Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
7.35K subscribers
35.8K photos
2.91K videos
21 files
7.69K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz.

Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

001391-sonli Guvohnoma asosida ish olib boriladi.
Download Telegram
Joriy yilning 11-aprel sanasidan Sirdaryo viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tashabbusi bilan tizimdagi barcha sport maktablari direktorlarining yashash xonadonlarida "Yangi Oʻzbekistonda, obod yashaylik" shiori ostida yangi loyiha oʻz ishini boshladi!

Loyihamizni Yangi yer shahar sport maktabi direktori Karimov Oybek davom ettirmoqda.

Vatan ostonadan boshlanadi.
Shunday ekan  xar bir rahbar shaxsiy namuna sifatida bugun ozodalik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishmoqda.

Barcha yoshlarni ushbu loyihaga chorlab qolamiz...

@sirdaryosport
#_Besh tashabbus olimpiadasi
#_1-mavsum
#_Mirzaobod tumani
#_Toshkent MFY
#_Mini futbol
#_Mahalla bosqichi

2023 yil 11-aprel kuni Mirzaobod tumani
Toshkent MFYda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11-apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora - tadbirlari to'g'risida"gi PQ-201 - sonli Qarori, shuningdek, mahalla yoshlari ortasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog'lom turmush tarzini keng targib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 67-maqsadida belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi 11-15 yoshli mahalla yoshlari o'rtasida "MINI FUTBOL" sport musobaqasining mahalla bosqichi bo'lib o`tdi. Tashkil etilgan musobaqada mahalla yoshlari faol ishtirok etdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nogironligi bo'lgan yoshlar o'rtasida "Besh tashabbus paralimpiadasi”ga start berilmoqda.

Xabaringiz bor, o'tgan yildan boshlab mamlakatimizda ilk marotaba mahallalardagi 16-30 yosh nogironligi bo'lgan yoshlar o'rtasida "Besh tashabbus paralimpiadasi" sport musobaqalari o'tkazilib kelinmoqda.

🏆 Paralimpiada quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

• para yengil atletika;
• para shaxmat va shashka;
• para stol tennisi;
• kibersport bo‘yicha musobaqalarida ishtirok eting.

Arizalar beshtashabbus.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
#Shirin_shahar_sport_maktabi

Xabaringiz bor joriy yilni 2-15 aprel kunlari sportni akademik eshkak eshish turidan Tuya-Bo'g'iz suv omborida O'zbekiston chempionati musobaqasi bo'lib o'tmoqda. Bu musobaqada Shirin shahar sport maktabi trenerlari va shug'ullanuvchilar ham ishtirok etib viloyatimiz sha'nini munosib ximoya qilishmoqda. Jumladan:
Shirin shahar akademik eshkak eshish treneri Xolmirzayev Sh'aboz ushbu chempionatda munosib ishtirok etib kattalar o'rtasida M1x yo'nalishida va M2x yo'nalishida oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, LM2-yo'nalishida Azamov Abdumalik va Farmonqulov Abdukarim1-o'rin,
W4-yo'nalishida Sattarova Basima qizimiz ham 1-o'rin egallashdi. Eng quvonarlisi shundaki ushbu yosh sportchilarimiz o'zlarini yosh toifalarida ham va kattalar o'rtasida ham yana bir bor O'zbekiston chempioni bo'lishdi. Ushbu sportchilarimizga hamda ularni tayyorlagan trenerlarimizga keyingi faoliyatida ham zafarlar tilaymiz.

Shirin shahar sport maktabi.
#Sirdaryo_viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi
#Boyovut_tumani
#1-2-sonli sport maktabi
#Tinchlik_mahallasi
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
Sirdaryo viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi Besh tashabbus shtabi boshlig'i tomonidan Boyovut tumani Tinchlik MFY mahallasida joriy yilning 11-aprelida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida ''MINI FUTBOL'' musobaqasining mahalla bosqichi Besh tashabbus viloyat shtabi boshlig'i Q.Niyozov tomonidan tantanali ravishda ochib berildi. Ushbu musoboqada g'olib bo'lganlar sektor bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi, hamda Besh tashabbus olimpiadasi viloyat Shtab boshlig'i tomonidan estalik sovg'alar bilan taqdirladilar.
#Shirin_shahar_sport_maktabi
#Mini_futbol

Joriy yilning 11-aprel kuni Shirin shahar Farhod MFYdagi 2-maktabda 5 tashabbus olimpiadasi doirasida sportning mini futbol turidan mahalla bosqichi musobaqasi bo'lib o'tdi. Tegishli yosh toifalarda g'olib bo'lgan yoshlar musobaqaning keyingi bosqichiga yo'l olishdi.

Shirin shahar sport maktabi.