Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
6.01K subscribers
36.1K photos
2.94K videos
21 files
7.8K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz.

Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

001391-sonli Guvohnoma asosida ish olib boriladi.
Download Telegram
“Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida boʻlib oʻtgan marafonda sirdaryoliklar faol ishtirok etdi.

Yugurish bellashuvida oʻgʻil bolalar oʻrtasida Sardor Husanov, qizlar oʻrtasida Antropova Darya gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Shu bilan birga ishtirokchilar nominatsiya boʻyicha ham ragʻbatlantirildi.

Xususan, "Eng yoshi ulugʻ ayol qatnashchi" nominatsiyasiga Raʼno Xolboyeva, "Eng yosh qiz bola qatnashchi" nominatsiyasiga Mashhura Ibrohimova, "Eng yoshi ulugʻ erkak qatnashchi" nominatsiyasiga Shokir Toshboyev va "Eng yosh oʻgʻil bola qatnashchi" nominatsiyasiga Salohiddin Turdibekov loyiq koʻrildi.

Shuningdek, marafonda 100 nafarga yaqin imkoniyati cheklangan sportsevarlar ham ishtirok etdi.

Husan Abdurahmonov, Oʻktam Ummatov, Diyorjon Ishmatov marraga birinchi yetib keldi.

Yakunda ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Photo by Anvar Tuychiyev

🖋t.iss.one/sirdaryosport
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sport 24 | «Besh tashabbus olimpiadasi» qizgʻin davom etmoqda

🖋 t.iss.one/sirdaryosport
Sirdaryoda “Yangi nafas” yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

“Yoshlar kuni” va “Xalqaro olimpiya” kuniga bag‘ishlab O‘zbekiston bo‘ylab 8 ta shaharda “Yangi nafas” yugurish musobaqalari tashkil etildi.

Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/817

👉 t.iss.one/sirdaryosport
#live #yoshlaroyligi #beshmingqadam #marafon #mirzaobod

Ayni damda Yoshlar festivali doirasida "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostida Mirzaobod tumanida sog'lom hayot uchun 5000 qadam loyihasi bo'lib o'tmoqda.

Jarayonlarni biz bilan kuzatib boring...

Photo by Anvar Tuychiyev

🖋t.iss.one/sirdaryosport
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | «Besh tashabbus olimpiadasi»: gʻoliblar aniqlanmoqda
#26june

🖋t.iss.one/sirdaryosport
🎊🎊🎊🎊🎊🎊
#Tavallud_kun
🎉🎉🎉🎉🎉🎉
Hurmatli Xalknazarov Ruslan Sa'dullayevich! Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Hayot yo‘lingizdagi barcha ezgu istaklaringiz amalga oshsin. Hayotning hamma jabhalarida hozirgiday kuchli va betakror bo‘lishida tilkdoshmiz!
___
🎊🎊🎊🎊🎊🎊
#Happy_birthday
🎉🎉🎉🎉🎉🎉
Dear Khalknazarov Ruslan Sadullayevich! Happy Birthday to you! May all your good wishes come true in your life. I want you to be as strong and unique in all aspects of life as you are now!
___
🎊🎊🎊🎊🎊🎊
#День_рождения
🎉🎉🎉🎉🎉🎉
Уважаемый Халкназаров Руслан Садуллаевич! С Днем рожденья тебя! Пусть все ваши добрые пожелания сбудутся в вашей жизни. Желаю тебе быть такой же сильной и неповторимой во всех сферах жизни!

Hurmat bilan, Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryoda ham “Yangi nafas” yugurish marafoni yuqori saviyada oʻtkazildi

Quyidagi lavhada shu haqda soʻz yuritiladi.

🖋t.iss.one/sirdaryosport
Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalarining fidoyilari!

Sizlarni shaxsan oʻzim hamda Sirdaryo viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasining barcha xodimlari nomidan 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Sharafli mehnatingiz, haqiqatni soʻzlashdagi jasoratingiz va yaxshilikni keng yoyishdagi joʻshqin ishtiyoqingiz aslo soʻnmasin. Hayot haqiqatlarini, atrofimizda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarni va albatta, amalga oshirilayotgan ishlarimizdagi yutuq hamda kamchiliklarimizni roʻyi-rost koʻrsatib berayotganingiz uchun sizlardan minnatdormiz.

Hurmat bilan Sirdaryo viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Sayxunobodlik Shahzoda Tursunmurodova Osiyo chempionatida Xalqaro GROSMEYSTER!!!

14-26-iyun kunlari Toshkent shahrida shashka sport turi bo'yicha xalqaro Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Ushbu chempionatda shashkaning 64-katakli va 100 katakli yo'nalish turlari bo'yicha mutloq g'oliblikni viloyat Sportning o'yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida faoliyat ko'rsatib kelayotgan murabbiy Shahzoda Tursunmurodova egalladi va XALQARO GROSMEYSTER unvonini qo'lga kiritdi.

Bundan tashqari, sirdaryolik 20 nafardan ortiq yosh, umidli sportchilar ishtirok etdi va faxrli I, II, III o'rinlarni egalladi.

G'alaba muborak Sirdaryo yoshlari!!!

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigi

Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/822

👉 t.iss.one/sirdaryosport
«Omikron» shtammining dastlabki bosqichida paydo sakkizta belgisi maʼlum boʻldi. Eʼtiborli jihati, ular xuddi shamollash yoki gripp alomatlariga oʻxshaydi.

Mutaxassislarga koʻra, ushbu shtammning alomatlari organizmda uni yuqtirgandan keyin ikkinchi kunda paydo boʻladi va taxminan besh kun davom etishi mumkin.

Demak, Janubiy Afrika Respublikasi, Buyuk Britaniya va Amerika Qoʻshma Shtatlari shifokorlariga koʻra, tomoq ogʻrigʻi, bel ogʻrigʻi, burun oqishi yoki bitishi, bosh ogʻrigʻi, charchoq, aksirish, terlash va tana ogʻrigʻi ushbu shtammga oid ilk belgilar hisoblanadi.

“Oʻzingizni infeksiyadan himoya qilishning eng yaxshi usuli bu — vaksina olishdir” deyishmoqda mutaxassislar.

O'zingizni asrang azizlar!!!!!

🖋 t.iss.one/sirdaryosport
Siz bilishingiz kerak!!!

Suvning hayot, salomatlik, go‘zallik va ozish uchun foydasi juda katta ekanligini bilasizmi?

Agar doimo yosh ko'rinishni hohlasangiz quyidagi ma'lumotlar siz uchun👇

Batafsil:
https://is.gd/kQugWn

Telegram | Instagram | Facebook