Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.54K photos
1.6K videos
42 files
4.76K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
📣📣📣TADBIRKORLAR VA O‘Z BIZNESINI BOSHLASH NIYATIDAGI FUQAROLAR UCHUN QULAY IMKONIYAT

Mamlakatimiz Prezidentining Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun 1000 gektar bo‘sh yer maydonlarini “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarish topshirig‘i berilgan edi.

‼️Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, ayni paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun viloyat hududidagi bo‘sh yer maydonlarining arzon narxlarda “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarilganligini bildiramiz.

Tadbirkorlikni boshlash uchun qulay joylar 👉https://e-auksion.uz 👉https://t.iss.one/eauksion_buxoro/449

➡️ Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko‘rish)

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#stol_tennisi

Diyor yangiliklari 19.08.2024.18.00

Buxoroda stol tennisi bo‘yicha “Soliq qo‘mitasi kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Mahallabay” va “mijozbay” ishlashni boshlagan 16 ming korxona yarim yilda 6,5 trln soʻm foydaga chiqdi

Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.

Bu yilning oʻzida tadbirkorlarning tovar aylanmasi oʻtgan yilga nisbatan 25 %ga koʻpayib, 986 trln soʻmga yetdi.

Yillik aylanmasi 10 mlrd soʻmdan 100 mlrd soʻmgacha boʻlgan oʻrta korxonalar 2 karra koʻpaydi.

Aylanmasi 100 mlrd soʻmdan ortiq yirik korxonalar esa 2 ming 200 tadan oshdi. Bu ham oʻtgan yilga nisbatan 2 baravar koʻp boʻldi.

Soliq, bank, moliya, butun iqtisodiyot kompleksi “mahallabay” va “mijozbay” ishlashni boshlagani natijasida oldin zarar bilan ishlagan 16 ming korxona yarim yilda 6,5 trln soʻm foydaga chiqdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Bugungi kunda 100 tadan ortiq ishchisi bor korxonalar 3 mingga yaqinlashib, ulardagi ish o‘rni bir yilda 440 mingga ko‘paydi.

Xususiy sektorda 5 million so‘mdan ko‘p maosh oladigan ishchilar 1 milliondan oshdi. Shundan 370 mingi 10 million so‘mdan ziyod oylik oladi.

Bular tadbirkorlarimiz “soyada” ishlashdan ko‘ra qonuniy faoliyat, sog‘lom raqobatni manfaatli deb bilayotganidan dalolat.

Tadbirkorlik reytingida “A” va “B” – yaxshi toifaga kiruvchi korxonalar 91 mingga ko‘paydi, yana 170 ming korxona “D” – eng yomon toifadan chiqarildi. Buning hisobiga soliq tekshiruvlari o‘tgan yilga nisbatan 2 karra, jumladan, kameral tekshiruvlar 3 karra qisqardi.

Shu davrda yirik soliq to‘lovchilar tushumlari 10 foizga, viloyat darajasidagi korxonalarda 25 foizga, tuman tadbirkorlari to‘layotgan soliqlar 40 foizga o‘sdi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Ер бозори шаклланиши таъсирида янги инвестиция лойиҳаларида ер сотиб олиш харажатлари кескин ошаётгани қайд этилди.

Тадбиркор ерга бунча катта харажат қилгандан кейин қурилиш, техника ва ускунага маблағи етмай қолаяпти.

Эндиликда тадбиркор аукциондан ер сотиб олганда унга қўшилган қиймат солиғи ҳисоблаш бекор қилинади.

Тошкент шаҳри ва вилоят марказларида сотилган ер бўйича харид суммасини уч йилгача, қолган ҳудудларда беш йилгача, 4 ва 5-тоифа туманлар учун эса ўн йилгача бўлиб-бўлиб тўлашга рухсат берилади. Энди тадбиркорлар дарҳол тўлов қиламан деса, 20 фоизгача чегирма берилади.

Шунингдек, йирик лойиҳаларда ер қийматини тадбиркор устав фондига давлат улуши сифатида киритиши мумкин бўлади. Тадбиркор истаган пайтда бу улушни ўзи сотиб олиши мумкин. Бу орқали шу йилнинг ўзида тадбиркорлар ихтиёрида 3 триллион сўм қолади.

Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Қишлоқ ва ноқишлоқ жойларда ер фонди доирасида бир фаолиятдан бошқасига ўзгартириш тартиби аниқ белгиланмаган.

Масалан, боғ ўрнида иссиқхона қиламан, деган тадбиркор ишни нимадан бошлашни, кимга мурожаат қилишни билмайди. Ёки, тадбиркор ўз боғида томчилатиб суғориш учун ҳовуз, кичик сиғимли саралаш ва сақлаш омборини қура олмайди.

Шу боис, ҳар бир ер участкаси учун асосий фаолият турини қайсиларига алмаштириш мумкинлиги, қандай ёрдамчи иншоотларни жойлаштира олиши аниқ белгилаб берилади.

Бунинг учун, 1 январдан ер участкалари ва капитал қурилиш объектларининг ягона классификатори жорий этилади. Шунинг ҳисобига тадбиркорлар бир йилда ўз ерига 800 миллиард сўмлик инвестиция киритади.

Булардан ташқари, чорвачилик, балиқчилик, асаларичилик, пиллачилик соҳалари, мева-сабзавотни қайта ишловчиларга улар жойлашган бино-иншоотлар остидаги ерлар учун саноат тоифаси ставкасида ер солиғи ҳисобланаяпти.

Классификаторни жорий қилиш орқали улар ҳам қишлоқ хўжалиги ерлари каби солиқ тўлашга ўтади.

Facebook|Instagram|X
Импорт ўрнини босадиган ва экспортбоп маҳсулотларни кўпайтириш учун замонавий технологиялар зарур. Бундай асбоб-ускуналарга буюртма бериб, олиб келишга кўп вақт кетади.

Лекин, шартнома муддатидан қатъи назар сотиб олинган ускуна 180 кунда етиб келмаса, муддати ўтган дебитор қарздорлик юзага келади.

Тадбиркорлар ускуна келмагунча бошқа импорт шартномаларига тўловни амалга ошира олмайди, олдиндан тўловсиз экспорт қилиши мумкин эмас, давлат томонидан белгиланган имтиёз ва субсидиялардан фойдаланиши чекланган.

Шу муносабат билан эндиликда четдан ускуна ва бутловчи қисм олиб келишда шартнома муддати бузилмаса, муддати ўтган қарздорлик бўлмаслиги белгиланди.

Шунингдек, кўп тадбиркорлар экспорт бўйича ҚҚСни қайтаришда ортиқча тўсиқ борлигини айтмоқда. Солиқ ва божхонани ахборот тизимлари бир-бирига уланган бўлса-да, экспортни тасдиқлайдиган ҳужжат талаб этилаяпти.

Бундан буён, божхона органининг экспортни тасдиқловчи электрон маълумоти ҚҚСни қайтариш учун асос бўлади, бошқа ортиқча ҳужжатлар талаб этилмайди.

Facebook|Instagram|X
Бугунги кунда озиқ-овқат маҳсулотларини сақлаш, саралаш, қайта ишлаш ускуналари ва бутловчи қисмлари олиб келинганда сертификат олишга уч ой вақт кетаяпти.

Сабаби, ҳудудларда синовларни тўлиқ қамраб оладиган лабораториялар йўқ. Ҳамма пойтахтга келишга мажбур.

Мутасаддиларга йил якунигача Наманган, Самарқанд ва Хоразмда синов лабораторияси ташкил қилиш топширилди.

Яна бир масала – ҳозир тадбиркорлар электрон ҳисоб-фактура ва товар-транспорт юк хатини алоҳида 2 та ҳужжат сифатида расмийлаштирмоқда. Тадбиркор юк хатига 49 та маълумотни мажбурий киритиши керак.

Ҳамма соҳага рақамлаштириш кириб келган бир пайтда, бундай амалиётни бекор қилиш вақти келгани таъкидланди. Энди бу ҳужжатлар ягона шаклга келтирилади ва фақат 4 та маълумот киритишни ўзи етарли бўлади.

Facebook|Instagram|X
#ochiq_muloqot

Umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi “keshbek” sifatida qaytariladi


1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi tadbirkorga “keshbek” sifatida qaytarib beriladi. Bunda oylik aylanmasining 60 foizini naqd pulsiz amalga oshirgan korxonalarga QQSning 40 foizi to‘langan zahoti qaytariladi. Agar naqd pulsiz aylanma 60 foizdan kam bo‘lsa, “keshbek” 20 foiz bo‘ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ochiq_muloqot

QQS to‘lovchi restoran va kafelarga foyda solig‘i 2 karra kamayadi


QQS to‘lashga o‘tgan restoran va kafelarga foyda solig‘i 2 karra kamayadi. 1-dekabrdan bu korxonalar naqd pulga sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi.
___________
#открытый_диалог

Ресторанам и кафе - плательщикам НДС налог на прибыль снизят в 2 раза

Налог на прибыль ресторанов и кафе, перешедших на уплату НДС, будет снижен в 2 раза. С 1 декабря у этих предприятий не будут требоваться никакие документы при оприходовании сельхозпродукции, приобретаемой за наличные.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ochiq_muloqot

1-oktabrdan mehmonxona va turoperatorlarga to‘langan QQSning 20 foizi “keshbek” qilib
beriladi.
___________
#открытый_диалог

С 1 октября гостиницам и туроператорам будут возвращаться в виде «кешбэка» 20% уплаченного НДС

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#20август
#Tadbirkorlar_kuni

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmatli tadbirkorlar, Sizlarni 20-avgust –“Tadbirkorlar kuni” bilan shaxsan o‘zim va Buxoro viloyati soliq xizmati organlari xodimlari nomidan muborakbod etaman.

Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini oshirish, joylarda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatishni yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shu orqali aholi farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi mehnatlaringiz tahsinga sazovor.

Biz doimo ana shunday yangilikka intilib, yangi ish o‘rinlarini yaratib, xalqimiz turmush farovonligini oshirishga hissa qo‘shib kelayotgan Siz aziz ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz va “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida barchangizga yaqindan ko‘mak berishda davom etamiz.

Fursatdan foydalanib, barcha tadbirkorlarimizning faoliyatlarini yanada kengaytirish hamda yangi-yangi g‘oyalarni amalga oshirish borasidagi ishlarida kuch-g‘ayrat tilaymiz.

Omad, muvaffaqqiyat, oilaviy xotirjamlik va to‘kin-sochinlik xayotingizda chin ma’noda yo‘ldosh bo‘lishini tilab qolamiz!

Hurmat bilan,

Dilshod Yuldashev,
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari

2024-yil 1-avgust holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 296,9 mlrd so‘mlik 146 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan:
🔸soliq auditi bo‘yicha - 222,8 mlrd so‘mlik 98 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 74,1 mlrd so‘mlik 48 ta;

Natijada:
▫️ 29,8 mlrd so‘mlik 18 ta murojaatda (shundan, 14 tasi 26 mlrd so‘mlik qisman) soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan;
▫️ 220,1 mlrd so‘mlik 116 ta murojaat bo‘yicha soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
▫️47 mlrd so‘mlik 12 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.
____
#цифровизация #обжалование

Итоги практики досудебного урегулирования налоговых споров

По состоянию на 1 августа 2024 г. Налоговым комитетом в установленном порядке рассмотрено 146 жалоб на общую сумму 296,9 млрд сумов.

Из них:
🔸по налоговым аудитам - 98 жалоб на сумму 222,8 млрд сумов;
🔸по выездным налоговым проверкам - 48 жалоб на сумму 74,1 млрд сумов;

В результате:
▫️удовлетворены в пользу налогоплательщиков 18 жалоб на сумму 29,8 млрд сумов (в том числе, 14 жалоб на общую сумму 26 млрд сумов частично);
▫️по 116 жалобам на сумму 220,1 млрд сумов оставлены в силе решения налоговых органов и об этом налогоплательщикам даны соответствующие разъяснения;
▫️продолжается рассмотрение 12 жалоб на сумму 47 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shaxboz Ashurov,
Qorovulbozor tumani “Bo‘ston” mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori


“Mahallabay” ishlash tizimi doirasida soliq inspektorlari tomonidan soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, joylarda olib borilayotgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari natijasida aholining soliq savodxonligi ortib, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish ko‘rsatkichlari tobora o‘sib bormoqda.

Bugun soliq tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar hech narsaga chalg‘imasdan, bor aqliy imkoniyatni ishga solib, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajargan holda budjet tushumlarini o‘z vaqtida bajarsa bo‘ldi. Yo‘lga qo‘yilgan tizimning o‘zi (KPI) dasturi orqali avtomat ravishda ko‘rsatkichlarimizni ko‘rsatib beradi va yuqori bal egalari belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi.

🌐 Тelegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#ochiq_muloqot

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidan


🔹Tadbirkor auksiondan yer sotib olganda QQS hisoblanmaydi.

🔹Yangi yerlarni ajratishda qurilish davriga yer solig‘i bo‘yicha 50 % imtiyoz beriladi (viloyat markazlaridan tashqari).

🔹Chetdan uskuna va butlovchi qism olib kelishda shartnoma muddati buzilmasa, muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lmaydi. (Amalda shartnoma muddatidan qatʼi nazar sotib olingan uskuna 180 kunda yetib kelmasa, muddati o‘tgan debitor qarzdorlik yuzaga keladi).

🔹Bojxona organining eksportni tasdiqlovchi elektron maʼlumoti QQSni qaytarish uchun asos bo‘ladi, boshqa ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi.

🔹EHF va TTY yagona shaklga keltiriladi va faqat 4 ta maʼlumot kiritish o‘zi yetarli bo‘ladi.

🔹1-oktabrdan mehmonxona va turoperatorlarga to‘langan QQSning 20 foizi “keshbek” qilib beriladi.

🔹2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi.

🔹Restoran va kafelarga foyda solig‘i 2 karra kamaytiriladi.

🔹1-dekabrdan korxonalar naqd pulga sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

🔹Restoran va kafelar ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan mehnat shartnomasi asosida ishlashi mumkin.
______________
#открытый_диалог

Итоги открытого диалога Президента с предпринимателями

🔹При покупке предпринимателем земли на аукционе НДС не будет начисляться.

🔹При выделении земли под строительство будет предоставляться льгота по земельному налогу в размере 50% (кроме областных центров).

🔹При ввозе оборудования и комплектующих не будет образовываться задолженность, если срок договора не будет нарушен. (В настоящее время, независимо от срока договора, если закупленное оборудование не прибудет в течение 180 дней, возникает просроченная дебиторская задолженность).

🔹Электронные данные таможенного органа, подтверждающие экспорт, будут основанием для возврата НДС без истребования других документов.

🔹ЭСФ и ТТН будут приведены к единой форме, где достаточно ввести всего 4 вида данных.

🔹С 1 октября гостиницам и туроператорам будет возвращаться 20% уплаченного НДС.

🔹С 1 января предпринимателям в сфере общественного питания будет возвращаться часть уплаченного НДС в виде кешбэка.

🔹Налог на прибыль ресторанов и кафе будет снижен в 2 раза.

🔹С 1 декабря при оприходовании сельхозпродукции, приобретенной за наличные, у предприятий общепита не потребуются никакие документы.

🔹Рестораны и кафе смогут нанимать работников по краткосрочным, упрощенным трудовым договорам.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM