Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
7.33K subscribers
35.9K photos
2.92K videos
21 files
7.74K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz.

Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

001391-sonli Guvohnoma asosida ish olib boriladi.
Download Telegram
#sayxunobodsportmaktabi
#voleybol

2023-yil 5-mart kuni Sayxunobod tumani sport maktabida sportning voleybol turi bo‘yicha U-16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo viloyati voleybol federatsiyasi ijrochi direktori Shohjahon Tojiboyov va Sayxunobod IIB o‘rinbosari mayor Shodmonov Otabek hamda Sirdaryo viloyati voleybol federatsiyasi ijrochi direktor kotibi Xidirov Ziyodullo sportchilarga kelayotgan bayram bilan samimiy tabriklab a'lo kayfiyat bilan musobaqani ochib berdilar.

Ushbu viloyat chempionatida quyidagi natijalar qayt etildi.

🥇o‘rin Sardoba tumani
🥈o‘rin Boyovut tumani
🥉o‘rin Sayxunobod tumani

Joriy yilning 23-29 mart kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadigan U-16 yoshgacha bo‘lgan o‘smir qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida munosib ishtirok etish maqsadida iqtidorli sportchilar saralab olinib viloyat terma jamoasi shaklantirildi.

🌐sport maktabi
🌐sayxunobod yangiliklari
🌐tiktok
🌐facebook
🌐instagram
▶️youtube
2023-yil 5-7 mart kunlari Sirdaryo tumanida Boks bo‘yicha 2007-2008, 2009-2010, 2011-2012, 2013-2014 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Sirdaryo tuman ochiq birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur musobaqada Sayxunobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchilari ham munosib ishtirok etib quyidagilar natijalarga erishdilar.
Jumladan:
🥇O‘ktamov Shoxrux
🥇Bozorboyev Behruz
🥇Ulug‘murodov Abdurahmon
🥇Ulug‘murodov Abdurahim
🥈Isroilov Dilshod
🥈Yoʻldoshev Muxriddin
🥉Shirinov Elbek
🥉Jumaboyev Niyatbek
🥉Hakimov Elshod
(Barchasi Olg‘abos mahallasidan)

🌐Trener: BEKMURODOV Elyor

🌐sport maktabi
🌐sayxunobod yangiliklari
🌐tiktok
🌐facebook
🌐instagram
▶️youtube
Viloyatimiz dzyudochilari xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida
Joriy yilning 3-5-mart kunlari Toshkent shahrida kattalar o‘rtasida “Katta dubulg‘a” turkumidagi xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqadan so‘ng Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida 6-10-mart kunlari xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilmoqda.
Viloyatimiz terma jamoa bosh terneri Nodira Gulova 8 nafar sportchi bilan ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.
#Sirdaryo_viloyati
#Boyovut_tumani
#besh_tashabbus_olimpiadasi
   Joriy yilning 6-mart kuni Boyovut tuman 22-sonli umumtaʼlim maktabi sport zalida  O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Boyovut tuman Xalq ta'limi bo'limi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi Boyovut tuman bo'limi va sport maktablari bilan hamkorlikda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida xalq ta'limi muassasa (maktab)lari o'qituvchilari o'rtasida "Sog'lom tanda-sifatli ta'lim"  shiori ostida  Kasaba uyushmasi kubogi sport musoboqasi tumandagi barcha 3-sektor bosqichi tashkil etildi.
Сирдарёда қўл жанги бўйича “Сирдарё вилояти ҳокими кубоги” бўлиб ўтди.
Гулистон шаҳридаги “Алпомиш” спорт мажмуасида вилоят ҳокимлиги, Миллий гвардия бошқармаси, Ёшлар сиёсати ва спорт бош бошқармаси ҳамда қўл жанги федерацияси билан ҳамкорликда Сирдарё вилоятининг 60 йиллиги муносабати билан куч тузилмалари, профессионаллар ва ёшлар ўртасида спортнинг қўл жанги тури бўйича “Сирдарё вилояти ҳокими кубоги” мусобақаси ташкил этилди. 50 нафарга яқин иштирокчилар 9 та вазн тоифаси ғолиблик учун беллашишди. Мусобақалар якунига кўра умумжамоа ҳисобида 1-ўрин Давлат хавфсизлик хизмати бошқармасига, 2-ўрин Миллий гвардия бошқармасига ва 3-ўрин Ички ишлар бошқармасига насиб этди.