Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
4.63K subscribers
42.8K photos
3.34K videos
21 files
9.32K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz
Download Telegram
#Yozgi_oromgoh
#Yangiyer_shahar

Bugun Yangiyer shahrida tashkil etilgan yozgi oromgohda Yangiyer shahar bolalar-oʻsmirlar sport maktabining trenerlari tomonidan bolajonlar uchun quvnoq startlar va stol tennis musobaqalari tashkil etildi.

Tadbir soʻngida musobaqa gʻoliblari taqdirlandi.

🖋 t.iss.one/sirdaryosport
“Nuroniylar-suyanchiq ustoz” shiori ostida sport musobaqasi bo’lib o’tdi

Shirin shahrida yashovchi nuroniylarni sog’lom turmush tarzi hamda sportga keng jalb qilish, yoshlarni har taraflama sog’lom voyaga yetishini maqsad qilgan holda joriy yilning 13-iyun kuni Shirin energetika kollejida Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo'limi tashabbusi bilan “Nuroniylar-suyanchiq ustoz” shiori ostida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi o’tkazildi.

Tadbirni shahar hokimi, 1-sektor rahbari Sarvar Sultonov ochib berib, barcha qatnashchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Shirin shahridagi barcha mahallalardan kelgan nuroniylar boshchiligida jamoalar bir nechta shartlar asosida o’zaro bellashishdi.

Qiziqarli kechgan musobaqada munosib ishtirok etgan jamoalar homiy tashkilotlar tomonidan munosib taqdirlandi.

🖋 t.iss.one/sirdaryosport
🏆 Sirdaryolik sportchilardan xalqaro musobaqalardagi xushxabarlar davom etadi

Joriy yilning 2-4 iyun kunlari Livanning Juniya shahrida sambo sport turi bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati tashkil etildi.

Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Sirdaryolik 2 nafar sportchilar yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

Jumladan:

Maxmudjonova Sevinch 72 vazn toifasida - 🥇 o‘ringa;

Xakimova Ulbusin 47 vazn toifasida 🥇 o‘rinni egallab, oltin medalini qo‘lga kiritishdi.

Viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi sportchi qizlarimizni xalqaro maydondagi gʻalabalar bilan tabriklaydi hamda kelayotgan nufuzli musobaqalarda omadlar tilaydi.

🖋 t.iss.one/sirdaryosport