Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
4.63K subscribers
42.8K photos
3.34K videos
21 files
9.32K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz
Download Telegram
#Boyovut_tumani
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Boyovut tumani "Markaz" mahallasida "Besh tashabbus olimpiadasi"ga start berildi.

Joriy yilning 11-aprel sanasida tumanning 42-umumiy o'rta ta'lim maktabida 200 ga yaqin 7-10 yoshli o'quvchilar o'rtasida sportning shaxmat, shashka, yengil atletika va quvnoq startlar turi bo'yicha musoboqa o'tqazildi.

Musoboqada iqtidorli sportchilar aniqlab olindi va taqdirlandi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
#Guliston_shahar
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Barcha hududlarda bo'lgani kabi bugun Guliston shahrida ham yoshlar o'rtasida bir yilda ikki marta tashkil etiladigan "Besh tashabbus olimpiadasi"ga START berildi.

Ushbu musobaqa 7 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan barcha yoshlar va qizlar o'rtasida shaxmat, shashka, quvnoq estafeta, yengil atletika musobaqalari o'tkazildi.

Musobaqa so'ngida g'oliblar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
#Sardoba_tumani
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-ynavardagi "MAHALLADA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA" PQ-92-son Qarori hamda 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmonida belgilangan vazifalari ijrosini ta'minlash maqsadida bugun Sardoba tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi tashabbusi bilan sohibqiron Temur bobomizning 686 yilligiga bag'ishlangan shaxmat sport turidan Sardoba tuman chempionati o'tkazildi.

Unda 7 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan o'g'il-qizlar mahorat bilan ishtirok etdilar.

Musobaqa so'ngida ishtirokchilar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Batafsil: https://bit.ly/3uqzdCu

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
#Sayxunobod_tumani
#Dzyudo

2022-yil 10-aprel kuni Sayxunobod tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabida dzyudo sport turidan 2007-2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Sirdaryo viloyati ochiq birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahri, Chirchiq shahri, Angren shahri va Bekobod tumani, Namangan, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo, Sirdaryo viloyat jamoalaridan jami 250 dan ziyod yosh dzyudochilar ishtirok etishdi.

Natijalarga ko'ra faxrli o‘rinlarni egallagan sportchilarga tashkilotchilar tomonidan I, II,III darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
#Live
#Besh_tashabbus_xiyoboni
#Guliston_shahar

Guliston shahar Besh tashabbus xiyobonida prezidentimizning besh muhim tashabbusi doirasida soha vakillari jam bo'lgan.

Xususan, viloyat shanini ko'klarga ko'tarayotgan 20 dan sport turlari bilan shug'ullanayotgan yosh sportchi yoshlar o'zlarining ko'rgazmali chiqishlarini namoyon qilishmoqda.

Tayyorgarlik ayni avjida.

Qizg'in jarayonlarni biz bilan kuzatib boring👇

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook