Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi
11.6K subscribers
15.3K photos
1.46K videos
45 files
4.25K links
🇺🇿 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi

• Murojaat yo'llash uchun:
@sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot
Download Telegram
🔰10-aprel buyuk yozuvchi ABDULLA QODIRIY tavallud topgan kun.

Abdulla Qodiriy-yozuvchi, shoir, tarjimon, dramaturg, o'zbek romanchiligining asoschisidir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰"Zahiriddin Muhammad Bobur va Abdulla Qodiriy bir-biriga ruhan yaqin shaxslar..."

Bahodir Karim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biror ijodkorni JADID deyishning qanday shartlari bor?

⚡️⚡️Abdulla Qodiriy-jadid taraqqiyparvarlari orasida edi.

🔖Hurmatli ustozlar!
Siz bizga maktabingiz kutubxonasida mavjud "Jadidlar to'plami" asosida olib borilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlaringiz haqida ma'lumotlar yuborishingiz mumkin. Biz ularni Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy sahifalarida, albatta, yoritamiz.


Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati
Telegram/Facebook/YouTube/Instagram
#Amir_Temur_687_yil
#Sohibqiron

📚 Sirdaryo tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limiga qarashli 6-umumta'lim maktabi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlariga qarashli 9252-sonli harbiy qism va Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Sirdaryo tumani bo‘linmasi bilan hamkorlikda 9-aprel Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan "Biz Amir Temur avlodlarimiz " shiori ostida "Sohibqiron" va "Jahongir" jamoalari ishtirokida intellektual bahs tashkil etildi.

Maktab o'quvchilari shartlar asosida o'zaro bellashdilar. Tadbirda Amir Temur hayotini yorituvchi sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Tadbir yakunida g'oliblar aniqlanib, tashakkurnoma hamda sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education ta'lim platformasi bosh direktori Jefri Alfonso boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida vazirlik faoliyati hamda Alef education haqida ikki tomonlama taqdimotlar bo’lib o’tdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar o’zaro hamkorlik, xususan Alef ta'lim platformasini O'zbekiston sharoitiga moslashtirish rejalari kabi masalalarni muhokama qilishdi.

✔️ Ta’kidlash joiz, Alef education ta’lim platformasi:

🔹 O‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹 аniq va tabiiy fanlar, shuningdek xorijiy tillar yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma hisoblanadi.

❗️ Uchrashuv doirasida mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent shahridagi Prezident va Olmazor tuman 22-sonli umumta'lim maktablari bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.

📆 Ma’lumot o’rnida, Alef ta'lim platformasi rahbariyati bilan uchrashuvlar 12-aprelga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram