Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
7.37K subscribers
35.8K photos
2.91K videos
21 files
7.68K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz.

Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

001391-sonli Guvohnoma asosida ish olib boriladi.
Download Telegram
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2024-yil 12-dekabrdagi F-62-sonli farmoyishining 33-bandida Fransiyada o‘tkazilgan “Parij-2024” yozgi olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazish vazifalari belgilangan.

🟡 Ushbu topshiriq ijrosini bajarish maqsadida joriy yilning
9-yanvar kuni Guliston davlat pedagogika institutida "Sportchi va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuvda Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Dilshod Daniyarov, Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Jamoliddin Komilov, paralimpiya Parij-2024 o‘yinlarida sportning para Akademik eshkak eshish turi bo‘yicha ishtirokchisi Xolmurod Egamberdiyev va Kurash bo‘yicha 2 karra Jahon hamda Osiyo chempioni, Yozgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi, "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi Hilola Ortiqboyeva hamda talabalar ishtirok etdi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O‘zbekiston Respublikasida Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5212-sonli, “O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-5211-sonli qarorlari asosida tasdiqlangan yo‘l xaritasida har yili ot sporti turlari bo‘yicha “Hokim kubogi” musobaqasi o‘tkazilishini tashkil etish, shuningdek 2024-yil 21-noyabr kuni muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarni sportga keng jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishishi vaqtida haftaning har payshanba kuni “Jismoniy tarbiya va sport kuni” sifatida belgilangan.

🟡 Shu munosabat bilan joriy yilning 9-yanvar kuni Boyovut tumani Qaropchi mahallasi hududida joylashgan “Otchopar” maydonida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topgan kun munosabati bilan Ot sportining jamoaviy va olamon uloq-ko‘pkari turi bo‘yicha “Hokim kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus tarbiya maskanidagi sport inshoatlari o’rganildi.

Bugun viloyat Sport boshqarmasi boshligi’ Baxt shahrida joylashgan Respublika o’g’il bolalar o’quv tarbiya muassasasida bo’ldi.

Muassasa direktori O’.Usmonaliyev bilan birgalikda, u yerdagi mavjud sport inshoatlari holati bulan yaqindan tanishib chiqdi.

Shuningdek, muassasa tarbiyalanuvchilari bilan suhbatlashib, ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda sportning futbol, voleybol, kurash va qo’l jangi turlari bo’yicha to’garaklar tashkil etilishi kelishib olindi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM