Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.59K videos
40 files
4.73K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati qanday tashkil etiladi?

Yakka tartibdagi tadbirkorlik (YaTT) faoliyatini tashkil qilish uchun

🔹Davlat xizmatlari agentligi markazlaridan biriga borish orqali yoki
🔹elektron shakldagi interaktiv xizmatlar yordamida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

📌YaTT yuzga yaqin faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin. 2011-yil 6-yanvar kunidagi Vazirlar Mahkamasining qarorida yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari belgilangan.

Тelegram | Facebook|Instagram
Peshko‘ tumani soliq inspeksiyasida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish hamda diniy ekstrimizm va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida viloyat soliq boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda joylarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Peshko‘ tumani soliq inspeksiyasida o‘tkazilgan muloqotda poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab bilan bog‘liq salbiy holatlar uchun belgilangan jazo choralari hamda diniy ekstrimizmga qarshi kurashish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish yuzasidan so‘z yuritildi.

Uchrashuvda xodimlarga xizmat vazifasini bajarish chog‘idagi huquq va majburiyatlari va soliq xizmati organlari sha’niga dog‘ tushiradigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
YaTT lar uchun qanday imtiyozlar berilgan?

🔹YaTTlar faoliyatini boshlagandan keyin bir oy davomida soliqlardan ozod etiladi.

🔹I, II guruh nogironligi bo‘lgan YaTTlar belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida soliq to‘laydi.

🔹YaTT 2 yoki undan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullansa (ya'ni bir paytda ham chakana savdo, ham xizmat ko‘rsatish) har biri uchun alohida alohida belgilangan qat'iy stavkada soliq to‘laydi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida umumiy bitta ijtimoiy soliq to‘lashi belgilangan.

🔹YaTT o‘z faoliyat turidan kelib chiqib, 1 nafardan 3 nafargacha ishchi yollash imkoniyatiga ega, ya'ni chakana savdo bilan shug‘ullanadigan tadbirkor 1 nafargacha, maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor 3 nafargacha ishchi yollashi mumkin.


Тelegram | Facebook|Instagram
Vijdonli va qonunga rioya qiluvchi tadbirkor xaridor bilan terminal orqali hisob-kitoblarda Onlayn-NKM cheki va terminal chekini berishi shart

Onlayn-NKM (virtual kassa) cheki yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermagan holda tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik SKning 221-moddasi 1-qismiga muvofiq jarima solishga sabab bo‘ladi.

Soliq.uz mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo'limi orqali kelib tushgan xabarlar bunga asos bo‘ladi.

Izoh: Ko‘rsatilgan xizmat va xarid uchun amalga oshirilgan to‘lovga chek shakllantirilib, taqdim etilgan, ya'ni qonun talabi bajarilgan ammo xaridor chekni olishdan bosh tortgan yoki unutib qoldirgan holatlarda sotuvchi tomonidan huquqbuzarlik sodir etilmagan deb hisoblanadi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

Buxorodagi 6 ta tadbirkorlik subyektiga 7,0 mlrd so‘mlik soliqlarni bo‘lib-bo‘lib yoki kechiktirib to‘lash imkoni berildi

BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️21-oktabr - sentabr oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma
_______________
#НДС

❗️21 октября - последний день представления отчетности по НДС за сентябрь

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_majburiyati

S
oliqlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilish soliq organlarining majburiyati hisoblanadi.

Soliq to‘lovchilar esa o‘z navbatida soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lashlari lozim.

Soliq xizmati organlari soliq to‘lovchidan soliqlarni oldindan to‘lashni talab qilishga haqli emas.

Soliq to‘lovchi to‘lovlarni qonun hujjatlarida belgilangan soliq to‘lash muddatining oxirgi kunida yoki ixtiyoriy ravishda oldindan to‘lashi mumkin.

Shu bilan birga, soliq to‘lash majburiyatini muddatidan oldin bajarish soliq to‘lovchilarga turli kutilmagan vaziyatlarning oldini olish imkonini beradi. Ayrim sabablarga ko‘ra, (hisobraqamda mablag‘ bo‘lmasligi) soliqlar to‘lov muddatining so‘nggi kunida to‘lanmay qolsa, soliq organi hisoblangan soliqlarni majburiy undirish choralarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi.

👉 Soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash usullari

Agar soliq organlarida noqonuniy xatti-harakatlarga duch kelsangiz, bu haqda maxsus @dsq_anticorrupciya_bot Telegram boti orqali xabar bering. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#QQS #AOS

AOS to‘lovchisi QQS to‘lashga o‘tganda hisobotlarni qanday topshiradi?

Soliq davri davomida soliq toʻlovchilarning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran ular QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda

AOS toʻlovchi hisobot oyi davomida QQS toʻlashga oʻtganda, mazkur hisobot oyi boʻyicha AOS va QQS hisobotini taqdim etishi lozim.

Bunda:
▫️QQS toʻlovchisi boʻlgan sanagacha amalga oshirilgan operatsiyalar, rasmiylashtirilgan EHF va onlayn-NKT cheki summasi AOS hisobotida;
▫️QQS toʻlovchisi boʻlgan sanadan boshlab amalga oshirilgan operatsiyalar QQS hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#imtiyoz
#yer_soligi

Mehmonxona biznesi ichun imtiyoz

📌Tadbirkorlik sub’yektlariga 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar mehmonxona (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori boʻlgan savdo komplekslari (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini 90 foizga kamaytirilgan.

Bunda, 2027-yil 1-yanvargacha yangidan quriladigan ob’yektlarga (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkasiga) nisbatan mazkur imtiyozni ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 5 yil muddat davomida qoʻllaniladi.

🔰PQ-104 27.01.2022-y.

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari

2024-yil 1-oktabr holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 768,4 mlrd so‘mlik 183 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan:
🔸soliq auditi bo‘yicha - 549,9 mlrd so‘mlik 122 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 218,5 mlrd so‘mlik 61 ta.

Natijada:
▫️56,5 mlrd so‘mlik 22 ta murojaatda (shundan, 17 tasi 44 mlrd so‘mlik qisman) soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan;
▫️487,6 mlrd so‘mlik 150 ta murojaat bo‘yicha soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
▫️224,3 mlrd so‘mlik 11 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.
____
#цифровизация #обжалование

Итоги практики досудебного урегулирования налоговых споров

По состоянию на 1 октября 2024 г. Налоговым комитетом в установленном порядке рассмотрено 183 жалобы на общую сумму 768,4 млрд сумов.

Из них:
🔸по налоговым аудитам - 122 жалобы на сумму 549,9 млрд сумов;
🔸по выездным налоговым проверкам - 61 жалоба на сумму 218,5 млрд сумов;

В результате:
▫️удовлетворены в пользу налогоплательщиков 22 жалобы на сумму 56,5 млрд сумов (в том числе, 17 жалоб на общую сумму 44 млрд сумов частично);
▫️по 150 жалобам на сумму 487,6 млрд сумов оставлены в силе решения налоговых органов и об этом налогоплательщикам даны соответствующие разъяснения;
▫️продолжается рассмотрение 11 жалоб на сумму 224,3 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #onlayn_NKТ

Buxoroda tadbirkorlik subyektlari tomonidan onlayn-NKT orqali 26 mlnga yaqin chek rasmiylashtirilib, ular bo'yicha aylanma 7,640 mlrd so'mni tashkil etdi


👉Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram
#keshbek

Kimlar shubhali xaridorlar bo‘ladi?

📌Shubhali xaridorlar –
keshbekka ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan xarid cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar.

📲Bunda, xaridni amalga oshirgan shaxs o‘z cheki boshqa foydalanuvchi tomonidan Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini aniqlasa:
🔹chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxs foydasiga keshbekdan voz kechishi mumkin;
🔹yoki ushbu shaxs ustidan shikoyat qilishi mimkin. Buning uchun Soliq ilovasida ochiladigan maxsus oynada shikoyat qilishni istaysizmi so‘roviga "ha" javobini tanlash kerak.

Mobil ilova orqali o‘zgalarga tegishli bo‘lgan 15 va undan ortiq QR-kodli chekni ro‘yxatdan o‘tkazganligi haqida shikoyat kelib tushgan foydalanuvchilar shubhali xaridorlar reestriga kiritiladi.


Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onatilimfaxrim

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami!


Buxoro viloyati soliq xizmati organlari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan qutlaydi!

Oʻzbek tili bayrami barchaga muborak boʻlsin!

Тelegram | Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya

Soliq to‘lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko‘rsatib o‘tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi mumkin.

Buning uchun hisobot shaklining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma'lumotlar avtomatik ravishda to'ldiriladi. Ko'k kataklarga quyidagilar qo'lda kiritilishi lozim:
🔹qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi;
🔹QQS salbiy farq summasini kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish talabi;
🔹qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan.

Soliq organlari murojaatlarni ma'lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi.
👉Kimlar QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib olishga haqli?

Shunindek, barqarorlik reyting “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

👉9 oyda soliq to‘lovchilarga 16,9 trln so'mga yaqin QQS qaytarilgan
_________
#НДС

За возмещением сумм НДС можно обратиться при представлении налоговой отчетности

Налогоплательщику не нужно подавать заявление в налоговые органы о возмещении (возврате) отрицательной суммы НДС. Уведомить об этом можно, если указать эту сумму при представлении налоговой отчетности.

Для этого в форме отчетности в разделе "Сведения о плательщике налога на добавленную стоимость" размещена соответствующая таблица. В ячейках желтого цвета информация заполняется автоматически. В ячейках голубого цвета необходимо вручную указать:
🔹возмещаемую сумму НДС;
🔹нужно ли засчитать эту сумму в счет предстоящих платежей по НДС;
🔹какой порядок возмещения применять: общий или ускоренный.

Налоговые органы рассматривают обращение в общем порядке в течение 30 дней с даты уведомления, а при ускоренном порядке не позднее 7 дней и направляют копию решения о возврате (или отказе в возврате) отрицательной суммы НДС через персональный кабинет налогоплательщика.
👉Кто имеет право на на ускоренный порядок возмещения НДС?

Субъектам предпринимательства с рейтингом категории ААА возмещение (возврат) сумм НДС осуществляется за 1 день без проведения проверок.

👉За 9 месяцев налогоплательщикам возместили почти 16,9 трлн сумов НДС

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #marketpleys

Iste'molchilarga joriy yil boshidan 1,4 mlrddan ziyod elektron chek berildi

2024-yil 1-oktabr holatiga chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 66,2 trln so‘mlik 1,4 mlrd dona elektron chek taqdim etildi.

Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilishi natijasida xaridorlarga avtomatik tarzda 386,1 mln dona elektron chek uchun 175,1 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

Ro‘yxatga olingan marketpleyslar – 193 ta.

Jumladan:

▫️
Elektron to‘lov tizimlari – 49 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 32 ta;
Integratsiya jarayonida – 9 ta.
Faoliyat yuritmayotgan (foydalanilmayotgan) – 8 ta.

▫️Bank mobil ilovasi – 36 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 32 ta;
Integratsiya jarayonida – 3 ta;
Faoliyat yuritmayotgan (foydalanilmayotgan) – 1 ta.

🌐Internet do‘konlar – 108 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 84 ta;
Integratsiya jarayonida – 17 ta;
Faoliyat yuritmayotgan (foydalanilmayotgan) – 7 ta.
___________
#цифровизация #маркетплейс

С начала этого года потребителям выдано свыше 1,4 млрд электронных чеков

По состоянию на 1 октября 2024 года в сфере розничной торговли и услуг благодаря интеграции базы данных маркетплейсов с информационной системой налоговых органов, покупателям с начала текущего года выдано 1,4 млрд электронных чеков на общую сумму 66,2 трлн сумов.

В частности, в результате выдачи 386,1 млн электронных чеков автоматически в мобильном приложении Soliq начислены суммы кешбэка в размере 175,1 млрд сумов.

Общее число зарегистрированных маркетплейсов – 193.

Из них:

▫️Электронные платежные системы – 49

осуществлена полная интеграция 32;
в процессе интеграции – 9;
не осуществляют деятельность (неиспользуемые) – 8.

▫️Мобильные приложения банков – 36
осуществлена полная интеграция 32;
в процессе интеграции – 3;
не осуществляют деятельность (неиспользуемые) – 1.

🌐 Интернет-магазины – 108
осуществлена полная интеграция 84;
в процессе интеграции – 17;
не осуществляют деятельность (неиспользуемые) – 7.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#lekin_bu_fakt

Shunda bugʻdoy narxi sizningcha qancha?

“BM” Fermer xoʻjaligi 2024-yil 30-iyulda EHFda bugʻdoyni (MXIK - 01001001001000000) bir kg 2 668 soʻm, 1 grammni ham 2 232 soʻmdan sotganligini koʻrsatgan.

Soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchilardan birlamchi hujjatlarni toʻldirishda eʼtiborli boʻlish muhimligini yana va yana eslatadi.
__________
#интересно_но_факт

А сколько, по-вашему, стоит пшеница?

30 июля 2024 года фермерское хозяйство “BM” реализовало через один ЭСФ 1 кг пшеницы (ИКПУ 01001001001000000) за 2 668 сумов и 1 грамм пшеницы за 2 232 сумов.

Налоговый комитет снова и снова напоминает налогоплательщикам о важности быть внимательными при заполнении первичных документов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_qarzi

Buxorodagi 80 ta qurilish korxonalarining soliq qarzdorligi 81,4 mlrd so'mni tashkil etadi

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
Buxorodagi 56 ta ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi 71,9 mlrd so'mni tashkil etadi

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram