Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
7.31K subscribers
36K photos
2.92K videos
21 files
7.76K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz.

Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

001391-sonli Guvohnoma asosida ish olib boriladi.
Download Telegram
🏸 Badmintonchilarimiz Respublikada uchinchi.

Joriy yilning 15-21 dekabr kunlari Toshkent shahrida sportning badminton turi bo'yicha (U-17) va (U-19) o'g'il va qiz bolalar o'rtasida O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi.

Respublikamizning barcha hududlaridan sportchilar ishtirok etgan musobaqada Sirdaryolik badmintonchilar 2 ta 1-o'rin, 4 ta 2-o'rin va 8 ta 3-o'rin jami 14 ta o'rinlarni qo'lga kiritishib umumjamoa hisobida 3-o'rinni egallashdi.

Ma'lumot uchun O'zbekiston kubogida:

-viloyat sportning o'yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabidan 12 nafar;

-Guliston olimpia va paralimpia sport turlariga tayyorlash markazidan 8 nafar;

-Xovos tumani 2-sonli sport maktabidan 1 nafar;

-Yangiyer shahar sport maktabidan 1 nafar sportchilar ishtirok etishdi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xovos tumani 1-sonli sport maktabida sportning Ushu turi bo‘yicha viloyat musobaqasi bo‘lib o‘tdi

⚡️ Unda, 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar qatnashdi. Yakunda barcha ishtirokchilarga "Yangi yil bayrami" munosabati bilan sovg‘alar tarqatilib, konsert dasturi tashkil etildi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤾 Sirdaryolik gandbolchilar oltin medalni qo'lga kiritishdi.

Qozog‘istonning Ostona shahrida gandbol bo‘yicha erkaklar jamoalari o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati g‘olib va sovrindorlar aniqlandi

Joriy yilning 14-21-dekabr kunlari tashkil etilgan musobaqada 7 ta - Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Pokiston va Mo‘g‘iliston terma jamoalari chempionlik uchun kurashdi.

Yakuniy sarhisoblarga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Markaziy Osiyo chempionatining g‘olibiga aylandi. Ikkinchi o‘rinni musobaqa mezboni – qozog‘istonlik gandbolchilar egallagan bo‘lsa, faxrli uchinchi o‘rinni pokistonliklar band etishdi.

E'tiborlisi terma jamoa tarkibida Sirdaryo tumanidan Sardor Elmuratov, Davron Bozorboyevlar ishtirok etishdi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥊 Qo’l jangi bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahrida Quroliy kuchlar xodimlari o’rtasida mamlakat chempionati bo’lib o’tdi. Musobaqada barcha viloyatlardan kuch tuzilmalarida faoliyat olib borayotgan xarbiy sportchilar ishtirok etishdi.

Chempionatda Sirdaryolik xarbiy sportchilar ham munosib ishtirok etishdi, jumladan Dostonbek Abdullajonov 96 kg vaznda 1-o’rinni, Bunyodbek Gumov 62 kg vaznda 3-o’rinni hamda Sabrina Radjabova 52 kg vaznda 3-o’rinni qo’lga kiritishdi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq Karimov Avazjon Qudratillayevich Sport vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Tayinlovga qadar Avazjon Karimov Sport vazirining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM