Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
7.03K subscribers
36.1K photos
2.93K videos
21 files
7.77K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz.

Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

001391-sonli Guvohnoma asosida ish olib boriladi.
Download Telegram
Boks bo‘yicha O‘zbekiston kubogidan fotoreportaj

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆"Diyor Yangiliklari" Guliston shahrida tuman va shahar hokimliklari xodimlari o'rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.📺

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport  bilan shug‘ullanish imkoniyatlari kengaytirildi

"Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi  Prezident qarori imzolandi.

Hujjatga muvofiq, 2024-yil 15-dekabrdan boshlab:

sport bilan shug‘ullanish istagidagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatiga ko‘ra ularga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida sport bilan bepul shug‘ullanish uchun yo‘llanmalar beriladi;

sport bilan bepul shug‘ullanish imkoni yaratilgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari ro‘yxati tegishincha Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha  va maktab ta’limi vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda tasdiqlanadi hamda doimiy yangilab boriladi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus ta’lim muassasalari va internat uylari uchun sport obyektlari quriladi

2025–2026-yillarda maxsus ta’lim muassasalari va "Muruvvat" internat uylarida sport obyektlari quriladi, ta’mirlanadi va jihozlanadi.

Bu muassasalarda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun adaptiv sport to‘garaklari tashkil etilib, kunduzgi qatnov xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchilari nogironlarga mos sport turlari bo‘yicha qayta tayyorlov kurslarida ishtirok etadi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutini tashkil etiladi

Qaror bilan adaptiv sport turlari Assotsiatsiyasining asosiy vazifalari belgilab berilmoqda.

🖋 Shuningdek, Assotsiatsiyaning hududiy bo'linmalari faoliyatini yo'lga qo'yish va Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutini tashkil etilishi belgilandi.

Bunda:

🟢 2025-yil 1-fevraldan boshlab, adaptiv sport va jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun maxsus qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Kurs yakunida 4-yil amal qiladigan sertifikat beriladi.

🟢 Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari malaka sertifikatiga ega trenerlarga adaptiv sport turlari bo‘yicha guruhlar tashkil qilish va nogironligi bo‘lgan bolalarni qabul qilish imkonini beradi. Oliy ta’lim muassasasini yaqinda tugatgan bitiruvchilarga sertifikat talab etilmaydi.

🟢 Nogironligi bo‘lgan shaxslar sport maktablari va adaptiv sport guruhlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oson tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🟢 Adaptiv sport guruhlarini tashkil etgan trenerlar maoshiga 50% ustama qo‘shiladi. Guruhlar faoliyati “Inson” markazlari va “ERP-sport” elektron tizimi orqali nazorat qilinadi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24 | «Besh tashabbus» olimpiadasi: Stritbol musobaqasi
#12nov #uzbekiston24

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barpo etilayotgan Sport tibbiyoti markazlarining loyihalari muhokama markazida

Poytaxtimizda qad rostlayotgan Olimpiya shaharchasi hududida eng soʻnggi qulayliklarga ega tibbiyot markazi ham barpo etilmoqda. Sport vazirligida obyekt foydalanishga topshirilgach uning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish mavzusiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Vazir Adham Ikramov boshchiligida oʻtgan uchrashuvda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Ravshan Irmatov, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Kamol Sirojitdinov ishtirok etishdi.

Yigʻilish avvalida Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi Adham Ikramov sport tibbiyotining bugungi kundagi ahamiyati, terma jamoalarimizning soʻnggi yutuqlarida mazkur yoʻnalishning ham katta hissasi borligini eʼtirof etdi. Shu bois, boʻlajak tibbiyot markazi oldinda turgan gʻalabalar uchun ham salmoqli ulush qoʻshishi lozimligini bildirdi.