Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
7.33K subscribers
35.9K photos
2.92K videos
21 files
7.73K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz.

Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

001391-sonli Guvohnoma asosida ish olib boriladi.
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️Тезкор хабар Отабек Холматов 🇺🇿🥊WBA чемпионлик камарига расмий даъвогарга айланди Отабек Холматов Шухрат ўғли 1998-йил 22-июлда Сирдарё туманинг Бахт шаҳри Тадбиркор маҳалласида туғилган. Боксчимиз 2-йиллик "айрилиқ"дан сўнг Ўзбекистонга қайтди.
👉Нокаутчи боксчимиз интервьюсида АҚШга кимнинг ёрдамига кетгани, спаррингларда Жервонта Дэвисни "мазаси"ни қочиргани, жанглари учун олаётган гонорари, чемпионлик жанги, қайси промоутер билан ишлаётгани ва бошқа мавзулар ҳақида гапирди.
Халқаро бокс федерацияси (IBF) февраль ойи учун янгиланган рейтингида мажбурий давогарга айланди. Мазкур рейтинггада (55,3 кг) Муроджон Аҳмадалиев, (57,2 кг) Отабек Холматов, (63,5 кг) Шоҳжаҳон Эргашев, (66,6 кг) Шаҳрам Ғиёсовлар ҳам борлигини эслатиб ўтамиз.
Yanina Kuskova уаna bir xalqaro musobaqa sovrindoriga aylandi. Velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi xalqaro musobaqalardagi ishtirokini Italiyada davom ettirmoqda. Qizlarimiz Apennin yarim orolida oʻtgan “Trofeo Ponente in Rosa Italy” nomli bir kunlik jamoaviy poygada ishtirok etib, shohsupaga koʻtarilishdi. 15.6 km masofaga kechgan bahsda jamoamiz 22:48 natija qayd etdi. Bu startga chiqqan 27 jamoa orasida ikkinchi koʻrsatkich boʻldi. Jamoamiz safida Yanina Kuskova, Nafosat Koziyeva, Margarita Misyurina, Sofiya Karimova, Yekaterina Knebeleva, Sevinch Yoʻldasheva ishtirok etdi.

🥇 BAA 🇦🇪 – 22:28
🥈 O'zbekiston 🇺🇿 – 22:48
🥉 Shveytsariya 🇨🇭 – 23:00
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺"Diyor уangiliklari"
🎥Sport yangiliklari
🗺Sirdaryo viloyati
💿LAVHA (08.03.2023)
#velomarafon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-sentyabdagi “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
5251-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 9-mart kuni Shirin shahrida sportchilar bilan birgalikda (velomarafon) velosayr tashkil etildi.

Shirin shahar sport maktabi.
#sayxunobodsportmaktabi
#fransuzboksi
#tabrik

E'TIROF: Sayxunobod tumani sport maktabining jon kuyar trenerlaridan biri O‘zbekiston chempionati, kubogi va bir qator xalqaro turnirlar sovrindori "Fransuz boksi" turi bo‘yicha trener-o‘qituvchisi O‘SAROVA Dilorom Xusan qiziga
"O‘ZBEKISTON SPORT USTASI" unvoni tantanali tarzda topshirildi.

Kelgusi mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

🚀sport maktabi
🚀sayxunobod yangiliklari
🌐tiktok
🔵facebook
📷instagram
🎬youtube
Ўзбекистон Республикаси Сирдарё вилояти Фуқаро Муҳофазаси бошлиғининг 2023 йил 20-февралдаги 3-сонли буйруғи ижросини таъминлаш мақсадида, жорий йилининг 10-март куни Гулистон шаҳар Спорт мактабида, Вилоятда "Ёш қутқарувчилар" кўнгилилар клублари ўртасида худудий босқич спорт мусобақаси ташкил этилди. Мазкур спорт мусобақада жами 30 нафардан зиёд ёш қутқарувчи кўнгилилар иштирок этдилар.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live
TAYYORMISIZ🏃🏃

“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan 12-mart kuni Guliston shahrida «Yangi nafas» ommaviy yugurish marafoni o‘tkaziladi.

🏃🏃🏃 Start soat 8:00 da

Manzil: Akademik litsey yonida

Moʻljal: Viloyat Arxivi

BARCHANGIZNI USHBU MARAFONDA ISHTIROK ETISHINGIZNI KUTIB QOLAMIZ.

@Sirdaryosport
Musobaqa o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Mirzaobod tumani o‘quv sport texnika klubida tuman Xalq taʼlimiga qarashli bo‘lgan 33-,10-, 27-, 18-, 25-sonli maktab jamoalari o‘rtasida "O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vaziri Kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Mudofaa bo‘limi harbiy xizmatchilari, tuman Maʼdaniyat bo‘limi , tuman o‘quv sport texnika klubi,tuman sport maktabi hamda maktab jamoalari, keng jamoatchilik vakillari qatnashishdi.

Musobaqa qatnashchilari to‘rtta shart ("Safda yurish", "Miltiqni sochish va yig‘ish", "Miltiqdan o‘q otish") bo‘yicha bellashishdilar. Musobaqada 33-maktab jamoasi faxrli 1-o‘rinni, 10-maktab jamoasi 2-o‘rinni, 27-maktab jamoasi 3-o‘rinni egallashdi. G‘olib bo‘lgan jamoalariga va musobaqada faol qatnashgan o‘quvchilarga musobaqa tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.