Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.15K subscribers
8.21K photos
1.78K videos
48 files
5.3K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

Buxoroda 2024-yil 1-avgust holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 34 803 nafarga yetdi.

Shundan 3 343 tasi yanvar-iyul oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar haqida 👉ma'lumot

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Nazorat-kassa mashinasidan foydalanmaslik va xarid cheki bermaslik qancha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi?
Anonymous Quiz
79%
5 million so‘m
6%
7 million so‘m
5%
10 million so‘m
9%
20 million so‘m
Soliq organida ro‘yxatga olinmagan NKTni qo‘llagan yoki sotib oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar ko‘rsatganlik uchun jarima miqdorini bilasizmi?
Anonymous Quiz
49%
5 million so‘m
14%
7 million so‘m
10%
10 million so‘m
27%
20 million so‘m
Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan foydalanilangan soliq to‘lovchiga belgilangan jarima miqdori qancha?
Anonymous Quiz
21%
5 million so‘m
14%
7 million so‘m
22%
10 million so‘m
43%
20 million so‘m
Texnik talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganib soliq qonunchiligini buzish ..... so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Anonymous Quiz
34%
5 million so‘m
14%
7 million so‘m
19%
10 million so‘m
33%
20 million so‘m
Buxoro tumani soliq inspeksiyasida viloyat soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi va huquqni muxofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirokida navbatdagi profilaktik tadbir otkazildi

Tadbirda soliq xodimlariga ichki mehnat tartib qoidalarini buzish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashish, xizmat sirlarini oshkor etish kabi huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari va jazo choralari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Xususan, poraxo‘rlik va ta’magirlik holati aniqlanganda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari ko‘rilishi eslatib o‘tildi.

Tadbirda inspeksiya xodimlarining ota-onalari ham taklif etilgan holda soliq organlari xodimlari o‘rtasida o‘z mansab vakolatini suiste’mol qilish holatlarini oldini olish va korrupsiyani bartaraf etish yuzasidan ularning ham fikr-mulohazalari tinglandi.

Yig‘ilishda yuqori natijalarga erishgan xodimlarning yaqin qarindoshlari (ota-onai)ga minnatdorchilik bildirilib, ularga tashakkurnomalar topshirildi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#mol_mulk_soligi
#imtiyoz

Qaysi jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini to'lashdan to‘liq ozod qilingan⁉️

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
🔹urush nogironlari va qatnashchilari;
🔹harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). Beva xotinlarga (beva erlarga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan o‘tmagan taqdirda beriladi;
🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga;
🔹yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular 23 yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi.

Kimlar mol-mulk solig'ini to'lashdan qisman ozod qilingan⁉️

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kv.m doirasida soliq solishdan ozod qilingan:

🔸10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan biri;
🔸pensionerlar;
🔸I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat 1 yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar bundan mustasno.
👉 Soliq kodeksi 421-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SOTUVCHILAR MIJOZLARGA QR-KOD VA FISKAL BELGILI CHEK TAQDIM ETISHLARI SHART.

Xarid cheki bermaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Xarid uchun chek berishni rad etish yoki chekni bermaslik O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 221-moddasiga muvofiq 5 million so‘m miqdoridagi jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Xarid chekini bermaslik yoki xarid chekini berishdan bosh tortish holatlari yuzasidan Soliq mobil ilovasi orqali “Soliq hamkor” bo‘limiga kelib tushgan murojaatlar soliq organlari tomonidan soliq tekshiruvi o‘tkazilishiga asos bo‘ladi.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

Ayni daqiqalarda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dildora Xashimova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Soliq mobil ilovasida tadbirkorlar uchun ishga tushirilgan "Soliq biznes" xizmati haqida tushuntirish berilmoqda.

👉Jonli efir
———-
#брифинг

В эти минуты в АИМК проходит брифинг при участии начальника управления Налогового комитета Дилдоры Хашимовой.

Он посвящен услуге «Soliq biznes», запущенной для предпринимателей в мобильном приложении Soliq.

👉
Прямой эфир

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #ozini_ozi_band_qilish

Buxoroda 2024-yil 1-avgust holatiga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 228,3 ming nafardan oshdi.

Mamlakatimizda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar o‘sish 👉dinamikasi

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 9-avgust

avgust oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 6-qism).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️9 августа 2024 года последний день

за август:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита
(ч.6 ст.460 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliqchi_komakchi #uchrashuv

Soliq qo‘mitasi rahbariyati Xitoy kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda

Unda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va tarkibiy tuzilmalar rahbarlari, O‘zbekistondagi xitoylik tadbirkorlar uyushmasi raisi, shuningdek, 60 ga yaqin Xitoy kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.

Muloqot chog‘ida tadbirkorlar soliq sohasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislardan maslahat oladi.
__________
#cолиқчи_кўмакчи #встреча

Руководство Налогового комитета проводит встречу с представителями китайских компаний

В ней принимает участие первый заместитель председателя и руководители структурных подразделений Налогового комитета, председатель Ассоциации китайских предпринимателей в Узбекистане, а также около 60 представителей китайских компаний.

В ходе диалога предприниматели задают интересующие их вопросы в сфере налогообложения и получают консультации специалистов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #murojaatlar

2024-yil yanvar-iyul oylarida Buxoro viloyatidan elektron hujjat aylanish tizimi orqali 1 809 ta murojaat ro‘yxatga olingan.

Soliq qo‘mitasiga 2024-yil yanvar-iyul oylarida 33 mingdan ortiq murojaat kelib 👉tushgan

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#markirovka

Markirovkalanadigan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlari xatlovdan o‘tkaziladi

Bugungi kunda, O‘zbekistonda alkogol, tamaki, pivo mahsulotlari, maishiy texnika, dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda suv va salqin ichimliklar majburiy raqamli markirovkalanmoqda.

Raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning chakana yoki ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar “Asl belgisi” – mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga ulanishi shart.
👉 VMQ 737-son 5-band 20.11.2020

Majburiy raqamli markirovkalanishi shart bo‘lgan tovarlarning chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari “Asl belgisi” MATda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishlari shart.
👉 Chakana savdo qoidalari 58 prim 1- band

2024-yil 1-sentabrga qadar Soliq qo‘mitasi tomonidan alkogol, tamaki va pivo mahsulotlari, maishiy texnika va dori vositalari chakana savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlarining “Asl belgisi” milliy axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tganligi hamda raqamli markirovkalash talablariga rioya etilayotganligi xatlovdan o‘tkaziladi.
👉 VMQ-478-son 03.08.2024

Raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlaridan “Asl belgisi” MATdan ro‘yxatdan o‘tish hamda markirovkalash talablariga rioya etishlari so‘raladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads