Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
35 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Ustozlar sharaflandi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayram munosabati bilan, viloyatimiz soliq xizmati organlarida uzoq yillar faoliyat yuritib, yosh kadrlarga kasb sir-sinoatlarini astoydil o‘rgatib kelayotgan faxriy xodimlar hamda soha fidoyilariga boshqarma rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.


Тelegram | Facebook|Instagram
BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN
MUHTARAM USTOZ VA MURABBIYLAR!


Bugun o‘z qalb qo‘rini, ko‘z nurini, mexr-muhabbatini, kelajagi buyuk yurtimiz uchun komil insonlarni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani zimmalariga olib, bu olijanob ishni sharaf bilan bajarishga bel bog‘lagan ustoz va murabbiylarning kasb bayrami kuni.

Ushbu qutlug‘ ayyomda barchamizga ilm o‘rgatgan, hayot sabog‘ini bergan jonkuyar, fidoyi o‘qituvchi va murabbiylarimizni Buxoro viloyati soliq boshqarmasi jamoasi nomidan «1- oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.
Fursatdan foydalanib, Siz azizlarga sihat-salomatlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Bayram munosabati bilan, viloyatimiz soliq xizmati organlarida uzoq yillar faoliyat yuritib, yosh kadrlarga kasb sir-sinoatlarini astoydil o‘rgatgan faxriy xodimlarni ham bayram bilan qutlayman.

Dilshod YULDASHEV,
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i.


Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #1oktabr

Aziz ustoz va murabbiylar,
Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga qodir yangi avlodni tarbiyalashdagi sharafli va oliyjanob mehnatlaringiz bebahodir.

Milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga sarflangan moddiy va ma’naviy boyliklar ming chandon ortig‘i bilan qaytishi isbot talab qilmas haqiqat ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz.

Muhtaram ustozlar, fursatdan foydalanib Sizlarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-oktabrdan...

👉2028-yil 1-yanvarga qadar turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga QQSning 20 %ini qaytarish tizimi joriy etiladi.

👉2027-yil 1-oktabrga qadar Fond mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalari doirasida to‘lanadigan quyidagi soliq turlari bo‘yicha belgilangan soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi:

▫️loyihaga mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalari asosida jalb qilingan mutaxassislarning mehnatga haq to‘lash tarzida olgan daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

▫️nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan mehnatga haq to‘lashga doir xarajatlari bo‘yicha to‘lanadigan ijtimoiy soliq.
______
#nızamshılıqtaǵı_jańalıqlar

2024-jıl 1-oktyabrdan...

👉2028-jıl 1-yanvarǵa shekem turoperatorlıq hám miymanxana xızmetlerin kórsetiwshi isbilermenlerge QQSnıń 20 % in qaytarıw sisteması engiziledi.

👉2027-jıl 1-oktyabrge shekem Fond qarjıları esabınan ámelge asırilatuǵın mámleketlik grantları hám mámleketlik sociallıq buyırtpaları joybarları sheńberinde tólenetuǵın tómendegi salıq túrleri boyınsha belgilengen salıq stavkaları 50 procentke kemeytiledi:

▫️joybarǵa miynet hám puqaralıq -huqıqıy shártnamaları tiykarında tartılǵan qánigelerdiń miynetke haqı tólew formasında alǵan dáramatlarınan tólenetuǵın fizikalıq shaxslardan alınatuǵın dáramat salıǵı;

▫️mámleketlik emes kommerciyalıq shólkemleri, ǵalaba xabar quralları hám puqaralardıń ózin ózi basqarıw uyımları tárepinen miynetke haqı tólewge baylanıslı ǵárejetleri boyınsha tólenetuǵın sociallıq salıq.
__________
#новое_в_законодательстве

С 1 октября 2024 года...

👉До 1 января 2028 года туроператорам и гостиницам внедряется система возврата 20% уплаченного НДС.

👉До 1 октября 2027 года в рамках проектов государственных грантов и социальных заказов, осуществляемых за счет средств Общественного фонда по поддержке институтов гражданского общества при Олий Мажлисе, снижаются на 50% ставки по следующим налогам:

▫️по налогу на доходы физических лиц, уплачиваемому с доходов специалистов, привлеченных к проекту на основе трудового и гражданско-правового договоров, полученных в виде оплаты труда;

▫️по социальному налогу, уплачиваемому негосударственными некоммерческими организациями, СМИ и органами самоуправления граждан по расходам оплаты труда.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktabr

Siz va Biz to‘layotgan soliqlar yurtimizni yanada farovon bo‘lishi uchun xizmat qiladi.

Unutmang!
Ravon yo‘llar, yangi bog‘cha, maktab, oliygohlar, sport maydonchalari, turar joylar hamda barcha ijtimoiy yordamlar bu siz to‘lagan soliqlardir.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.

❗️ 15-oktabr Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning so‘nggi kuni.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #imtiyoz

Buxorodagi
7 390 ta tashkilot 2024-yilning yanvar-avgust oylarida 414,1 mlrd so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan

Batafsil 👉ma‘lumot

Тelegram | Facebook | Instagram
#qiziq_lekin_fakt

Hozirgi kunda Milliy katalogda Boshqa plastmassa buyumlarga MXIK 03926001020000000 da 8 ta oʻlchov birligi biriktirilgan.

Natijada bir soliq toʻlovchi EHF orqali 1 dona plastmassani 12,1 milliard soʻmga, ikkinchisi 304 kg plastmassani 34 million soʻmga, uchinchisi esa 5,5 kv.metrni 93,6 million soʻmga realizatsiya qilgan.

👉Mazkur holatda soliq qonunchiligi va biznesni yuritish nuqtayi nazaridan qanday savollar yuzaga keladi?

Tovar va xizmatlarni elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) orqali realizatsiya qilishda oʻlchov birliklaridan foydalanishni unifikatsiya qilish maqsadida qurilish materiallariga qatʻiy belgilangan oʻlchov birliklari biriktirilgan.
__________
#интересно_но_факт

В настоящее время в Национальном каталоге за ИКПУ 03926001020000000 Прочие изделия из пластмасс закреплено 8 единиц измерения.

В итоге один налогоплательщик реализует по ЭСФ 1 штуку пластмассы за 12,1 млрд сумов, другой - 304 кг пластмассы за 34 млн сумов, а третий - 5,5 кв.м за 93,6 млн сумов.

👉Какие вопросы тут возникают с точки зрения налогового законодательства и ведения бизнеса?

Чтобы унифицировать применение единиц измерения при реализации товаров и услуг через электронные счета-фактуры (ЭСФ), за строительными материалами закреплены фиксированные единицы измерения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#OAV_nigohida


Mol-mulk va yer solig'ini o'z vaqtida to'lang, ishingiz sudgacha bormaydi

📌 Unutmaslik kerakki, soliq qonunchiligiga rioya qilinmagan holatlarda soliq to‘lovchilarning to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

Bu haqida "Buxoronoma" gazetasining 72-sonida batafsil o'qishingiz mumkin.


Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktabr

❗️ 15-oktabr Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning so‘nggi kuni.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.


Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz bogʻ va tokzorlar uchun yer soligʻi oshiriladi

“Respublikada agrosanoat sohasiga yangibozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarni barpo qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident farmoni qabul qilindi.
👉PF-151-son, 2024-yil 30-sentabr

Hujjatga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan:

🔹Maxsus komissiyalar tomonidan yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli deb topilgan bogʻ va tokzorlar egallagan maydonlar uchun yer soligʻi, agar shunday xulosa chiqarilgan kundan eʻtiboran 12 oy mobaynida ularning oʻrnida yangi bogʻ yoki tokzor tashkil etilmasa, 3 baravar oshiriladi.

Shu bilan birga, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi va Soliq qoʻmitasining tegishli axborot tizimlari integratsiya qilinadi. Soliq qoʻmitasiga iqtisodiy samarasiz va kam hosilli bogʻ va tokzorlar toʻgʻrisidagi maʻlumotlar muntazam ravishda yuboriladi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2-modda va 75-modda

🔹Yangi bogʻlar barpo etish uchun payvandtagli mevali koʻchatlar va payvandtaglar, payvandustlari, onalik materiallari va texnikalarini xorijiy davlatlardan (qoʻshni davlatlardan tashqari) olib kirilayotganda tashabbuskorlar QQSdan ozod etiladi.
__________
#новое_в_законодательстве

За непригодные и экономически неэффективные сады и виноградники будет повышен земельный налог

Принят Указ Президента "О дополнительных мерах по внедрению новых рыночных механизмов в агропромышленную сферу и созданию промышленных садов и виноградников в республике".
👉№ УП-151 от 30.09.2024 г.

Согласно документу с 1 января 2025 года:

🔹за площади, занятые садами и виноградниками, признанные специальными комиссиями непригодными и экономически неэффективными, в 3 раза повышается земельный налог, если в течение 12 месяцев со дня вынесения такого заключения на их месте не будет создан новый сад или виноградник.

При этом соответствующие информационные системы Агентства по развитию агропромышленности и Налогового комитета будут интегрированы. Данные по неэффективным и низкоурожайным садам и виноградникам будут регулярно направляться в Налоговый комитет.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

🔹за создание новых садов при импорте некоторых подвоев фруктовых саженцев и подвоев, привоев, маточного материала и техники из зарубежных стран (за исключением сопредельных стран) инициаторы освобождаются от НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#elon

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq mobil ilovasi va my3.soliq.uz saytidagi soliq to'lovchilarning shaxsiy kabinetida soliqlarni to‘lash xizmati faoliyatini tikladi.

Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslar 15-oktabrga qadar yer va mol-mulk soliqlarini to‘lashlari lozim.
___________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

Услуга уплаты налогов в мобильном приложении Soliq и в персональном кабинете налогоплательщика на my3.soliq.uz возобновила свою работу.

Напоминаем, что до 15 октября физическим лицам необходимо уплатить налоги на имущество и землю.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

📌Romitan tumanining 4-sektor hududidagi “Poyjo‘y” mahallasida yashovchi Xurshid Sayfiyev yurtimizda kambag‘alchilikni qisqartirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar samarasi tufayli tez fursatda oyoqqa turib oldi.

E’tiborlisi, imkoniyati chegaralanganiga qaramay, sektor tomonidan berilgan ko‘maklardan oqilona foydalangan Xurshid Sayfiyevning bugungi yutuqlariga va matonat bilan o‘z maqsadlari sari odim tashlayotgan qadamlariga ko‘pchilikning havasi kelyapti.

Darvoqe, qahramonimizning o‘tgan yili «Jasorat» medali bilan taqdirlangani ham bejiz emas. Bularning barchasiga u shijoat bilan qilayotgan harakatlari tufayli erishmoqda.

SABR-MATONATINGGA BALLI XURSHID, ILOHIM ORZULARING AMALGA OSHSIN!

Batafsil videoda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mol-mulk va yer solig‘ini 15-oktyabrgacha to‘lang!

Unutmang! Ravon yo‘llar, yangi bog‘cha, maktab, oliygohlar, sport maydonchalari, turar joylar hamda barcha ijtimoiy yordamlar bu siz to‘lagan soliqlardir.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.

Тelegram | Facebook | Instagram