Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi
9.14K subscribers
18.2K photos
1.81K videos
54 files
5.11K links
🇺🇿 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi

• Murojaat yo'llash uchun:
@sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot
Download Telegram
#Tayinlov

💼 Mirzaobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limiga rahbar tayinlandi


Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'i bilan - Zikrillayev Jamshid Axmadiyarovich Mirzaobod tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i etib tayinlandi.

Jamshid Zikrillayev tayinlovga qadar Mirzaobod tumani Xalq ta'lim bo'limi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Sirdaryo viloyati MMTB matbuot xizmati⬇️

Telegram /Facebook/YouTube/Instagram
#Мактабгача_таълим
#Сўраган_эдингиз

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi haqida ma'lumot bersangiz.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 256-son Qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra, to‘lov miqdorlari tashkilotning joylashgan manzili, ish rejimi va maktabgacha ta’lim tashkilotiga bir oiladan qatnovchi bolalar soniga qarab tabaqalashtirilgan.

❗️Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amalga oshiriladigan tabaqalashtirilgan to'lovlar bilan saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin: https://uzedu.uz/uz/news/996

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
PREZIDENT MAKTABIDA
TO'GARAKLAR


🏢Guliston shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari uchun turli xil to'garaklar mavjud bo'lib, ular muntazam olib boriladi. Maqsad- bolalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.

🌿Bir-biridan qiziqarli to'garak faoliyati, mana ikki yildirki, o'quvchi-yoshlarga sport va san'at, robototexnika sirlarini o'rgatib kelmoqda. Suzish, karate, shaxmat, kamondan o'q uzish, chavandozlik mashqlari kabi to'garaklar har bir bolaning  erkin fikrlay olishi, maqsadga erishishi va jamoat joylarda o'zini tutishi, asosiysi, jismoniy baquvvat bo'lishida muhim o'rin tutsa,  musiqa va xalqimizning eng munavvar qadriyati bo'lgan milliy raqs to'garagi esa, bolalar ijodkorligining oshishi, shakllanishi va rivojlanishi uchun muhimdir.

To'garak rahbarlarining eng asosiy vazifasi- shogirdlarining tashabbuskorligini oshirish va rivojlantirish, ularni hayotga tayyorlashdan iborat.


Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati
Telegram/Facebook/YouTube/Instagram
#zakovat

Maktab o'quvchilarining mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni intellektual o'yinlarga keng jalb qilish maqsadida umumtaʼlim maktablarida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🏢Sardoba tumanidagi 5-umumtaʼlim maktabida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan "ZAKOVAT" intellektual o'yini tashkil qilindi.

📚 🏆Tadbirda maktabning 8-9-10-11-sinf o'quvchilari faol ishtirok etishdi. Murosasiz kechgan bahsda 8-sinf "Bilimdonlar" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

💐Tadbir yakunida g'oliblar maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Telegram/Facebook/YouTube/Instagram
Maktab bitiruvchilari uchun nufuzli IT universitetlarining imkoniyatlari taqdim etiladi

🟢 Joriy yilning 12-aprel kuni soat 12:00da maktab bitiruvchilarini zamonaviy kasblar bilan tanishtirish maqsadida yurtimizdagi IT universitetlari vakillari bilan onlayn muloqot tashkil etiladi.

Unda IT sohasida kadrlar tayyorlovchi quyidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari tomonidan taqdimotlar qilinadi:

Yangi O‘zbekiston Universiteti;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
Toshkent shahridagi INHA universiteti;
Toshkent shahridagi Amiti universiteti;
Toshkent xalqaro taʼlim universiteti;
“IT Park University” universiteti

➡️ Taqdimotlar orqali mazkur universitetlardagi mavjud shart-sharoitlar, imkoniyatlar va kelgusida zamonaviy kasblarni egallash uchun yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin bo‘ladi.

Onlayn muloqotga quyidagi havola orqali kirish mumkin:
👉 https://www.youtube.com/@UzEdu1/streams


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️Bugun 11-aprel kuni Yo'l harakati havfsizligi, Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi, Turizm sportni rivojlantirish boshqarmalari xodimlari hamda avtobusda yo'lovchilarni tashish bo'yicha firma rahbarlari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi. Asosiy masala- o'quvchi-yoshlarning xavfsiz sayohatlarini tashkil etish, bolalarning yo'llarda harakatlanishi bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi, yo'l-transport hodisalarining oldini olish va havfsiz harakatlanish malakasini hosil qilishga qaratildi.

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.