Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.11K subscribers
7.96K photos
1.69K videos
46 files
5.06K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
September 11, 2024
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
September 11, 2024
September 12, 2024
September 12, 2024
September 12, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hisoboti

Soliq agentlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisob-kitobini toʻgʻri toʻldirishlari kerak!


Hisobot shaklining hisob-kitobdagi koʻrsatkichlari ilovalardagi raqamlar yigʻindilaridan shakllantiriladi.

Shu sababdan, jami ish haqi va mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlar summasi hisob-kitobda va ilovalardagi xodimlar kesimida koʻrsatilgan daromadlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim, aks holda xatolik kelib chiqadi (Ushbu qiymat ilova qilingan faylning 1-varaq 13-ustuni, 2-varaq 8-ustunlari va 4-varaq 9-ustuni yigʻindisiga teng emas!).

Shuningdek, imtiyozlarni inobatga olgan holda hisoblangan daromad soligʻi summasi ham hisob-kitob bilan ilovalardagi xodimlar kesimida hisoblangan summa yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.

Amaliyotda hisob-kitob taqdim etilganida hisoblangan daromad soligʻi summasi va xodimlar kesimida hisoblangan daromad soligʻining yigʻindisida farqlar aniqlanmoqda.

Mazkur tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida quyidagi mantiqiy shart kiritilmoqda. Xususan,

🔹hisob-kitobning 4-ilovasi 13-ustuni yigʻindisi, 5-ilova 8-ustuni yigʻindisi va 7-ilova 9-ustuni yigʻindisi Hisob-kitobning 061-satri 7-ustuni, 070-satri 7-ustuni va 090-satri 7 va 8-ustunlari yigʻindisiga teng boʻlishi kerak.

Buning uchun,
4-ilovaning 13-ustuni,
5-ilovaning 8-ustuni,
7-ilovaning 9-ustuni
dagi oʻsib boruvchi jami hisoblangan daromad soligʻi summasini har bir xodim uchun qoʻllanilgan imtiyoz summasini hisobga olgan holda koʻrsatilishi kerak.

Bunda, 4-ilovaning 13-ustunida oʻsib boruvchi tarzida hisoblangan daromad soligʻi summasi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga majburiy hisoblangan badallar summasini oʻz ichiga olgan holda aks ettiriladi.

Soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning soliq davrida olgan daromadlari, ularga toʻlov manbaida qoʻllanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini toʻgʻri kiritish va yuritish Soliq agentlari zimmasiga yuklatilgan.

❗️Joriy yilning avgust oyi uchun JShODS va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisobotni taqdim etishning oxirgi kuni – 16 sentabr.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 12, 2024