Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
7.03K subscribers
36.1K photos
2.93K videos
21 files
7.77K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz.

Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

001391-sonli Guvohnoma asosida ish olib boriladi.
Download Telegram
Sirdaryo viloyatining voleybol, og‘ir atletika, chim ustida hokkey turlari bo‘yicha federasiyalariga jamoatchilik asosida raislar saylandi

Xabaringiz bor 2024
-yilda Parij (Fransiya)da navbatdagi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan Hay’at yig‘ilishi davomida sportning voleybol, og‘ir atletika hamda chim ustida hokkey turlarini yanada rivojlantirish maqsadida ushbu federasiyalarga raislar saylandi.

Jumladan,


1. Voleybol federasiyasi raisligiga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Djabbarov Sanjar Bo‘ronovich;

2. Og‘ir atletika federasiyasi raisligiga viloyat hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ibadullayev Voxid Azizovich;

3. Chim ustida xokkey federasiyasi raisligiga viloyat Madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i Ismatov Bekzod Bazarbayevichlar saylanishdi.


Ma’lumot uchun mazkur rahbarlar federasiyalarda jamoatchilik asosida faoliyat yuritib, ushbu sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirishda ko‘maklashadi.

Bizning sahifalarimiz:
📲Telegram 📲Facebook
📲Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | “Parij-2024”: Olimpiada o‘yinlari boshlanishiga roppa rosa 1 yil qoldi

#26july #uzbekiston24

Bizning sahifalarimiz:
📲Telegram 📲Facebook
📲Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Guliston shahrida sport turlari rivojlanmoqda

Keyingi yillarda mahalla hududida kurash turlarini ommalashtirish, yosh polvonlarni kashf etish va qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Guliston shahar 1-sektor “Do'stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida ham milliy sport turlari tobora ommalashmoqda. Tosh ko‘tarish, arqon tortish, futbol, voleybol, basketbol, stritbol, workaut  kabi sport turlariga yoshlarda qiziqish katta.

Joriy yilning 26-iyul kuni, "Do'stlik" mahalla fuqarolar yig'ini faollari, Guliston shahar sport maktabi, Yoshlar ishlari Guliston shahar bo'limi va mahallaning sportga hamnafas sahovatpesha fuqarolari tomonidan mahallada sportning erkin kurash turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada viloyatning barcha tumanlaridan kelgan yosh sportchilar ishtirok etdi.
Keskin va shiddatli o'tgan musobaqa natijasiga ko'ra aniqlangan g'oliblar tashkilotchilar tomonidan medal va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.  

Bizning sahifalarimiz:
📲Telegram 📲Facebook
📲Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarni sport to‘garaklariga necha yoshdan bergan ma’qul?(Sirdaryo viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tavsiyasi)

⚽️ Futbol - 10-11 yosh
🏀 Basketbol - 10-12 yosh
🏐 Voleybol - 10-12 yosh
🎾 Tennis - 7-9 yosh
🏃‍♂ Yengil atletika - 10-12 yosh
🏒 Xokkey - 10-11 yosh
🏓 Stol tennis - 7-9 yosh
🚴 Velosport - 12-13 yosh
🤽 Suv polosi  - 10-12 yosh
🥊 Boks - 12-14 yosh
🏸 Badminton - 10-12 yosh
Shaxmat - 9-12 yosh
🏊‍♀ Suzish - 7-8 yosh
🏋 Og‘ir atletika - 13 yosh
🤸 Sport gimnastikasi
      -o‘g‘il bolalar 8-9 yosh
     -qiz bolalar 7-8 yosh
🤼 Kurash (barcha turi) - 10-12 yosh

Yaqinlarizga ham ulashing...

Bizning sahifalarimiz:
📲Telegram 📲Facebook
📲Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ–201-son qarori bilan tasdiqlangan Mahallalarda yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 5-bandida 🖐 doirasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan mahalla terma jamoalari sport maydonchalarini qurilishi belgilangan.

Bugungi kunda ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Sirdaryo viloyatida ham “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumida g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan mahalla terma jamoalari uchun sport maydonchalarini qurish ishlari boshlanganligi to'g'risida xabar bergan edik.


Sirdaryo viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Anvar Bo'ronov Xovos tumani Istiqlol, Paxtakor hamda Guliston shahar Ibratli va Do'stlik mahallalarida barpo etilayotgan Universal sport maydonchalarini qurilishi tugallangan va foydalanishga topshirilgan sport maydonchalari bilan tanishib chiqdi.

Bizning sahifalarimiz:
📲Telegram 📲Facebook
📲Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM