Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
7.4K subscribers
35.7K photos
2.91K videos
21 files
7.67K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz.

Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

001391-sonli Guvohnoma asosida ish olib boriladi.
Download Telegram
#Futbol

Bugun, 15-may kuni Sirdaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi o'zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan futzal bo'yicha 50+ yoshdagi faxriylar o'rtasida viloyat chempionati o'tkazildi.

Musobaqaning ikkinchi davra 5 tur yakunlariga ko`ra:
🥇o'rin Guliston shahar "OSIYO";
🥈o'rin Sirdaryo tuman;
🥉o'rin Yangiyer shahar jamoalar faxrli o'rinlarni egallashdi.

G'olib va sovrindorlar Sirdaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi tomonidan diplom, medal va estalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

📌 t.iss.one/sirdaryosport
#Qonlikoʻlga_koʻmak

Joriy yilning birinchi choragi yakuni boʻyicha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda Qonlikoʻl tumanini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida otaliqqa olgan edi.

Bugun Qonlikoʻl shaharchasiga koʻmak berib kelayotgan Guliston shahar jamoasi tomonidan mahalla hududida joylashgan 23-sonli maktab va 4-13 maktabgacha taʼlim muassasalari yoshlari uchun 37 turdagi sport inventarlari hamda 2 ta katta sunʼiy basseyn jihozlari foydalanish uchun topshirildi.

📌 t.iss.one/sirdaryosport
Professional sportchilar oʻrtasida ATF-10 championship yoʻnalishi boʻyicha “Sirdaryo viloyati hokimi kubogi” musobaqasi oʻtkaziladi

Musobaqani ko'rish uchun chiptalarni quyidagi telefon raqamlari orqali xarid qilishingiz mumkin👇

📍Guliston shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi
📞 94 167 73 37

📍Shirin shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi
📞 99 646 30 71

📍 Boyovut tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi
📞 94 166 71 81

📍 Guliston tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi
📞 99 367 88 39

📍 Oqoltin tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi
📞 99 200 52 53

📍 Mirzaobod tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi
📞 99 474 82 94

📍 Sardoba tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi
📞 88 126 46 46

📍 Sayxunobod tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi
📞 99 470 09 31

📍 Sirdaryo tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi
📞 97 278 55 52

📍 Xovos tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi
📞 93 329 70 70

Musobaqa “Alpomish” sport majmuasida 29-may kuni soat 19:00da boshlanadi.

📌 t.iss.one/sirdaryosport
#Tayinlov

Sirdaryo viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi Yangiyer shahar bo'limi boshlig'i lavozimiga Akramov Sardor Bahodir o'g'li tayinlandi.

Akramov Sardor Bahodir o'g'li 1995-yil 25-iyul sanasida Yangiyer shahrida tavallud topgan. 2020-yil Guliston davlat universiteti Jismoniy madaniyat yo'nalishini tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Yangiyer pedagogika kolleji yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi S.Akramovni ish faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
#Tayinlov

Sirdaryo viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi Sirdaryo tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori lavozimiga To'ychiyev Rustam G'aybullayevich tayinlandi.

To'ychiyev Rustam G'aybullayevich 1979-yil 28-aprel sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. 2007-yil O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Sirdaryo tuman bolalar-o'smirlar sport maktabida taekwondo-ITF sport turi murabbiyi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi R.To'ychiyevni ish faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
#Tayinlov

Sirdaryo viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi Boyovut tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori lavozimiga Latipov Akmal Qo'chqorovich tayinlandi.

Latipov Akmal Qo'chqorovich 1982-yil 1-yanvar sanasida Boyovut tumanida tavallud topgan. 2020-yil Guliston davlat universiteti Jismoniy madaniyat yo'nalishini tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Boyovut tuman bolalar-o'smirlar sport maktabida uslubchi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi A.Latipovni ish faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Oqoltin_tumani

Umumta'lim maktabi o'quvchilari o'rtasida sportning mini futbol turi bo'yicha Oqoltin tumani Xalq ta'limi bo'limi mudiri kubogi o'tkazildi.

Ushbu musobaqa tumanning 18 ta umumta'lim maktablaridan shakllantirilgan jamoalar o'zaro g'oliblik uchun bellashdi.

Natijalarga ko'ra chorak final bosqichlarida:

🥇o'rin 7-umumta'lim;
🥈o'rin 10-umumta'lim;
🥉o'rin 12-umumta'lim maktablari g'oliblikni egalladi.

📺"Diyor Yangiliklari"
⚽️"Sport Yangiliklari"
🗺Sirdaryo viloyati
💿LAVHA (13.05.2022)

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Guliston_tumani

Guliston tumani "Ahmad Yassaviy" mahallasida yangi usti yopiq mini futbol maydoni foydalanishga topshirildi.

Tadbir davomida Davlat xavfsizligi kubogi sport musobaqasi o'tkazildi.

📺"Diyor Yangiliklari"
⚽️"Sport Yangiliklari"
🗺Guliston tumani
💿LAVHA (12.05.2022)

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Sport musobaqasining 17-23 may kunlari boʻlib oʻtadigan tuman va shahar bosqichlari kunlari e'lon qilinadi:

Yengil atletika musobaqasi - 17-may
Voleybol musobaqasi - 18-may
Shashka musobaqasi - 20-may
Streetbol musobaqasi - 21-may
Workout musobaqasi - 22-may
Stol tennisi musobaqasi - 23-may

❗️Eslatma: Musobaqaning sektor bosqichida g'olib bo'lgan jamoalar yoki yakka ishtirokchilar tuman va shahar bosqichida o'zaro bellashadilar.

Yoshlar yetakchisi bilan @Smartmahallabot telegram boti orqali bog'lanishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zomin_tumani

Kasaba uyushmalari xodimlari o'rtasida "Biz sportchi oilamiz" shiori ostida sportning stol tennisi, futbol, voleybol, shaxmat-shashka turlari bo'yicha Xotira turniri o'tkazildi.

Musobaqa so'ngida g'olib bo'lgan oilalar diplom esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

📺"Diyor Yangiliklari"
🏓"Sport Yangiliklari"
🗺Jizzax viloyati
💿LAVHA (14.05.2022)

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
Sirdaryolik para akademik eshkak eshuvchilarimiz tantanali kutib olindi

Italiyaning Gavirete shahrida para akademik eshkak eshish boʻyicha boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan vakillarimiz bugun yurtimizga qaytib kelishdi.

Matonatli sportchilarimizni Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi rahbariyati, ommaviy axborot vositalari xodimlari, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari tantanali kutib oldi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook