Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
7.37K subscribers
35.8K photos
2.91K videos
21 files
7.68K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz.

Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

001391-sonli Guvohnoma asosida ish olib boriladi.
Download Telegram
#jarayon #shashka #sirdaryo #guliston #Bliga #beshtashabbusolimpiadasi #taqdirlash

“Besh tashabbus olimpiadasi”: Gulistonda shashka bo‘yicha Respublika B liga final bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Guliston shahri mezbonlik qilgan shashka bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Respublika final bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

Shahardagi "Yoshlar markazi" binosida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yoshlar siyosati va sport vaziri o'rinbosari Durdona Rahimova, viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, O‘zbekiston shashka federatsiyasi raisi, Osiyo va Xalqaro federatsiya vitse-prezidenti Yunus Aminjonov shuningdek, bir qator rasmiylar ishtirok etdi.


🇺🇿 sirdaryosport
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 |
«Besh tashabbus olimpiadasi»: Shashka musobaqalari
#18june #uzbekiston24

🇺🇿 sirdaryosport
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Besh tashabbus olimpiadasi»: Shashka musobaqalari videorolik

🇺🇿 sirdaryosport
#live #sirdaryo #stritbol #beshtashabbusolimpiadasi #respublikabosqichi

Ayni vaqtda Guliston temir yo‘l vokzalida bir guruh sportchi yoshlar kutib olindi

Guliston temir yo‘l vokzalida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida 19-22 iyun kunlari Sirdaryo viloyati mezbonligida bo‘lib o‘tadigan S liga sportning Stritbol turi bo‘yicha respublika bosqichida ishtirok etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yoshlari yetib kelishdi.

Bizni kuzatishda davom eting...


🇺🇿 sirdaryosport
Para akademik eshkak eshuvchilarimiz ayni damda Italiyaning Varese shahrida Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi Jahon kubogida ishtirok etishmoqda.

E’tiborlisi, bugun ushbu musobaqaning PR1M1X klassida erkaklar o‘rtasida yakkalik bellashuvlarida hamyurtimiz Sardoba tumanidan Holmurod Egamberdiyev marraga 3-bo‘lib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi jamoasi nomidan Holmurod Egamberdiyevni ushbu g'alaba bilan tabriklaymiz.

🇺🇿 sirdaryosport
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev Eronga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

🇺🇿 sirdaryosport
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 |

Sirdaryoda «Besh tashabbus paralimpiadasi»: shaxmat bo‘yicha musobaqalar

#15june #uzbekiston24

🇺🇿 sirdaryosport
#live

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida besh bosqichli "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning stritbol turi bo'yicha musobaqaning Respublika S liga bosqichiga start berildi.

Musobaqani Sirdaryo viloyati hokimi o'rinbosari Shavkat Zayniddinov, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi mas'ul xodimi Azizjon Xodjiyev hamda Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Anvar Bo'ronovlar ochib berishdi.

Shundan so‘ng 3 ta yosh toifasi (16-21, 22-26, 27-30)da qur'a tashlash jarayoni bo‘lib o‘tdi va unda ishtirokchilar o‘z raqiblarini bilib olishdi.

Ishtirokchilar qur'a bo‘yicha ishtiroklarini boshlashdi.

Voqealar rivojini biz bilan kuzatishda davom eting...

🇺🇿 sirdaryosport