Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
7.31K subscribers
36K photos
2.92K videos
21 files
7.75K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz.

Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

001391-sonli Guvohnoma asosida ish olib boriladi.
Download Telegram
#fotoreportaj

TAQDIRLASH MAROSIMI

Xabaringiz bor, shu kunlarda "Sirdaryo IES" AJ ishchi-xodimlari farzandlari oʻrtasida "Yangi Oʻzbekistoning-sogʻlom farzandlarimiz" shiori ostida sportning mini futbol va shashka turlari bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

Natijalarga ko'ra:

Mini futbol boʻyicha;
1-oʻrin, YoTS ishchi-xodimlarining farzandlari;
2-oʻrin, 2-QTS ishchi-xodimlarining farzandlari;
3-oʻrin, ETs ishchi-xodimlarining farzandlari.

Shashka boʻyicha (oʻgʻil bollar)
1-oʻrin T.Abdunazarov;
2-oʻrin A.Raxmatov;
3-oʻrin M.Akbaraliyev;

Shashka boʻyicha (qiz bollar)
1-oʻrin S.Isoqulova;
2-oʻrin M.Gufronqulova;
3-oʻrin Z.Mirzamurodova.

2022-yil 27-avgust kuni bir hafta davomida oʻtkazilgan sport musobaqasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi va munosiblar rag'batlantirildi.

🖋 t.iss.one/sirdaryosport
🚴‍♀️ Tailandda velotrek bo‘yicha Osiyo kubogi davom etmoqda. Unda terma jamoamiz vakillari qo‘lga kiritgan medallar soni 7 taga yetdi.

Bugun ortda qolgan bahslar yakunida sirdaryolik Yanina Kuskova ta’qib poygasi dasturida oltin, Margarita Misyurina esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Bungacha jamoamiz musobaqa doirasida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi. Ertaga musobaqa doirasida yana bir qator yo‘nalishlarda poygalar o‘tkaziladi.

🚴‍♀️ В Таиланде продолжается Кубок Азии по велотреку. Количество медалей, завоёванных на КА представителями сборной Узбекистана, достигло 7.

По итогам сегодняшних заездов Янина Кускова завоевала золото в программе гонки преследования, а Маргарита Мисюрина-серебро.

До этого наши соотечественники завоевали по 1 золотой и серебряной, а также 3 бронзовые медали. Завтра победители и призёры будут определены в ряде других направлений трековой велогонки.

🖋 t.iss.one/sirdaryosport
Gandbolchilarimizda yana bir yutuq!!!!

Bugun 29-avgust kuni mustaqilligimizning 31 yilliga munosabati bilan Jizzax viloyatida 2007-2008-yillarda tug'ilgan o‘smirlar jamoalari o'rtasida gandbol sport turi bo'yicha Jizzax viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada viloyatdagi barcha shahar va tumanlar hamda viloyatimizdan viloyat terma jamoasi, Guliston shahar va Sirdaryo tumani jamoalar ishtirok etdi.

Natijalarga ko'ra:
1-o‘rin JOZK jamoasi;
2-o‘rin viloyat IBO'SM jamoasi;
3-o‘rinni Sirdaryo viloyati terma jamoasi egalladi.

G'olib va sovrindorlar Jizzax viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi hamda Jizzax viloyati gandbol federatsiyasining diplom medallari bilan taqdirlandi.

Mazkur musobaqadan ko'zlangan maqsad qo'shni viloyat terma jamoalari bilan tajriba almashish hamda viloyat terma jamoasi shakllantirishdan iborat.

🖋 t.iss.one/sirdaryosport
Yangiyer shahar pokuraturasi tashabbusi bilan shahar Sportni rivojlantirish bo'limi bilan hamkorlikda sportning milliy kurash turi bo'yicha Sirdaryo viloyat prokurori kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Musobaqada viloyatimizning 11 ta tuman va shaharlaridan 36,40,44,48,52,56 va +56 kg vazn toifasidagi sportchilar o'zaro bellashdilar.

Musobaqa qizg'in bahs va munozaralarga boy bo'ldi. Musobaqa so'nggida Sardoba tumani kurashchi polvonlari umumjamoa hisobida birinchilikni qo'lga kiritdi.

Tadbir so'nggida Sirdarvo viloyati prokurori S.Mavlonov g'olib va sovrindorlarni esdalik sovg'alari bilan taqdirladi.

🖋 t.iss.one/sirdaryosport