Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.12K subscribers
7.97K photos
1.69K videos
46 files
5.07K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #soliq_biznes

Soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuvda Soliq mobil ilovasida yuridik shaxslar shaxsiy kabinetining mobil versiyasi – "Soliq biznes" xizmati ishga tushirilganini ma'lum qildi.

Ilovaning yangilangan 2.0.0 versiyasini Google Play'platformasidan hoziroq yuklab olish mumkin. Yaqin soatlar ichida App store'dan ham yuklab olish mumkin bo‘ladi.
_________

#мобильное_приложение #soliq_biznes

На встрече с представителями компаний-экспортеров председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев сообщил о запуске услуги "Soliq biznes" в мобильном приложении Soliq - мобильной версии персонального кабинета юридических лиц.

Обновленная версия 2.0.0 приложения доступна для скачивания на платформе Google Play. В ближайшие часы её можно будет загрузить и в App store.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #soliq_biznes

"Soliq biznes" xizmati bilan — biznes jarayonlaridan tun-u kun xabardor bo‘ling!

Soliq mobil ilovasining yangilangan 2.0.0 versiyasida tadbirkorlar uchun my3.soliq.uz shaxsiy kabinetining ixchamlashgan shakli – "Soliq biznes" xizmati qo‘shildi.

Xizmatdan foydalanish uchun korxona rahbari va bosh hisobchisi Face ID orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

🔹Birinchi sahifada quyidagilar ko‘rinadi:
▫️korxona nomi;
▫️STIR;
▫️
barqarorlik reytingidagi o‘rni;
▫️soliq majburiyatlari holati (bajarilgan yoki bajarilmagan).


🔹Keyingi bo‘lim – korxonaning iqtisodiy faoliyatiga tegishli asosiy savollar va ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ular “DSB ma’murchiligi” va “Mahallabay” ishlash tizimidagi mezonlar asosida aks ettiriladi.
Masalan: soliq hisobotlari, hisoblangan soliqlar va yig‘imlar, bank hisobraqamlari, EHF, elektron ishonchnoma va shartnomalar holati.
❗️Bunda hisobraqam to‘xtatilish sababi ham ko‘rsatiladi. Misol uchun, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik, kameral natijalari bo‘yicha talabnomaga javob bermaslik, soliq to‘lovchi o‘zi ko‘rsatgan manzilda bo‘lmasligi...

🔹Shaxsiy kabinetga yuborilgan talabnoma va boshqa yozishmalar alohida kichik bo‘limda jamlangan. Bu yerdan soliq organiga murojaat yuborish imkoniyati ham yaratildi.

🔹Biznes jarayonlarini va buxgalterlar faoliyatini korxona rahbari bilan bir paytda ta’sischilar, biznes hamkorlar va boshqa ishonchli shaxslar ham kuzatib borishi mumkin. Buning uchun korxona rahbari kuzatuvchi rejimini faollashtirishi kifoya.

Soliq to‘lovchilar o‘ziga biriktirilgan soliq inspektori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatib, ularning faoliyatiga salbiy yoki ijobiy baho berish mumkin.

"Soliq biznes" – Sizning qulay va tezkor xizmatingiz!
___________
#мобильное_приложение #soliq_biznes

Soliq 2.0.0. Теперь с персональным кабинетом для юридических лиц


В обновленной версии 2.0.0 мобильного приложения Soliq добавлена услуга "Soliq biznes" для предпринимателей - компактная версия персонального кабинета my3.soliq.uz.

Чтобы воспользоваться услугой, руководитель (директор) и главный бухгалтер проходят Face ID авторизацию.

🔹На первой странице отобразятся:
▫️наименование;
▫️ИНН;
▫️показатель
рейтинга устойчивости;
▫️статус исполнения или неисполнения налоговых обязательств.

🔹Следующая страница включает в себя основные вопросы и информацию, связанные с хозяйственной деятельностью предприятия. Они отображаются по критериям на основе информационных систем для администрирования плательщиков НДС, а также по принципу «махаллабай».
Например, статус налоговой отчетности, начисленных налогов и сборов, банковских счетов, ЭСФ, электронных доверенностей и договоров.
❗️При этом указывается причина приостановления банковского счета. Например, непредставление налоговой отчетности в срок, оставленные без ответа требования налоговых органов об итогах камеральной налоговой проверки, отсутствие налогоплательщика по указанному им адресу...

🔹В отдельном блоке сгруппированы все требования и другие уведомления, направленные в персональный кабинет. Отсюда предоставлена возможность подать обращение в налоговые органы.

🔹За бизнес-процессами и действиями бухгалтера одновременно с руководителем предприятия могут наблюдать учредители, деловые партнеры и другие доверенные лица. Для этого руководителю достаточно активировать режим наблюдателя.

“Soliq biznes” позволяет установить прямой контакт с прикрепленным к налогоплательщику налоговым инспектором и оценить его деятельность.

“Soliq biznes” – ваш удобный и быстрый сервис!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JShODS #barqarorlik_reytingi

Eksportchi tadbirkorlar bilan boʻlib oʻtayotgan uchrashuvda Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev barqarorlik reytingida ish haqi hisoblashga oid mezon boʻyicha ball hisoblanishi yuzasidan berilgan savolga javob berdi.

Ushbu mezon roʻyxatdan oʻtgan joy boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqini inobatga olishini bunda inson omili ishtirok etmasligini taʼkidladi.

Shuningdek, xodimlarga ish haqi hisoblashda ayrim qurilish korxonalarida 50 mingtagacha ish o‘rni qo‘shib yozilganini qayd etdi.

Iyun oyi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha qayta hisobotlar moderatsiyadan o‘tkazilishi ma’lum qildi.

Xodimlar sonining noto‘g‘ri ko‘rsatilishi barqarorlik reytingi, shaffof qurilish tizimlari va QQS salbiy farq summasini qaytarishga salbiy ta'sir qilishini tushuntirdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
📣📣📣TADBIRKORLAR VA O‘Z BIZNESINI BOSHLASH NIYATIDAGI FUQAROLAR UCHUN QULAY IMKONIYAT

Mamlakatimiz Prezidentining Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun 1000 gektar bo‘sh yer maydonlarini “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarish topshirig‘i berilgan edi.

‼️Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, ayni paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun viloyat hududidagi bo‘sh yer maydonlarining arzon narxlarda “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarilganligini bildiramiz.

Tadbirkorlikni boshlash uchun qulay joylar 👉https://E-auksion.uz

➡️ Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko‘rish)

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#soliqchi_komakchi

Soliq xizmatlaridan uydan chiqmagan holda foydalaning

❗️
Jismoniy shaxslar:

👉Soliq mobil ilovasida (Android / iOS):
▫️soliqlarni toʻlash;
▫️ko‘chmas mulk va avtomobil ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish;
▫️soliq qarzi yo'qligi haqida ma'lumotnoma olish;
▫️ish haqi to‘g‘risida ma'lumotnoma olish;
▫️o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish;

👉 e-imzo.soliq.uz sayti orqali ERI olish;

👉 my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali:
▫️jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish;
▫️ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarishi mumkin.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#ózini_ózi_band_qilish

Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi*.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida (340 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

*Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Ko‘chma savdo ob’yektlarini o'rnatish uchun yer maydonlarini 3 yilga ijaraga oling!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.08.2021 yildagi 485-son qaroriga muvofiq E-auksion.uz da 2000 ga yaqin Ko‘chma savdo ob’yekti uchun joylar savdoda!

🔘 Buxoro shahrida 5 ta
🔘 Kogon shahrida 372 tа
🔘 Buxoro tumanida 172 tа
🔘 Kogon tumanida 60 tа
🔘 Vobkent tumanida 89та
🔘 Romitan tumanida 322 tа
🔘 Gʻijduvon tumanida 386 tа
🔘 Jondor tumanida 83 tа
🔘 Qorovulbozor tumanida 105 tа
🔘 Qorako‘l tumanida 189 tа
🔘 Olot tumanida 90 tа
🔘 Peshku tumanida 83 tа
🔘 Shofirkon tumanida 110 tа

Eslatma!
Savdolarda jismoniy shaxslar ishtirok eta olmaydilar. Har qanday yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor ishtirok etishlari mumkin.

➡️ Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (
кўриш)

Ma'lumot uchun
+998992072604 +998992073604
____
Bizning ijtimoiy tarmoqlar
Telegram |🌐 Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Oʻzbekiston Savdo -sanoat palatasi tomonidan “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasi ishga tushirildi.

👍 Unga murojaatlarni taklif2024.uz orqali yoʻllash mumkin.

👍 Ushbu platformadan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bilan yuqoridagi videoda tanishishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #soliq_biznes

Soliq mobil ilovasining yangilangan 2.0 versiyasini yuklab oling!

Ilovadagi asosiy yangiliklar:

🔹"Soliq biznes"– tadbirkorlar shaxsiy kabinetining ixchamlashgan shakli;
🔹Barqarorlik reytingi;
🔹ID karta, haydovchilik guvohnomasi va boshqa shaxsiy ma'lumotlar.

📹 Yangiliklar bilan batafsil videorolikda tanishing.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 2-avgust soat 22:00 dan 4-avgust 13:00 gacha profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

Profilaktika davomida soliq organlarining elektron xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

____________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В целях оптимизации работы веб-ресурсов Налогового комитета и повышения пропускной способности серверов Центра обработки данных 2 августа с 22:00 часов до 4 августа 13:00 часов будут проводиться профилактические работы.

В период профилактики будут наблюдаться временные сбои в электронных услугах налоговых органов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-avgust

iyul oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️5 августа 2024 года - последний день

за июль:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi tadbirkorlarga qulay imtiyozlar bermoqda

Ayni damda barcha joylarda bo‘lgani kabi Buxoro viloyatida ham soliq xizmati xodimlari “korxonabay” tizim asosida faoliyat olib borib, soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarilishida yaqindan ko‘maklashmoqdalar.

Kuni-kecha viloyat soliq boshqarmasi va Kogon shahar soliq inspeksiyasi mas’ul xodimlari Kogon shahridagi “Umid Medical Cyentre” korxonasida bo‘lib, korxona vakillariga barqarorlik reytingi doirasida biznesni qo‘llab-quvvatlash va ularga beriayotgan ko‘plab imtiyozlar xususida ma’lumot berildi.

Ta’kidlash lozim, soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlarga barqarorlik reytingidagi har bir mezon haqida keng tushuntirishlar berib borilishi alohida ahamiyat kasb etayapti.

Xususan, soliq xodimlarining ushbu subyekt vakillari bilan uchrashuvi ham korxonaning reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram