Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
7.33K subscribers
35.9K photos
2.92K videos
21 files
7.73K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz.

Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

001391-sonli Guvohnoma asosida ish olib boriladi.
Download Telegram
25-28-avgust kunlarida Mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami musosabati bilan viloyat Suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining baydarka va kanoeda eshkak eshish majmuasida,baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turi buyicha sport maktab birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Jami 29 nafar sportchi o'quvchilar qatnashdi.Shundan 11 nafarini qiz o'quvchilar tashkil etdi.

G'olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

🖋 t.iss.one/sirdaryosport
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Guliston_shahar

Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi, viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi hamkorlikda "Salomatlkk spartakiadasi" o'tkazildi.

210 nafar Sog'liqni saqlash xodimlari o'rtasida sportning voleybol, stritbol, badminton va stol tennisi kabi turlari bo'yicha g'oliblik uchun bellashdi.

Natijalarga ko'ra:
Voleybol bo'yicha Sirdaryo tum;
Stritbol bo'yicha Guliston tum;
Stol tennis bo'yicha Sevara Olimjonova;
Badminton bo'yicha Doston Ibragimovlar mutloq g'oliblikni qo'lga kiritdi.

📺"Diyor Yangiliklari"
⚽️"Sport Yangiliklari"
🗺Guliston shahri, Yangiyer shahri
💿LAVHA (24.08.2022)

🖋 t.iss.one/sirdaryosport
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Futbol

Katta futbol bo'yicha 2-liga 1-davra 4-tur o'yinlari o'z nihoyasiga yetdi. Shirin shahar va Futbol mahorat maktabi o'rtasida kechgan bellashuvda 3:1 hisob bilan Shirin shahar jamoasi ustunlikka erishdi.

Oqoltin tumani va Yangiyer shahar jamoalar o'rtasida futbol bahslarida 2:4 hisob bilan Yangiyer shahar terma jamoasi g'oliblikka erishdi.

📺"Diyor Yangiliklari"
⚽️"Sport Yangiliklari"
🗺Shirin shahri, Oqoltin tumani
💿LAVHA (25.08.2022)

🖋 t.iss.one/sirdaryosport
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IIB

"Sog'lom avlod uchun" shiori ostida 300 nafar ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida 3000 metr masofasiga yugurish mrafoni o'tkazildi.

Ushbu marafonda erkaklar o'rtasida:
🥇 o'rin Jamshid Haydarov;
🥈 o'rin Ikromjon Omonboyev;
🥉 o'rin Obidjon Arslanov;

Ayollar o'rtasida:
🥇 o'rin Muhabbat Xidiraliyeva;
🥈 o'rin Ro'zigul Abdujabborova;
🥉 o'rinni Lolaxon Saydaliyevalar egallab diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

📺"Diyor Yangiliklari"
🏃🏻"Sport Yangiliklari"🚴🏻‍♂️
🗺Guliston shahri
💿LAVHA (27.08.2022)

🖋 t.iss.one/sirdaryosport
DXX kubogida faxrli 1,2,3,4-oʻrinlarni egallagan jamoalar mahallalarida sport maydonchalari qurib beriladi

Futbol va mini-futbol boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan jamoalarga ular istiqomat qiladigan mahallada mini-futbol maydonchasi, ikkinchi oʻrin sohiblariga universal sport maydoni (basketbol va voleybol oʻyinlari uchun moʻljallangan), uchinchi va toʻrtinchi oʻrinlarni egallagan jamoalar mahallasiga esa «Stritbol» (bir savatli koʻcha basketboli) sport maydonlari qurib beriladi.

Respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalarning (1, 2, 3 va 4-oʻrinlar) Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi koʻmagida bir hafta mobaynida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi «Shafran» togʻ-kurort kompleksida dam olishlari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, DXX kubogining viloyat bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 28 ta jamoa vakillari istiqomat qiladigan mahallalarda «WORKOUT» maydonchalari barpo etiladi. «WORKOUT» maydonchalari barpo etiladi.

🖋 t.iss.one/sirdaryosport
#fotoreportaj

TAQDIRLASH MAROSIMI

Xabaringiz bor, shu kunlarda "Sirdaryo IES" AJ ishchi-xodimlari farzandlari oʻrtasida "Yangi Oʻzbekistoning-sogʻlom farzandlarimiz" shiori ostida sportning mini futbol va shashka turlari bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

Natijalarga ko'ra:

Mini futbol boʻyicha;
1-oʻrin, YoTS ishchi-xodimlarining farzandlari;
2-oʻrin, 2-QTS ishchi-xodimlarining farzandlari;
3-oʻrin, ETs ishchi-xodimlarining farzandlari.

Shashka boʻyicha (oʻgʻil bollar)
1-oʻrin T.Abdunazarov;
2-oʻrin A.Raxmatov;
3-oʻrin M.Akbaraliyev;

Shashka boʻyicha (qiz bollar)
1-oʻrin S.Isoqulova;
2-oʻrin M.Gufronqulova;
3-oʻrin Z.Mirzamurodova.

2022-yil 27-avgust kuni bir hafta davomida oʻtkazilgan sport musobaqasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi va munosiblar rag'batlantirildi.

🖋 t.iss.one/sirdaryosport
🚴‍♀️ Tailandda velotrek bo‘yicha Osiyo kubogi davom etmoqda. Unda terma jamoamiz vakillari qo‘lga kiritgan medallar soni 7 taga yetdi.

Bugun ortda qolgan bahslar yakunida sirdaryolik Yanina Kuskova ta’qib poygasi dasturida oltin, Margarita Misyurina esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Bungacha jamoamiz musobaqa doirasida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi. Ertaga musobaqa doirasida yana bir qator yo‘nalishlarda poygalar o‘tkaziladi.

🚴‍♀️ В Таиланде продолжается Кубок Азии по велотреку. Количество медалей, завоёванных на КА представителями сборной Узбекистана, достигло 7.

По итогам сегодняшних заездов Янина Кускова завоевала золото в программе гонки преследования, а Маргарита Мисюрина-серебро.

До этого наши соотечественники завоевали по 1 золотой и серебряной, а также 3 бронзовые медали. Завтра победители и призёры будут определены в ряде других направлений трековой велогонки.

🖋 t.iss.one/sirdaryosport
Gandbolchilarimizda yana bir yutuq!!!!

Bugun 29-avgust kuni mustaqilligimizning 31 yilliga munosabati bilan Jizzax viloyatida 2007-2008-yillarda tug'ilgan o‘smirlar jamoalari o'rtasida gandbol sport turi bo'yicha Jizzax viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada viloyatdagi barcha shahar va tumanlar hamda viloyatimizdan viloyat terma jamoasi, Guliston shahar va Sirdaryo tumani jamoalar ishtirok etdi.

Natijalarga ko'ra:
1-o‘rin JOZK jamoasi;
2-o‘rin viloyat IBO'SM jamoasi;
3-o‘rinni Sirdaryo viloyati terma jamoasi egalladi.

G'olib va sovrindorlar Jizzax viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi hamda Jizzax viloyati gandbol federatsiyasining diplom medallari bilan taqdirlandi.

Mazkur musobaqadan ko'zlangan maqsad qo'shni viloyat terma jamoalari bilan tajriba almashish hamda viloyat terma jamoasi shakllantirishdan iborat.

🖋 t.iss.one/sirdaryosport