Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.14K photos
1.05K videos
18 files
4.96K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
▫️Rasmiy munosabat▫️

⚡️IJTIMOIY TARMOQLARDA AYLANAYOTGAN "10400 AQSH DOLLARI" HAQIDA ANIQROQ

Bugun kunning ikkinchi yarmida deyarli barcha ijtimoiy tarmoq kanallarida "Kadastr muhandisi 10.400 AQSh dollari bilan ushlandi" degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Aslida 10400 Aqsh dollarini kim olgan?

Demak, joriy yil 21 oktabr kuni fuqaro Sh.Ya. Toshkent viloyat IIBB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida "Ibroxim" ismli shaxs Yangiyo‘l tumani Xalqobod maxallasi hududidagi “U.Yusupov” nomli agrofirmaga qarashli 32 sotix yer maydonini jami 29.000 AQSh dollariga sotishligini va ushbu yer maydonini Yangiyo‘l tuman kadastr bo‘limida ishlovchi tanishi orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 2.400 AQSh dollari berish kerakligini, shundan "avans" sifatida oldindan kadastr xodimi 400 AQSh dollari va yer maydoni egasi "Ibroxim" ismli shaxs 10.000 AQSh dollari talab qilishayotganligini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida "Ibroxim" deya aytilayoigan fuqaro I.A kelishilgan summadan "avans" sifatida 10.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida, kadastr muhandisi esa 400 AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Lekin, ijtimoiy tarmoq sahifalar sarlavhalarida esa "kadastr muhandisi" iborasi birinchi planga qo‘yilib, 10.400 AQSh dollari olganligiga urg‘u berilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq egalaridan har bir ma’lumotni yaxshi o‘rgangan holda omma e’tiboriga havola etishlarini so‘rardik, zero birgina yuzaki o‘rganilgan xabar ortidan nafaqat bir insonning balki butun bir tashkilotning nomi qoralanayotganini anglash lozim.

📌 Biz bu rasmiy munosabat orqali xodim tomonidan qilingan noqonuniy harakatni oqlamoqchi emasmiz, aksincha qonun ustuvorligi ta’minlanishi tarafdorimiz. OAVlar va blogerlardan esa ma’lumotni noto‘g‘ri tarqatmasliklarini so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat

ЗАХИРАДАГИ ЕРНИНГ ЭГАСИ ЧИҚДИМИ?!

Ижтимоий тармоқларда ерини ундан тортиб олишаётганидан норози фуқаронинг мурожаати айрим муҳокамаларга ва тушунмовчиликларга сабаб бўлди.

‼️Аслини билмай туриб хулоса қилишга шошилманг!

БАТАФСИЛ БУ ЕРДА ЎҚИНГ👇
https://telegra.ph/Zahiradagi-erning-ehgasi-chi%D2%9Bdimi-02-21

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Joriy yilning 23-mart kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasiga murojaat bilan kelgan fuqaro mutasaddi rahbarlar tomonidan qabul qilinmaganidan shikoyat qilib murojaat yozib qoldirgan.

Ayni vaqtda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh ushbu murojaatni atroflicha o'rganib chiqishmoqda.

O'rganish natijalari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

➡️ “Zo‘r tv” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturida Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanidagi yer bilan bog'liq holat yuzasidan lavha efirga uzatildi.
Lavhada ko’tarilgan masalalar 🌟 Kadastr agentligi mas'ullari tomonidan o'rganildi.

📹 BATAFSIL VIDEODA

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Rasmiy munosabat

⚡️Kecha va bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Uyingizni kadastr hujjatlarini yo‘qotib qo‘yib arxivdan ham topa olmayotgan bo‘lsangiz siz uchun foydali tavsiya” mazmunidagi postda ayrim ma'lumotlar noto‘g‘ri ekanligi bo‘yicha Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi ogohlantirib, mazkur video orqali batafsil ma'lumotlarni taqdim etadi.

Shu o'rinda, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va faollaridan ommaga taqdim etayotgan ma’lumotlar huquqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishini, davriy o‘zgarish va yangilanishlarga mosligini tekshirib olishlarini so'rab qolamiz!

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM