Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
5.84K subscribers
36.7K photos
2.97K videos
21 files
7.96K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz.

Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

001391-sonli Guvohnoma asosida ish olib boriladi.
Download Telegram
#Xovos_tumani
#Viloyat_kubogi
#Voleybol

🏐 Joriy yilning 15-fevral kuni Xovos tumani 1-son Sport maktabida "VILOYAT KUBOGI" doirasida sportning "Voleybol" turi bo‘yicha musobaqalarning tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️ Ushbu musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi yoshlar, musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev erkin kurash sport turi bo‘yicha Xalqaro musobaqa g‘olibi, boyovutlik Daler Chulibayev xonadonida bo‘ldi.

Joriy yilning 1-7 fevral kunlari Turkiyada yoshlar va kattalar o‘rtasida sportning erkin kurash turi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 9 ta medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Ushbu musobaqada Daler Chulibayev 79 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda oltin medal sohibiga aylandi.
#voleybol 🏐🏐🏐

Joriy yilning 15-fevral kuni Shirin shahrida sportning voleybol turidan "Viloyat Hokimi KUBOGI" shahar bosqichi musobaqasi bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada jami 144 nafar shundan 72 qizlar ishtirok etishdi. Qizg'in davom etgan musobaqada quyidagi yosh toifalardaga MFY yoshlari viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

16-21 yosh o'g'il bolalar o'rtasida:
Mirzo Ulug'bek MFY,
qizlar o'rtasida
Amir Temur MFY.

22-26 yosh o'g'il bolalar o'rtasida
Farhod MFY,
qizlar o'rtasida
Do'stlik MFY.

27- 30 yosh o'g'il bolalar o'rtasida
Vatanparvar MFY
qizlar o'rtasida
Bunyodkor MFY.

Ushbu jamoalarga keyingi bosqichlarda ham omad tilaymiz.

Shirin shahar sport maktabi.
#sayxunobod
#hokimkubogi
#tumanbosqichi
#voleybol

2023-yil 15-fevral kuni Sayxunobod tumani sport maktabida "voleybol" bo‘yicha mahallalardagi 16-30 yoshgacha bo‘lgan bandligi ta'minlanmagan yoshlar o‘rtasida "Viloyat hokim kubogi"ning tuman bosqich musobaqasi o‘tkazildi.

Unga ko‘ra quyidagi yosh toifalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

16-21 yosh
🥇-Paymard MFY
🥈-Nurobod MFY
🥉-Do‘stlik MFY

22-26 yosh
🥇-Baxmalsoy MFY
🥈-Nurobod MFY
🥉-Paxtakon MFY

27-30 yosh
🥇-Shodlik MFY
🥈-Baxmalsoy MFY
🥉-Yangi xayot MFY

Qizlar o‘rtasida:

16-21 yosh
🥇-O‘zbekiston MFY
🥈-Guliston MFY
🥉-Nurobod MFY

22-26 yosh
🥇-Turon MFY
🥈-Nurobod MFY
🥉-Paymard MFY

Faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

1-o‘rinni egallagan mahalla jamoalari keyingi bosqichga yo‘l olgan holda viloyat final raundida tuman va mahallasi sha'nini himoya qiladilar.

Sport maktabi telegram kanali
Sayxunobod yangiliklari
#boyovutsportmaktabi
#Viloyat_kubogi
#Voleybol

🏐 Joriy yilning 15-fevral kuni Boyovut tumani 1-son Sport maktabida "VILOYAT KUBOGI" doirasida sportning "Voleybol" turi bo‘yicha musobaqalarning tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️ Ushbu musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi yoshlar, musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.