Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
5.51K subscribers
39.4K photos
3.15K videos
21 files
8.57K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz
Download Telegram
💥Sardoba tuman sport maktabi badiiy gimnastikachi qizlarining musobaqalarda ishtiroki davom etmoqda...

"18-noyabr O'zbekiston respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun" munosabati bilan badiiy gimnastika sport turi bo'yicha bo'lib o'tgan Sardoba tuman sport maktabi chempionati musobaqasida saralangan sportchi-qizlar, Toshkent viloyatida bo'lib o'tgan "O'zbekiston respublikasi davlat Konstitutsiyasining 30 yilligi" ga bag'ishlangan turnerda ishtirok etishib, quyidagi natijalar bilan qaytishdi.
1-o'rin 8 nafar.
2-o'rin 9 nafar
3-o'rin 5 nafar.


🎗Badiiy gimnastikachi qizlarga kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!
Хуш хабар жорий йилнинг 26 27 ноябр кунлари Тошкент шаҳридаўтказилган спортнинг парастол тенниси тури бўйича 1-5 классдаги параспортчилар ўртасида Ўзбекистон чемпионатида вилоят Спортнинг ўйин турлари ва енгил атлетикага ихтисослаштирилган спорт мактаби спортчиси Умид Ахмедов фахрли 2-ўринни қўлга киритди
Хабарингиз бор айни кунларда Ширин шаҳрида “Беш ташаббус олимпиядаси”нинг “А” лигаси Республика финал босқичи бахслари ўтказилмоқда. Мазкур маҳалла олимпиядасида Қорақолпоғистон Республикаси, Тошкент шаҳри ва вилоятлардан келган 105 нафар иштирокчилар ғолиблик учун беллашишмоқда.
Бугун Ширин шаҳар спорт мактаби ташаббуси билан мусобақаларга келган иштирокчиларни бўш вақтларини мазмунли ташкил этиш мақсадида академик эшкак эшиш базаси ҳамда спорт мактаби асосий спорт базаларида “Очиқ эшиклар” куни ташкил этилди.
Sirdaryo viloyatida o‘rganish ishlari olib borildi

Joriy yilning 29-noyabr kuni Sportni rivojlantirish vaziri Adkham Ikramov Sirdaryo viloyatida xizmat safari bilan bo‘ldi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Аkmaljon Maxmudaliev Аzimjonovich bilan birgalikda dastlab, vazir Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati
bilan tanishdi, shu bilan birga 2022/2023 yilgi qabul natijalari hamda sport sohasida amalga
oshirilayotgan ayrim ishlar taqdimoti o‘tkazildi.

Shuningdek, tashrif davomida sport infratuzilmasini yaxshilash, sportchilarni seleksiya qilish va sport obektlari holati bilan tanishildi va holatlarni yanada yaxshilash borasida qator topshiriqlar berildi.



Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube