Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi
11.4K subscribers
15.6K photos
1.48K videos
46 files
4.31K links
🇺🇿 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi

• Murojaat yo'llash uchun:
@sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot
Download Telegram
SIRDARYODA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

✔️Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hududlarda “Maktabgacha va maktab taʻlimi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish" mavzusida ochiq muloqot hamda seminarlar tashkil etilmoqda.

🔼Mazkur muloqotlarning navbatdagisi Sirdaryo viloyatida bo‘lib, unda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy-nazorat xizmati xodimi hamda boshqarma boshlig‘i o'rinbosari tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga kiruvchi barcha muassasalarida korrupsion holatlarni oldini olish, davlat haridlarida ochiqlikni ta’minlash, “Manfaatlar to’qnashuvi”ning salbiy oqibatlaridan tizim vakillarini ogoh etish va ta’lim xodimlarini “halollik vaksinasi” bilan vaksinalash kabi bir qator yo‘nalishlarda vazifalar belgilab berildi.

📌Muloqot davomida vazir vakili tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki lokal hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirilib, korrupsiya haqida xabar berishga moʻljallangan vazirlik va tizim tashkilotlari aloqa kanallari keng targʻib qilindi va korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari asosida tayyorlangan targʻibot materiallari, taqdimotlar xodimlarga mustaqil oʻqib oʻrganish uchun yetkazildi.

“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bogʻliq masalalar oʻrganilib, xodimlarga uslubiy tavsiyalar berildi.

‼️Shuningdek, ular tomonidan har bir xodim bilan yakka tartibda profilaktika tadbirlari oʻtkazilib, xodimlarda “halollik vaksinasi” immunitetini shakllantirish uchun ularni huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari, unga imkon berayotgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik maviudligi haqida rasman ogohlantirildi.

📈Ochiq muloqotda Sirdaryo viloyati Prokuraturasi ma'sul xodimi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakili ham ishtirok etib, ular tomonidan ta’lim sohasini shaffof va korrupsiyadan holi tizimga aylantirish yo‘lida hamkorlikni yanada yaxshilash zarurligi bildirildi.

🗣️Muloqot so’ngida ishtirokchilarga korrupsion harakatlarning ayanchli yakunlariga bag’ishlangan maxsus videoroliklar namoyish etilib, har bir ta’lim muassasa rahbari bilim dargohlarida halollik va shaffoflikni ta’minlash uchun ma’sul ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.

🎤Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kozi_ojiz_talabgorlar
#chet_tili
#aprobatsiya

Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ko‘zi ojiz fuqarolarga ham chet tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha teng imkoniyatlar yaratish maqsadida maxsus dastur ishlab chiqildi.

♻️ Bugun, 16-noyabr kuni barcha hududlarda bo‘lgani kabi Agentlikning Sirdaryo viloyati bo‘limida ham Ko‘zi ojizlar jamiyati tomonidan tavsiya etilgan 4 nafar ingliz tilini biladigan ko‘zi ojiz talabgorlar uchun maxsus dastur aprobatsiyadan o‘tkazildi.

🎧🎙Talabgorlar maxsus onlayn dasturda tinglab tushunish va gapirish bo‘limi bo‘yicha aprobatsiya imtihonini topshirishdi.

📝Aprobatsiya yakunida talabgorlarning fikri va takliflari yozib olindi va ularning takliflari asosida dastur yanada takomillashtiriladi.

👉 @bbasirdaryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiya
#videolavha

📖Sirdaryo maktabgacha va maktab ta'limi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari vazirlik mas'ullari ishtirokida muhokama etildi
#Yangiyer_shahar_IM
#Saralash_imtihonlari

🏢Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabda 2024-yil 16-noyabr kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan 5-sinf oʻquvchilarini STEM fanlarni Cambridge dasturida oʻqitish maqsadida saralash sinovlari tashkil etildi.

👨‍🎓Oʻquvchilar 1soat vaqt davomida matematika va ingliz tilidan test topshiriqlarni bajarishdi. Sinov yakunlariga koʻra 24 nafar oʻquvchilar saralab olindi.

📘 Saralab olingan oʻquvchilarga STEM fanlar ingliz tilida oʻqitiladi.
Oʻquvchilarga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ramzimiz_faxrimiz

Yangiyer shahar 3-sonli maktab
"HAVAS" bolalar xori tomonidan O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan "Bayrog'imiz-faxrimiz" mavzusida tayyorlagan Oʻzbekiston bayrogʻi qoʻshigʻi.