Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
5.43K subscribers
40K photos
3.18K videos
21 files
8.69K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz
Download Telegram
⚡️2026-yilgi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda Prezident qarorida belgilandi.

Shuningdek, qarorga binoan:

1. Olimpiadada ishtirok etuvchi erkaklar va ayollarning 3 tadan milliy terma jamoalarini shakllantirish;

2. Xususiy shaxmat klublariga davlat mulki obʼektlari va hududlardagi “Yoshlar markazlari”dan ijara toʼlovlarisiz (kommunal toʼlovlar bundan mustasno) joy ajratish nazarda tutilmoqda;

3. Shaxmatni targʼib qilishda alohida namuna koʼrsatgan ommaviy axborot vositalari vakillari va sharhlovchilari (“strimer”lar)ni tanlov asosida tanlash boʼyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish

4. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida “Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi” “Professional taʼlim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” musobaqalari har yili uch bosqichda tizimli o‘tkaziladi;

5. 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuqorida nomi tilga olingan musobaqalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar va talabalar yil davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida (1 mln 650 ming so‘m) “Shaxmat stipendiyasi” bilan rag‘batlantiriladi;

6. 2024-yildan boshlab har yili professional shaxmat klublari o‘rtasida “O‘zbekiston birinchiligi” musobaqalari o‘tkazib boriladi.
Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev finalda!

-67 kg vazn toifasida porlayotgan bokschimiz Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev finalchilar qatoriga oʻz nomini qoʻshib qoʻydi. Moʻgʻulistonlik Misheyelt Battumur bilan jang qilgan bokschimiz ishonchli tarzda bahsni oʻz foydasiga hal qildi va finalga yoʻl oldi.

Асадхуджа Муйдинходжаев в финале!

Узбекский боксёр Асадхуджа Муйдинходжаев, блестяще выступающий в весовой категории до 67 кг, добавил своё имя в число финалистов. Отечественный мастер кожаной перчатки, который встретился с Мишеельтом Баттумуром из Монголии, уверенно решил бой в свою пользу и вышел в финал.
🥉 Aʼloxon debyut chempionatini bronza medali bilan yakunladi

Aʼloxon Abdullayev uchun ushbu musobaqa yakunlandi. Hamyurtimiz yarim finalda braziliyalik Vanderley Pereyraga imkoniyatni boy bergan boʻlsa ham, 19 yoshida debyut chempionatidayoq shohsupaga koʻtarilishi ulkan yutuq hisoblanadi. Uning kelgusi faoliyatida ham omad tilaymiz.

🥉 Алохон завершил свой дебютный ЧМ бронзовой медалью

Алохон Абдуллаев, к сожалению, в полуфинале уступил бразильцу Вандерлей Перейра. Но то, что он поднялся на пьедестал почёта на своём дебютном первенстве планеты в возрасте 19 лет, является огромным достижением. Желаем ему удачи в предстоящих соревнованиях.
Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev mo’g’ulistonlik raqibini qanday mag’lubiyatga uchratganiga yana bir nazar tashlaymiz
___
Победный бой Асадхуджи Муйдинходжаева против монгола в фотографиях
🥉 Lazizbek Mullojonov faoliyatida JChning birinchi medalini qoʻlga kiritdi

Terma jamoamiz safida yana bir bokschimiz bronza medaliga ega boʻldi. -92 kg vazn toifasida yangi nomlardan biriga aylangan Lazizbek Mullojonov final ostonasida rossiyalik Muslim Gadjimagomedovga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, oʻtgan dunyo birinchiligida chorak finalda ishtirokini yakunlagan fargʻonalik bokschimiz bu gal sovrindorlar qatoridan joy oldi.

🥉Лазизбек Мулложонов завоевал первую медаль ЧМ в своей карьере

В составе отечественной сборной ещё один боксёр завоевал бронзовую медаль. Лазизбек Мулложонов, выступающий в весовой категории до 92 кг, на пороге финала уступил Муслиму Гаджимагомедову из России. Таким образом, боксёр из Ферганы, завершивший своё участие в четвертьфинале прошлого мирового первенства, на этот раз оказался среди призёров.
Hasanboy Doʻsmatov faoliyatida ikkinchi bor JCh finalida!

Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) faoliyatida ikkinchi bor jahon chempionatining final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Hozirgina yakunlangan yarim final jangida yurtdoshimiz ispaniyalik Martin Molinadan ustun keldi.

Хасанбой Дусматов во второй раз в своей карьере вышел в финал ЧМ!

Олимпийский чемпион Рио-2016 Хасанбой Дусматов (-51 кг) во второй раз в своей карьере завоевал путёвку в финал чемпионата мира. В полуфинальном поединке, который только что завершился, наш соотечественник победил испанца Мартина Молину.
Abdumalik Xalokov ketma-ket ikkinchi bor finalga yoʻl olmoqda

Serbiyada oʻtgan jahon chempionati finalchisi Abdumalik Xalokov (-57 kg) Toshkent mezbonlik qilayotgan dunyo birinchiligida ham chempionlik uchun jang qiladigan boʻldi. Yurtdoshimiz yarim finalda qirgʻizistonlik Munarbek Seitbekdan ustun keldi.

Абдумалик Халоков второй раз подряд выходит в финал ЧМ

Финалист чемпионата мира в Сербии Абдумалик Халоков (-57 кг) также будет бороться за чемпионство на первенстве планеты в Ташкенте. В полуфинале наш соотечественник одолел Мунарбека Сейтбека из Кыргызстана.
Ruslan Abdullayev Olimpiada sovrindoridan ustun keldi

Oʻzbekiston terma jamoasi -63.5 kg vazn toifasida ham finalga yoʻl olmoqda. Ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Ruslan Abdullayev yarim finalda Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori armanistonlik Xovxannes Bachkovni magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Oltinchi final!

Руслан Абдуллаев превзошел Олимпийского призёра

Сборная Узбекистана завоевала путёвку в финал также в весовой категории до 63.5 кг. Руслан Абдуллаев, защищающий честь страны в этом весе, сумел в полуфинале одолеть призёра Олимпиады Токио-2020 армянина Ховханнеса Бачкова. А это значит, что у сборной Узбекистана 6-ой финал по счёту.
Hasanboy Do’smatovning ispaniyalik bokschini mag’lub etgan jangdan galereya
____
Противостояние Дусматов-Молин в объективе пресс-службы НОК