Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.21K photos
1.06K videos
18 files
5K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
☺️☺️☺️☺️☺️
Murojaatlar tahlili

📃 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil 1-31- avgust kunlari jami 7 442 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 126
Andijon viloyati - 181
Buxoro viloyati - 672
Samarqand viloyati - 452
Sirdaryo viloyati - 245
Surxondaryo viloyati - 736
Qashqadaryo viloyati - 660
Toshkent shahar - 1 046
Toshkent viloyati - 997
Navoiy viloyati - 134
Namangan viloyati - 138
Xorazm viloyati - 633
Jizzax viloyati - 299
Farg‘ona viloyati - 382
🌟 Davlat kadastrlari palatasi - 741

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

Manzilni belgilash yoxud manzil mavjudligining bekor qilinishi holatini aniqlash quyidagilar asosida amalga oshiriladi:

▫️ O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organlari tomonidan hududiy korxonalarga bepul asosda beriladigan shaharsozlik hujjatlari (ularning nusxalari);

▫️ huquqni belgilovchi hujjatlar — ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun;

▫️ ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlar;

▫️ boshqa ishonchli axborot.

Manzil mavjudligi bekor qilinganini aniqlash tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan ko‘chmas mulk obyektini buzish haqidagi qarori asosida amalga oshirilishi mumkin.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_xizmatlar #kadastr

📃 Turar-joy obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish uchun uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali ariza berish tartibini bilib oling.

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

2️⃣ Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

3️⃣ Ariza beruvchi to‘lovni amalga oshiradi;

4️⃣ Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko'rsatish muddati:

🌟 Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🏙 ko'p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🏠 yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

▶️ Xizmatdan foydalanish 👇

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #xalqaro_aloqalar

💠Jahon banki missiyasining “Shahar yerlari boshqaruvi hamda yashil infratuzilmani rivojlantirish masalalari” yuzasidan 🇺🇿O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda

🟢Joriy yilning 4-sentabr sanasida 🌟Kadastr agentligida Jahon bankining Yеvrора va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun bаrqаrоr rivojlanish bo'yicha mintaqaviy direktori Same Vahba boshchiligidagi missiya hamda Agentlik direktorining o'rinbosari M.Mirmaksudov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasi bo‘yicha bajarilgan ishlar va “Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish” istiqboldagi investitsiya loyihasi doirasida 2022-yildan buyon olib borilgan tayyorgarlik ishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

➡️Missiya a’zolarining loyihaga doir savollariga javob berildi.

😎Jahon banki missiyasi tomonidan yer islohoti, xususiylashtirish, raqamlashtirish masalalari milliy iqtisodiyot va fuqarolarning hayot sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil ekanligi ta’kidlandi.

😄Shuningdek, yer ma'murchiligi hamda kadastrni rivojlantirish yo'lida istiqboldagi hamkorlik rejalari bo‘yicha o‘zaro fikr va tavsiyalar almashildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️Davlatga tegishli suv havzalari tadbirkorlarga “E-auksion” orqali ijaraga beriladi ▫️

🇺🇿Hukumat qarori (441-son, 02.09.2023 y.) bilan Davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

◻️Nizomga ko‘ra, 2023-yil 1-oktabrdan davlatga tegishli suv havzalari foydalanish sharti bilan elektron savdo platformasida onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi.

◻️Suv havzasi (yer uchastkasi) kamida 10 yil muddatga, qo‘shimcha yana 10 yil muddatga uzaytirish huquqi bilan ochiq elektron onlayn-auksion savdosi orqali shartnoma asosida ijaraga beriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 sentabr kuni Yangi Toshkent shahrining Bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.

🏙 Yangi rejalashtirilayotgan loyihaga ko‘ra, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan 19 ming 720 gektar yer tanlab olingan. Birinchi bosqichda 2,5 ming gektarda 100 ming aholi uchun uy-joylar va infratuzilma obyektlari qurish rejalashtirilgan.

🟩 Loyihada yashillik, qulaylik va tejamkorlikka alohida e’tibor qaratilgan, faol iqtisodiyot va ijtimoiy hayot uyg‘unlashtirilgan, transport tarmoqlari poytaxtimiz bilan oqilona bog‘langan.

▫️ Batafsil ma’lumot: https://president.uz/uz/lists/view/6643

#DavKadastrPalata #Prezident #YangiToshkent

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sorovnoma

Ijtimoiy so'rovnoma.

1.Kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun qayerga murojaat qilish kerak?
2. Hovli joyingizga qo'shimcha qurilish qildingiz, sizningcha yangi qurilishni ham kadastr qilish kerakmi?
3. Kadastr xizmatlari uchun to'lovni qayerga amalga oshirish kerak?

🎞 Yuqoridagi savollarga fuqarolar hamda 🌟Kadastr agentligi mutaxassisi tomonidan berilgan javoblarni video orqali bilib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #Doktorantura

🌟Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" DUK 06.01.10-“Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi”, 11.00.06 – “Geodeziya. Kartografiya”, 11.00.07 – “Geoinformatika” ixtisosliklari bo'yicha 2024-yil uchun tanlov e'lon qiladi.

😄 Tayanch doktorantura (PhD)- 3 ta
😄 Stajyor-tadqiqotchi - 2 ta

📆 Qabul 2023-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha davom etadi.

📌 Talabgorlar: https://mininnovation.uz rasmiy sayti orqali ro'yxatdan o'tadilar.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika #Murojaatlar tahlili

📃 Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tuman(shahar) filiallariga aholidan 2023 yil avgust oyida kelib tushgan murojaatlar infografikasi bilan tanishishingiz mu’mkin. Ularni tumanlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

🔖Guliston shahar-15
🔖Guliston tumani-9
🔖Yangiyer shahar-8
🔖Boyovut tumani-15
🔖Sirdaryo tumani-9
🔖Mirzaobod tumani-8
🔖Sayxunobod tumani-20
🔖Sardoba tumani-7
🔖Xovos tumani-7
🔖Shirin shahar-2
🔖Oqoltin tumani-11
🔖Viloyat boshqarmasi-76


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
▫️Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi▫️

📊 Davlat kadastrlari palatasi
respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 1-31 - avgust, 2023-yil

▫️ Avgust oyi oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 64 445 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
#YER_NAZORATI

O'zboshimchalik bilan egallab olish holati aniqlandi.

🌟 Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Oqoltin tuman bo'limi inspektorlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida “Saxobat” MFY hududidan jami 0,0014 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, yengil tipdagi ko’chma savdo do’koni o’rnatib olganligi aniqlandi.

📝 Mazkur holat yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan fuqaroga tushuntirish ishlari olib borildi hamda 15 kun muddatda ixtiyoriy bartaraf etish boyicha rasman ogohlantirish berildi.

Na’tiyjada fuqaro tomonidan berilgan muddat ichida ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#kadastr #xususiylashtirish #infografika

🏘Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo’yicha 2416 ta murojaatlar kelib tushgan.

➡️ Batafsil: Infografikada.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
▫️Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasporti▫️

🌳 Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini olish va ularga bo‘lgan huquqlaringizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi:

▫️Murojaatlar
Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali qabul qilinadi.

💳 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 1 barobari va har bir gektar uchun BHMning 7 foizi.

Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 2 ish kuni.

📄
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #ijtimoiy_rolik #to_lovlar

🟢KADASTR XIZMATLARINI ONLAYN TO'LASH🟢

🌟Kadastr xizmatlari uchun to'lovlarni istalgan joyda turib 📲mobil dasturlar orqali to'lash imkoniyati mavjudligidan xabaringiz bormi?

📺 Mazkur video rolik orqali 5 ta qadam orqali to'lovlarni amalga oshirishni o'rganib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy-maʼrifat_soat

🏢Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari hamda uning tuman, shahar bo'limlari va filiallari xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etishdilar.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube