Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
6K subscribers
36.2K photos
2.94K videos
21 files
7.81K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz.

Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

001391-sonli Guvohnoma asosida ish olib boriladi.
Download Telegram
💥Sardoba tuman voleybolchi qizlar jamoasi "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalari chempioni boʻldi

Batafsil:
https://sardobatumani.uz/vcr4

t.iss.one/sirdaryosport
Sirdaryoda sportchi yoshlarga yaratib berilayotgan sharoitlar bilan tanishildi

Bugun Sirdaryo viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov hamda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirokida joriy yil 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sport taʼlimini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar yuzasidan sport taʼlimi sifatini yaxshilash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/622

t.iss.one/sirdaryosport
#live #yoshlaroyligi #sirdaryo #shashka #5tashabbus

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning "Shashka" turu bo‘yicha Sirdaryo viloyati bosqichiga start berildi.

Yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilinayotgan sport musobaqalarining mahalla, sektor hamda tuman (shahar) bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 66 nafar yoshlar musobaqaning viloyat bosqichida o‘zaro bellashadi.

Musobaqa 16-21, 22-26 va 27-30 yosh toifasida bo‘lib o‘tadi.

t.iss.one/sirdaryosport
#Yengil_atletika
#Shirin_shahar

Kuni kecha 2-iyun kuni Shirin shahar mahallalari oʻrtasida "Sogʻlom oila-sogʻlom jamiyat" shiori ostida quvnoq startlar musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Musobaqani shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tomonidan tashkil etildi.

Musobaqada Doʻstlik, A.Temur, Bunyodkor, Farhod, Nurobod va Vatanparvar mahallalari sportsevar oilalari ishtirok etdilar.

5 ta shartdan iborat musobaqada gʻolib jamoalar saralab olindi. Oʻyin natijalariga koʻra 🥇 oʻrin Vatanparvar mahallasi Sharipovlar oilasi, 🥈 oʻrin A.Temur mahallasi Saidqulovlar oilasi, 🥉 oʻrinni Bunyodkor mahallasi Dexqonboyevlar oilasi egalladilar.

Bundan tashqari eng chaqqon va eng tartibli oilalar ham aniqlandi. Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

📌 t.iss.one/sirdaryosport
Sog’lom oila – sog’lom jamiyat!

Kuni kecha 2-iyun kuni Shirin shahar mahallalari o‘rtasida "Sog‘lom oila-sog‘lom jamiyat" shiori ostida quvnoq startlar musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Do‘stlik, Amir Temur, Bunyodkor, Farhod, Nurobod va Vatanparvar mahallalari sportsevar oilalari ishtirok etdi.

5 ta shartdan iborat musobaqada g‘olib jamoalar saralab olinib, o‘yin natijalariga ko‘ra, 1-o‘rin Vatanparvar mahallasi Sharipovlar oilasi, 2-o‘rin Amir Temur mahallasi Saidqulovlar oilasi, 3-o‘rinni Bunyodkor mahallasi Dexqonboyevlar oilasi egalladilar.

Bundan tashqari eng chaqqon va eng faol oilalar ham aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

t.iss.one/sirdaryosport