Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.15K subscribers
8.5K photos
1.84K videos
50 files
5.52K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Buxoro viloyat soliq boshqarmasida navbatdagi iqtisodiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi

O‘quv soatida hududiy soliq inspeksiyalarining barcha shaxsiy tarkibi "ZOOM" platformasi orqali ishtirok etdilar.

Unda viloyat soliq boshqarmasi mas’ul xodimi E.Gadoyev yig‘ilganlarga Prezidentimizning joriy yil 13-avgustdagi "Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish to‘g‘risida"gi O‘RQ-942 -sonli Qonuni mazmun-mohiyati xususida tushunchalar berdi.

Xususan, mazkur qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalariga va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasisining «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini, bo‘linmalarini hamda boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish tartibi hamda kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini tashkil etish tashabbuskorlari va ularning rahbar organlari a’zolari xususida to‘xtalib o‘tildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#qiziq_lekin_fakt

Soliqdan qochish sxemalari: qurilish tashkilotiga 1 mlrd so‘mlik salqin ichimliklar nima uchun kerak?

👉Batafsil
___________
#интересно_но_факт

Cхемы уклонения от уплаты налогов: зачем строительной организации газировка на 1 млрд сумов?

👉Подробно

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktabr

Siz va Biz to‘layotgan soliqlar yurtimizni yanada farovon bo‘lishi uchun xizmat qiladi.

Unutmang!
Ravon yo‘llar, yangi bog‘cha, maktab, oliygohlar, sport maydonchalari, turar joylar hamda barcha ijtimoiy yordamlar bu siz to‘lagan soliqlardir.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.

❗️ 15-oktabr Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning so‘nggi kuni.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi muddati qachon?
Anonymous Quiz
3%
15-noyabrgacha
94%
15-oktabrgacha
1%
20-dekabrgacha
2%
10-oktabrgacha
Yolgʻiz pensionerlar jismoniy shaxslardan olinadigan qaysi soliq turidan ozod etilgan?
Anonymous Quiz
22%
yer solig‘idan
35%
mol-mulk solig‘idan
27%
yer va mol-mulk solig‘idan
16%
imtiyoz mavjud emas
#4_sektor

Sayyor qabul: Murojaatlarni joyiga borib o‘rganish va ijobiy hal etish yo‘lida

Hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga joyida yechim topish, maqsadida bugun viloyat 4-sektor ishchi guruhi tomonidan Shofirkon_tumanidagi “Alisher Navoiy” mahalasi fuqarolari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rnibosari S.Fayziyev, tuman xalq qabulxonasi, mahalla yettiligi hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etib, fuqarolarning muammolarini ijobiy hal etish choralarini ko‘rdilar. Uchrashuvda 15 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 10 ga yaqini shu yerning o‘ziga hal etildi.

Xususan, “Ayollar” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 4 nafar ishsiz xotin-qizlarga tikuv mashinasi, 4 nafar yoshlarga doimiy ish bilan band bo‘lishlari uchun ustachilik asbob-uskunalari, 1 nafariga motokultivator hamda 1 nafariga yuk kutaradigan mototsikl imtiyozli kredit asosida berildi.

Qolgan murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish talab etalganligi bois qonuniy tartibda ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!

O‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

✔️OXIRGI MUDDAT 15-OKTABR

Тelegram | Facebook|Instagram