Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi
8.16K subscribers
21K photos
2.26K videos
69 files
6.2K links
🇺🇿 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi

• Murojaat yo'llash uchun:
@sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot
Download Telegram
#imtihon_natijalari
#ikkinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

🌐Imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida e'lon qilindi:
https://www.cambridgeinternational.org/July-2024-test-results-presidential-schools-admissions/


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#ijod_yoshlari
#tanlov
#ikkinchi_bosqich

❗️"IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Joriy yilning 6–7-may kunlari "Ijod yoshlari" tanlovining viloyat bosqichi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida boʻlib oʻtadi.

🌐 Tanlovning tuman (shahar) bosqichi natijalari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

🗣Viloyat bosqichida tanlovning tuman (shahar) bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrinni egallagan 4-, 5-, 6-sinf oʻquvchilari ishtirok etadi.

⬇️ Ruxsatnomani mazkur havola orqali yuklab olish mumkin.

Ruxsatnomada viloyat bosqichi oʻtkaziladigan manzil hamda vaqti koʻrsatilgan boʻladi.

‼️ Talabgor tanlovga ruxsatnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishi shart!

Tanlovning viloyat bosqichi ikki yo‘nalishda (ijodiy matn va ijodiy suhbat) o‘tkaziladi:

📌 “Ijodiy matn”
O‘quvchilarga bir xil tartibdagi qisqa videorolik ikki marta qo‘yib beriladi. Videorolik mazmuniga mos ijodiy matn yaratishi talab etiladi. Bunda ijodiy matn, hikoya, she’r, esse shaklida bo‘lishi mumkin.

Ijodiy matn yaratish uchun o‘quvchilarga 60 daqiqa vaqt beriladi.


📌 “Ijodiy suhbat”
Bunda o‘quvchi suhbat biletlari asosida sinovdan o‘tkaziladi. O‘quvchining biletda aks etgan savol mohiyatini qay darajada tushunishi, savol tegishli bo‘lgan asar voqealariga tanqidiy-tahliliy yondasha olishi, badiiy asar yuzasidan o‘z kreativ fikriga ega ekanligi, savol tegishli bo‘lgan asardagi badiiy tasvir vositalarini anglay bilishi sinaladi.

Ijodiy suhbat uchun har bir o‘quvchiga 5 daqiqa vaqt ajratiladi, tayyorgarlik uchun 1 daqiqa vaqt olishi mumkin.


❗️Oʻquvchilarning natijalari teng kelib qolgan taqdirda hakamlar hayʼati tomonidan qoʻshimcha savollar beriladi.

💫 Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf o‘quvchilari navbatdagi o‘quv yilida tanlovda ishtirok etgan ijod maktablariga belgilangan qabul parametrlari doirasida imtihonsiz qabul qilinadi.

📍 Tanlovda g‘oliblikni qoʻlga kiritgan 4–5-sinf o‘quvchilari 6-sinfda o‘qiyotgan yili tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3