulxonasi, mahalla yettiligi hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etib, fuqarolarning muammolarini ijobiy hal etish choralarini ko‘rdilar.

Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan 25 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 20 ga yaqini shu yerning o‘ziga hal etildi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan 5 nafar xotin qizlarga zamonaviy tikuv mashinasi, 15 ga yaqin fuqaroga ijtimoiy ko‘maklar berildi.

Ma’lum vaqt talab etgan masalalar yuzasidan mas’ullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Muxtasar aytganda, bugun hech bir murojaat shunchaki qog‘ozlarda qolib ketmayapti.

O‘tkazilayotgan sayyor qabullar muammolarni aniqlash, joyida hal qilish, ularni bartaraf etish maqsadlariga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#Yashil_makon

Ayni kunlarda viloyatda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborildi.

Ushbu ishlar viloyat 4-sektor hududlarida ham uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Bugun loyiha doirasida Peshku tumanida ham “Peshku tuman soliq inspeksiyasiga qarashli 4-sektor bog‘i” tashkil etilib 500 tupdan ortiq manzarali hamda mevali ko‘chatlar ekildi.

Bu kabi ishlar viloyat 4-sektor hududlarida davom ettirilmoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Barqarorlik reytingi Soliq kodeksiga kiritildi

Yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritildi.
👉 OʻRQ-1000,15.11.2024-yil

👉Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlariga soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summa 3 kunlik muddatda qaytariladi;

👉”AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi*
*bundan jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar mustasno;

👉”AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi oʻrnini qoplash tekshiruvlar oʻtkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Yashil_makon

Jondor tumanida “Soliqchilar bog‘i” tashkil etilyapti

Shu kunlarda yurtimizdagi barcha tashkilot, muassasa va korxonalarda, jumladan, Jondor tumani soliq inspeksiyasi tomonidan ham «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida 4-sektor hududlarida ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, Jondor tumani soliq inspeksiyasi jamoasi ham loyihada faol ishtirok etib, tumanning “Aleli” MFYda daraxt ekish aksiyasini o‘tkazishdi.

Dastlab ishchi guruh ishtirokida seminar tashkil qilinib, ko‘chat ekish tartibi va sirlari mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirib berildi. Shundan so‘ng Alelicha qishloği markaziy yo‘l bóyida tashkil etilayotgan “Soliqchilar bog‘i”ga 600 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, uning parvarishi bo‘yicha mas’ullar biriktirildi.

Aziz yurtdoshlar, siz ham ushbu umummilliy loyihalarda ishtirok eting va tabiatga o‘z hissangizni qo‘shing!

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#18noyabr

Muqaddasdir Vatan bayrog'i!

O‘zbekiston Davlat bayrog‘ining qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi.

Butun O‘zbekiston ahlining g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini o‘zida mujassam etgan Vatanimiz bayrog‘i doimo hilpirab tursin.

Oʻzbekistonning har bir farzandi xalq birdamligi uchun shu bayroq ostida sadoqat ila yurtga xizmat qilishni hayotining mazmuni deb bilishi lozim.

Zero “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”.

Aziz yurtdoshlar, Soliq qo‘mitasi barchangizni Vatanimiz bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi bilan tabriklaydi!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Bilasizmi

Soliq turlari bo`yicha soliq stavkalari 👇🏻

🔹Foyda solig`ining bazaviy stavkasi - 15 foiz,
🔹ijtimoiy soliq - 12 foiz (budjеt tashkilotlari uchun 25 foiz),
🔹qo`shilgan qiymat solig`i stavkasi - 12 foiz,
🔹jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i - 12 foiz,
🔹aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi - 4 foiz,
🔹yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi - 1,5 foiz.

Тelegram | Facebook|Instagram
Viloyat 4-sektori rahbariga biriktirilgan oilalarning ahvolidan xabar olinmoqda

Og‘ir ahvoldagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularni ijtimoiy sharoitini yaxshilash maqsadida joylardagi tashkilot rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga 5 tadan sharoiti yeng og‘ir oilalar biriktirilgan edi.

Kogon shahridagi “Mahtumquli” mahallasidagi sharoiti eng og‘ir deb topilgan 5 ta oila viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Yuldashevga biriktirilgan.

Biriktirilgan oilalarni doimiy ahvolidan xabar olish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati ularning xonadaonlarida bo‘lib, ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida ularning holidan xabar olib oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazdilar.

Bundan ko‘zlangan maqsad sharoiti og‘ir oilalar ahvolini tezkorlik bilan o‘nglanishiga ko‘maklashishdir.

“Mahtumquli” mahallasidagi bunday savob ishlar davom etmoqda.


Тelegram | Facebook | Instagram
Viloyat soliq boshqarmasida o‘tkazilgan "Ochiq eshiklar" kuni talabalar uchun qiziqarli bo‘ldi

Bugun viloyat soliq boshqarmasida “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Unda Buxoro Davlat universitetining iqtisodiyot yo‘nalishi 1-bosqich talabalari hamda professor o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas’ullari tadbir ishtirokchilariga soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, soliq xizmati organlari xodimlarining “korxonabay” va “mahallabay” ishlash jarayonlari yuzasidan tushuntirishlar berdilar.

Tadbirning ikkinchi qismida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashevning shaxsan o‘zi ishtirok etib, yig‘ilganlarga sohadagi o‘zgarishlar va yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Tadbir yakunida ilg‘or talabalarga viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Тelegram | Facebook|Instagram