Sirdaryo Kadastr
1K subscribers
7.28K photos
1.07K videos
18 files
5.05K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
▫️Yer munosabatlarida▫️

🟦 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra Ko‘chmas mulk ob’ektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi quyidagicha.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti #narxlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#bilasizmi #kadastr_pasporti

❗️KADASTR PASPORTI RAD ETISH UCHUN ASOS BO‘LADIGAN HOLATLAR

🔸so‘rovnomada noto‘g‘ri maʼlumotlar ko‘rsatilishi;

🔸ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

🔸ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

🔸vakolatli organ tomonidan
kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi #kadastr_pasporti

⚡️KADASTR PASPORTI RASMIYLASHTIRILADI YOKI QAYTA RASMIYLASHTIRILADIGAN HOLATLAR

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida
kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Eslatma #Kadastr_pasporti

🧾 Kadastr pasportining shakllari quyidagilardan iborat:

🏢 Ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;
🏡 Yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;
🏭 Noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;
📝 Yer uchastkasining kadastr pasporti;
🏗 Qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti;

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube