Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: Yerni xususiylashtirish qanday toifadagi yerlarga amal qiladi?

Javob: Avvalo shuni aytishimiz kerak - qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.
Bular:
🔹Yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
🔹Xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari;
🔹Bo‘sh turgan yer uchastkalari.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#savol_javob #huquq #VMQ71

Savol:
Yerlarni xususiylashtirishdan nima foyda ?

Javob:
Xususiylashtirilgan yerlarni sotish, meros qilib qoldirish hamda sovg'a qilish imkoniyati;

Xususiylashtirilgan yer uchastkasini xususiy mulk qilib olish;

Xususiylashtirilgan yer uchastkasini kredit olish maqsadlarida garovga qo'yish imkoniyati;

Eng muhimi mulk huquqidagi yeringiz davlat va jamiyat ehtiyojlari yoki snos kabi maqsadlarda sizning roziligingizsiz olib qo'yilmaydi.

❗️Ha aytgancha agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yerni xususiylashtirish mumkin bo‘lmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#savol_javob #huquq

Savol:

- Tuman hokimi qaroriga asosan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 1 gektar yer maydonini 25 yil muddatga ijara huquqi asosida olganman. Shu yerimni xususiylashtirsam bo‘ladimi?

Javob:

- "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, yer uchastkalarini xususiylashtirish ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish orqali amalga oshiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#savol_javob #huquq

Savol:

Uyimni kadastr hujjatini qilganimdan so‘ng yana yoniga qo‘shimcha uy solganman. Bu holatda kadastr hujjatlarimga o'zgartirish kiritamanmi?

Javob:

Mazkur holatda kadastr hujjatlari tayyorlangan turar-joyingizda kelishilgan loyiha va belgilangan ruxsatnoma asosida qo‘shimcha qurilgan uy-joyni ham kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishingiz zarur bo‘ladi.

Bunda sizda mavjud kadastr pasportiga o‘zgartirish kiritilib, yangilab beriladi.

Kadastr xizmatlariga to‘lanadigan belgilangan xizmat haqi faqat qo‘shimcha qurilgan (kadastr hujjatida mavjud bo‘lmagan) binolarning maydonidan kelib chiqib hisoblanadi.

Undan so‘ng qo‘shimcha qurilgan binoni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#savol_javob #huquq

Savol:

- Tuman hokimi qaroriga asosan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 1 gektar yer maydonini 25 yil muddatga ijara huquqi asosida olganman. Shu yerimni xususiylashtirsam bo‘ladimi?

Javob:

- "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, yer uchastkalarini xususiylashtirish ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish orqali amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Menga tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tgan yer uchastkasida qo'shimcha yer bor. Shu qo‘shimcha yerni auksion savdosiga qo'ysa bo'ladimi?

✍️ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi 14.02.2022 yildagi 71-son qaroriga muvofiq, fuqarolar tomonidan egalik huquqi mavjud bo‘lgan yoki umumiy foydalanishdagi bo‘lgan yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish mumkin emas. Qonunchilikka ko‘ra, faqat qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda auksion savdolariga taqdim qilish mumkin.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_Javob

🪧 SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Qanday holatlarda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yig‘im
undirilmaydi ?

Javob: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyundagi 186-sonli qaroriga asosan quyidagi holatlarda ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlar va ular bo'yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishda to'lov amalga oshirilmaydi.

🔊 fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🔊 qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno);

🔊 qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hamda huquq boshqa shaxsga o‘tgan hollar bundan mustasno);

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob

SAVOL: Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yerga imorat qursa bo‘ladimi?

JAVOB:

‼️Yo'q, taqiqlanadi. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak .

▪️ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

▪️ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi, bundan yengil konstruksiyali issiqxonalar va sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

▪️ Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr