Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
7.51K subscribers
35.5K photos
2.89K videos
21 files
7.61K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz.

Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

001391-sonli Guvohnoma asosida ish olib boriladi.
Download Telegram
Ishchi guruhi tomonidan "Besh tashabbus olimpiyadasi" doirasida Boyovut tumani 1-sektor "Iftixor" mahallasida joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabi sport inshoatlarida o‘qituvchilar o‘rtasida sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha sektor bosqichi baxslarida ishtirok etishdi.

Mazkur musobaqada 1-sektorda joylashgan jami 21 ta ta’lim muassasalaridan 200 nafardan ortiq o‘qituvchilar g‘oliblik uchun bellashishdi.

Musobaqa so‘ngida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

✝️ sirdaryoyoshlari
Жорий йилнинг 2-март куни ховос тумани 1-сон спорт мактаби спорт мажмуасида. Ўзбекистон Республикаси Ёшлар сиёсати ва спорт вазирлигининг 2023 йил 22-февралдаги 01/175-А/F-сонли буйруғи хамда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022-йил 7-мартдаги "Оила ва хотин-қизларни тизимли қўллаб -қувватлашга доир ишларни янада жадаллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида "ги РF-87-сон Фармонига мувофиқ,Сирдарё вилоят Ёшлар сиёсати ва спорт бош бошқармасининг 2023 йил 23-февралдаги 01-11/116-А/F-сонли буйруғи ижросини таъминлаш мақсадида. Ховос тумани 2-босқич секторлараро ховос туманида яшовчи 1-босқичда ғолиб чиққан уй бекалари ўртасида "Соғлом оила-Янги Ўзбекистон таянчи"шиори остида туман секторлар ўртасида спорт мусобақаси ўтказилди. 1-ўрин 1-сектор Бунёдкор МФЙдан Файзуллаевлар оиласи, 2-ўрин 3-сектор Еттигузар МФЙ Жўрақуловлар оиласи, 3-ўринни 2-сектор Гулбахор МФЙ Нурматовлар оилалари эгаллашиб мусобақа ташкилотчилари томонидан диплом ва эсталик совғалари билан тақдирланишди.
#stol_tennis
#viloyat_kubogi
🏓🏓🏓🏓
Joriy yilning 2-mart kuni Shirin shahrida sportning stol tennis turidan viloyat kubogi, respublika kubogiga saralash bosqichi musobaqasi bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada viloyatimizning barcha tuman-shaharlaridan jami 110 nafar shundan 55 nafar qizlar ishtirok etishdi va quyidagi natijalarga erishdilar.

O'g'il bolalar o'rtasida
1-o'rin
Oqoltin tumani
2-o'rin Shirin shahar
3-o'rin Guliston Olimpiya va Paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Mirzaobod tumani;

Qiz bolalar o'rtasida
1-o'rin
Shirin shahar
2-o'rin Guliston Olimpiya va Paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
3-o'rin Mirzaobod va Sirdaryo tumanlari egallashdi.

G'olib va sovrindorlar Shirin shahar Soliq inspeksiyasi, Sirdaryo viloyati stol tennis federatsiyasi hamda Shirin shahar sport maktabi tomonidan munosib taqdirlandi.