Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi
8.05K subscribers
21.3K photos
2.32K videos
70 files
6.33K links
🇺🇿 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi

• Murojaat yo'llash uchun:
@sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot
Download Telegram
Sirdaryoda vazir o’rinbosari ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o'rinbosari Farhod Boqiyev Sirdaryo viloyatida soha vakillari bilan uchrashdi.

Sirdaryo tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda tuman hokimi o'rinbosari, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i, tuman maktabgacha va maktab ta'limi boshlig'i va apparat xodimlari, Sirdaryo tumani maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuvda:

yangi o‘quv yilida ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar,
yoshlarning ma’naviy-axloqiy tafakkurini shakllantirish,
iqtidorli o‘quvchilar bilan tizimli ishlarni tashkil etish,
o‘quvchilarning davomati bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama etildi.

⚡️Undan so'ng, vazir o'rinbosari Farhod Boqiyev Sirdaryo tumanida joylashgan Respublika o'g'il bolalar o'quv-tarbiya muassasasiga bordi. Maktab ma'muriyati bilan uchrashdi va ularning shart-sharoitlarini bilan tanishdi. O'quvchilar bilan suhbatlashdi.

📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇
💬 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 YouTube  | 🌐 Instagra
👍2
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari

PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?

Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi.

1-bosqich kirish imtihonlari — matematika fanidan jami 30 ta topshiriqdan iborat test shaklida o‘tkaziladi.

Masalalar murakkablik darajasiga qarab uch toifaga bo‘linadi:
1) 10 ta yengil darajadagi savollar (A toifa);
2) 10 ta o‘rtacha darajadagi savollar (B toifa);
3) 10 ta murakkab darajadagi savollar (C toifa).

Eslatma, 1-bosqich imtihonlarida talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍2
#imtihon_2024
#prezident_maktabi

📣📣📣📣📣

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR UCHUN ESLATMA!

📌 Imtihonga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi;
https://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma.

🗣Imtihonlar 2 smenada – 08:00, 12:00da bo‘lib o‘tadi.

Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi:

tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va https://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelgan talabgorlar;
imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar.

✔️ Talabgor imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelishi shart.

📍Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#musobaqa

🤾‍♂️Avval xabar berganimizdek, “Yoshlik sport jamoalari” sport musobaqasining gandbol (o‘smir va qizlar) turidan Respublika bosqichiga Sirdaryo viloyati mezbonlik qildi.

2024 - yil 4-6 iyul kunlari Guliston shahar Olimpiya va paralimpiya turlariga tayyorlash markazi sport inshootida maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim maktab 8-10-sinf o'quvchilari o'rtasida sportning gandbol turi bo'yicha "Yoshlik sport jamoalari" musobaqalarinining Respublika bosqichi viloyat “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati mintaqaviy bo'limi tomonidan maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda viloyat gandbol federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkillashtirilib yuqori saviyada o'tkazildi.


Musobaqaga barcha viloyatlardan sportchilar tashrif buyurdi.
▪️Musobaqalarning final o'yinlari natijalariga ko'ra o'smirlar o'rtasida faxrli 1-o'rinni Surxandaryo, 2-o'rinni Toshkent va 3-o'rinni Sirdaryo viloyati sportchilari egallashdi.
▪️Qizlar o'rtasida 1-o'rinni Xorazm, 2-o'rinni Sirdaryo va 3-o'rinni Navoiy viloyatlari jamoalari egalladilar.
G'olib jamoalar O'zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengash tomonidan 1-2-3-darajali diplomlar, medallar va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇
💬 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 YouTube  | 🌐 Instagra
👍8🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#musobaqa
#videolavha

🎞🎥Sirdaryo viloyati mezbonlik qilgan “Yoshlik sport jamoalari” sport musobaqasining gandbol (o‘smir va qizlar) turidan Respublika bosqichidan videolavhalar.

📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇
💬 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 YouTube  | 🌐 Instagra
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#qabul_3_kun
#statistika
#videolavha

Sirdaryo viloyatida joylashgan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish uchun topshirilgan arizalar soni hududlar kesimida;

• Bayovut tuman Ixtisoslashtirilgan maktab -810
• Guliston shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab- internati - 885
• Guliston shahar 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internati -1010
• Guliston tuman Ixtisoslashtirilgan maktab-internati-485
• Mirzaobod tuman Ixtisoslashtirilgan maktab-328
• Oqoltin tuman Ixtisoslashtirilgan maktab- 451
• Sardoba tuman Ixtisoslashtirilgan maktab - 418
• Sayxunobod tuman Ixtisoslashtirilgan maktab- 605
• Shirin shahar Ixtisoslashtirilgan maktab -251
• Yangiyer shahar Ixtisoslashtirilgan maktab -424

Umumiy soni 5645 ta

📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇
💬 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 YouTube  | 🌐 Instagra
👍3
#imtihon
#qabul_2024
#Prezident_maktablari

⚡️ Prezident maktablariga kirish imtihonlari boshlandi.

🔰2024/2025-o'quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bo'lib, undan 62 062 tasi Prezident maktablariga to'g'ri keladi. Sirdaryo viloyatidan bir o'ringa 99 ta hujjat to'g'ri kelmoqda.

Ma'lumot o'rnida, 14 ta Prezident maktabining 5-sinfiga 336 nafar(har bir maktabga 24 nafardan) o'quvchi qabul qilinadi.



📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇
💬 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 YouTube  | 🌐 Instagra
👍2