Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi
11.7K subscribers
15.3K photos
1.45K videos
45 files
4.23K links
🇺🇿 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi

• Murojaat yo'llash uchun:
@sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Joriy yilning 15-yanvar kuni Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari M.Mamarasulov tomonidan Boyovut tumani 6-sonli umumta’lim maktabida ommaviy sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

➡️Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Boyovut tumanida o‘tkazilgan sayyor qabuli davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linmalariga va barcha tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlariga bir qator topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹 Telegram 🔹 Facebook 🔹 YouTube 🔹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

O‘QITUVCHILAR O‘RTASIDA RESPUBLIKA
OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA

📣Ilg֥‘or va tashabbuskor o‘qituvchilarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Kimyo va fizika fanlaridan O’qituvchilar o’rtasida Respublika olimpiadasi tashkil etilmoqda!

❗️Olimpiadada davlat va nodavlat ta’lim muassasalaridagi fizika hamda kimyo fani o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.

⭕️⭕️⭕️
Ishtirok etish istagida bo‘lganlar joriy yilning 1-fevraliga qadar ushbu elektron platforma orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish haqida videoyo‘riqnoma👈

📌Olimpiada hududiy va Respublika bosqichlarida tashkil etiladi.

💠Olimpiada yo‘riqnomasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

🎁G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

SHOSHILING!

Imkoniyatdan samarali foydalanish oʻz qoʻlingizda!

Barchangizni olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Ulkan maqsadlar qo‘ying va muvaffaqiyatlar sohibi bo‘ling!”

✔️ Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova Guliston shahrida "Yil ayoli" milliy ko'rik tanlov g'olibalari bo'lgan turli sohadagi ayollar bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Bu uchrashuvda Mirzaobod tumani 3-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Xolbo'tayeva Nargiza ham o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalari haqida so'zlab berdi.

➡️ Samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan suhbatda ayollar o‘zlari erishgan muvaffaqiyatlari, maqsadlari haqida o‘rtoqlashdilar.
➡️ Z.Mahkamova tomonidan har bir ayolning o‘zi tanlagan sohasida yutuqlari e’tirof etildi.

Muvaffaqiyatlar bardavom bo‘lishi yo‘lida iliq fikrlar, ezgu tilaklar bildirildi.


Bizning sahifalarimiz:
🔹 Telegram 🔹 Facebook 🔹 YouTube 🔹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Metodik_mahorat_soati

Joriy yilning 16-yanvar sanasida Sirdaryo viloyatining barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari (yetakchi pedagoglar ) tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlar malakasini oshirish maqsadida "Metodik mahorat soati" tadbirlari tashkil qilindi. O‘quv kurslarida viloyatdagi 204 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil qilinib, 208 nafar maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglari ishtirok etishmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
🔹 Telegram 🔹 Facebook 🔹 YouTube 🔹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM