Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
7.37K subscribers
35.8K photos
2.91K videos
21 files
7.68K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz.

Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

001391-sonli Guvohnoma asosida ish olib boriladi.
Download Telegram
Los-Anjeles-2028: Mamlakat stol tennisi federatsiyasining rejalari muhokama qilindi

MOQ rahbariyati joylarda sport federatsiya va assotsiatsiyalarining yangi Olimpiya sikliga tayyorgarlik rejalari bilan tanishmoqda. Mutasaddilar Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasining bu boradagi taqdimotini tahlil qilishdi.

Stol tennischilarimiz shu paytgacha Afina-2004 va Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishgan. Uchrashuvda Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga ham erkaklar, ham ayollar terma jamoamiz vakillarining yoʻllanma olishlari kerakligi, buning uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi maʼlum qilindi.

Federatsiya masʼullari ushbu sportda qitʼa va jahon miqyosida raqobatning kuchli ekanidan kelib chiqqan holda Olimpiada litsenziyalari mintaqaviy saralash turniri orqali qoʻlga kiritilishi koʻzda tutilganini takidlashdi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏐 Voleybol bo’yicha ham viloyat chempionati bo’lib o’tdi.

Oqoltin tumani sport maktabida qizlar o'rtasida (U-20) sportning voleybol turi bo’yicha viloyat chempionati bo’lib o’tdi.

Chempionatda tuman (shahar)dan shaklantirilgan jamoallar g’oliblik uchun kuch sinashishdi.

Musobaqa yakuniga ko'ra:
🥇o‘rin- Boyovut tumani
🥈o‘rin-Yangiyer shahar
🥉o‘rin Sirdaryo tumani jamoalari qo'lga kiritishdi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Sirdaryolik futbolchi O’zbekistonga qaytishi kutilyabdi.

Bir necha yildan buyon Indoneziya klubida faoliyat yuritib kelgan tajribali himoyachi Sherzod Fayziyev qishda yangi klubga o'tadi. Ayni paytda u Superliga klublari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun Ma’shal va Lokomotiv klublari va O’zbekiston Olimpia terma jamoasidagi o’yinlari orqali muhlislarga tanilgan Sh.Fayziyev Sirdaryo futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O’zbekiston delegatsiyasi tarkibida Dilorom Rahimova va Ziyodaxon Boqijonova ham bo’lgan World Ability Sport-2024 o'yinlarida tengsiz bo'lgan para atletlarimizni O’zbekiston Milliy Paralimpia Qo’mitasi mutasaddilari Toshkent xalqaro aeraportida tantanali kutib olgan marosimdan fotoreportaj.📸

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

⚡️ Ayni daqiqalarda Sirdaryo viloyati hokimligining majlislar zalida Sport vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

🟡 Videokonferensiya tarzida o‘tkazilayotgan ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari Odil Abduraxmanov, Sport vaziri Adkham Ikramov, Maktabgacha va maktab talimi vaziri Xilola Umarova, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, markaziy studiya va 208 ta tuman (shahar)lardagi studiyalardan 10 mingdan ortiq maktablarda faoliyat olib borayotgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, shuningdek, Sport maktablarining direktorlari hamda sport murabbiylari ishtirok etmoqda.

🟢 Yig‘ilishda joriy yilning 7-noyabr kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishish chog‘ida berilgan vazifalar ijrosini tizimli tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM