Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#stol_tennis

Buxoroda mahallalar aro stol tennisi musobaqalari davom etmoqda


Buxoroda stol tennisi sport turi boʻyicha mahallalar aro havaskorlar oʻrtasida musobaqalar qizg‘in davom etmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Soliq qo‘mitasi hamda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan musobaqalar yoshlar orasida sportni ommalashtirish va bu orqali mamlakatimizning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Kogon shahrida o‘tkazilgan sportning Stol tennis sport turi boʻyicha mahalla-aro musobaqa ham ana-shu maqsadga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Havaskor sportchilar oʻrtasidagi bahslarda 30 nafardan ortiq sportchi o‘g‘il-qizlar ishtirok etdilar. Qiziqarli kechgan bahslarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan havaskor sportchi yoshlar keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega boʻlishdi.

Musobaqada sportchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashev hamda Kogon shahar hokimi H.Davlatovlar ishtirok etib, yakunda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alar, diplom va medallar topshirdi.

E’tiborlisi, tashkil etilayotgan bu kabi musobaqalar chekka hududlardagi yoshlarni sportga jalb etish, bu orqali ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.


Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#alkogol #yigim

Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lash tartibi

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 423-va 440-moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Eslatib oʻtamiz ❗️Soliq to'lash majburiyatining bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq summasining 0,047% miqdorida penya hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 110-moddasi

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Soliq_imtiyozi

Tomchilatib sug'orish tizimini joriy etgan soliq to'lovchilar uchun yer solig'idan imtiyoz bor

Tomchilatib, yomg'irlatib, diskret va boshqa suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar - suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan etiboran besh yil muddatga soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiritiladi.

👉 Soliq kodeksining 428-moddasi


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Soliq ma'murchiligi

Soliq va boshqa hisobotlarni o‘z vaqtida topshiring!

Ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi har bir qaror, shu jumladan soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim qilmaslik soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etiladi va u chiqarilgan kundan boshlab 3 kun ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
👉 Soliq kodeksining 56-moddasi

Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim qilmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, korxona rahbarlariga nisbatan esa 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 175-moddasi

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 175-moddasi

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#soliq_majburiyati

S
oliqlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilish soliq organlarining majburiyati hisoblanadi.

Soliq to‘lovchilar esa o‘z navbatida soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lashlari lozim.

Soliq xizmati organlari soliq to‘lovchidan soliqlarni oldindan to‘lashni talab qilishga haqli emas.

Soliq to‘lovchi to‘lovlarni qonun hujjatlarida belgilangan soliq to‘lash muddatining oxirgi kunida yoki ixtiyoriy ravishda oldindan to‘lashi mumkin.

Shu bilan birga, soliq to‘lash majburiyatini muddatidan oldin bajarish soliq to‘lovchilarga turli kutilmagan vaziyatlarning oldini olish imkonini beradi. Ayrim sabablarga ko‘ra, (hisobraqamda mablag‘ bo‘lmasligi) soliqlar to‘lov muddatining so‘nggi kunida to‘lanmay qolsa, soliq organi hisoblangan soliqlarni majburiy undirish choralarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi.

👉 Soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash usullari

Agar soliq organlarida noqonuniy xatti-harakatlarga duch kelsangiz, bu haqda maxsus @dsq_anticorrupciya_bot Telegram boti orqali xabar bering. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
________
#налоговое_обязательство

Налоговые органы обязаны контролировать полноту и своевременность уплаты налогов.

А налогоплательщики, в свою очередь, обязаны своевременно и в полном объеме уплачивать налоги.

Налоговый орган не вправе требовать от налогоплательщика уплату налогов авансом.

Налогоплательщик может произвести оплату как в последний день установленного законодательством срока уплаты налогов, так и на добровольной основе сделать платежи заранее.

При этом досрочное исполнение обязанности по уплате налогов позволит налогоплательщику обезопасить себя от ситуаций, когда уплата налога в крайний срок не представляется возможной (в связи с отсутствием средств на расчетном счете) и налоговые органы будут обязаны перейти к процедуре принудительного взыскания налога.

👉Способы обеспечения исполнения налогового обязательства

Если вы столкнулись с незаконными действиями в налоговых органах, сообщите об этом через специальный Telegram-бот @dsq_anticorrupciya_bot. Конфиденциальность личности заявителя гарантируется.

Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Buxoroda soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotni oldini olish, norasmiy faoliyatlarni qonunilashtirish hamda tadbirkorlarga yaqindan yordam berish hisobiga ularning faoliyati yanada kengaytirilmoqda.

Eʼtiborlisi, erishilgan natijalarda Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay", “korxonabay” ishlash institutlari muhim rol oʻynamoqda.