Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
4.92K subscribers
40.8K photos
3.25K videos
21 files
8.88K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz
Download Telegram
#live #viloyathokimikubogi #minifutbol

Sirdaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan joriy yilning yanvar oyidan boshlab Mahalla yoshlari o'rtasida sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi hamda strit bol turlari bo'yicha viloyat hokimi kubogi o'tkazib kelinmoqda.

Bugun sportning Mini futbol turi bo'yicha viloyat final bosqichi Yangiyer shahrida bo'lib o'tmoqda.

🔹 sirdaryoyoshlari
#live #viloyathokimikubogi #Stoltennisi

Sirdaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan joriy yilning yanvar oyidan boshlab Mahalla yoshlari o'rtasida sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi hamda strit bol turlari bo'yicha viloyat hokimi kubogi o'tkazib kelinmoqda.

Bugun sportning Stol tennisi turi bo'yicha viloyat final bosqichi Guliston shahrida bo'lib o'tmoqda.

@sirdaryosport
#SARDOBA_SPORT
Sardoba tumanida mahalla yoshlari o‘rtasidagi «DXX kubogi» musobaqalariga start berildi

Sardoba tumanida mahalla yoshlari o‘rtasida «DXX kubogi» musobaqalarining ochilish marosimi bayramona tarzda tashkil etildi.

Joriy yilning 28-aprel kuni Sardoba tumanining mahallalaridan shakllantirilgan futbol va mini futbol jamoalari ishtirokida qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Joriy yilgi musobaqa dasturiga qizlar jamoalari o‘rtasida ham futbol bahslarini o‘tkazish yangilik sifatida kiritildi.

DXX Sardoba tuman bo'limi, tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi hamda tuman sport maktabi hamkorligida tashkil etilgan sport tadbirida ishtirok etgan tuman sektor rahbarlari musobaqa yoshlarning doimiy sport bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, futbolni ommalashtirish, shuningdek, bular orasidan iqtidorlilarni aniqlash hamda qo‘llab-quvatlash maqsadida o‘tkazib kelinayotganini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tilashdi.
🔥 Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining jahon chempionatida qatnashadigan tarkibi bilan tanishing

Toshkent mezbonlik qiladigan boks boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionati startiga oz fursat qoldi. Terma jamoa murabbiylar shtabi 1-14-may kunlari oʻtadigan janglarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan bokschilar nomini eʼlon qildi. Kutilganidek, tarkibda Hasanboy Doʻsmatov, Bahodir Jalolov kabi Olimpiada chempionlarini uchratish mumkin. Toʻliq tarkib esa quyidagicha:

-48 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev
-51 kg: Hasanboy Doʻsmatov
-54 kg: Oybek Joʻrayev
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-60 kg: Mujbillo Tursunov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev
-71 kg: Saidjamshid Jafarov
-75 kg: Aʼloxon Abdullayev
-80 kg: Jasurbek Yoʻldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov

🔥 Состав сборной Узбекистана по боксу для участия в ЧМ Ташкент-2023

Уже через несколько дней в Ташкенте стартует чемпионат мира по боксу среди мужчин. Тренерский штаб Национальной сборной объявил имена мастеров кожаной перчатки, которые будут защищать честь страны в предстоящих важных состязаниях, которые пройдут с 1 по 14 мая. В числе тех, кто будет состязаться за чемпионский титул имеются и Олимпийские чемпионы Хасанбой Дусматов, Баходир Жалолов. Состав сборной Узбекистана:

-48 кг: Шодиёржон Меликузиев
-51 кг: Хасанбой Дусматов
-54 кг: Ойбек Джураев
-57 кг: Абдумалик Халаков
-60 кг: Мужбилло Турсунов
-63,5 кг: Руслан Абдуллаев
-67 кг: Асадхуджа Муйдинхуджаев
-71 кг: Саиджамшид Джафаров
-75 кг: Алохон Абдуллаев
-80 кг: Джасурбек Юлдошев
-86 кг: Шохджахон Абдуллаев
-92 кг: Лазизбек Мулложонов
+92 кг: Баходир Жалолов
⚡️Guliston tumanida mahalla yoshlari oʻrtasidagi "DXX kubogi" musobaqalariga start berildi

Guliston tumanida an'anaviy tarzda mahalla yoshlari oʻrtasida oʻtkazib kelinayotgan "DXX kubogi" musobaqalarining ochilish marosimi bayramona tarzda tashkil etildi.

Tumanning 26 ta mahallasidan shakllantirilgan futbol va mini futbol jamoalari ishtirokida qurʼa tashlash marosimi oʻtkazildi. Joriy yilgi musobaqa dasturiga qizlar jamoalari oʻrtasida ham futbol bahslarini oʻtkazish yangilik sifatida kiritildi.

DXX Guliston tumani bo‘linmasi, Guliston tumani hokimligi, Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tuman bo‘lim hamkorligida tashkil etilgan sport tadbirida ishtirok etgan tuman sektor rahbarlari musobaqa yoshlarning doimiy sport bilan shugʻullanishlari, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlilarni aniqlash hamda qoʻllab-quvatlash maqsadida oʻtkazib kelinayotganini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tilashdi.

📲@gulistontumanipress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺"Diyor уangiliklari"
🎥Sport yangiliklari
🗺Sirdaryo viloyati kubogi
💿LAVHA (28.04.2023)