Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
▫️Tizimdagi yo‘nalishlar tahlili▫️

🔷 Bugun, Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatida Palata raisi M.Valiyev boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Zoom platformasi orqali respublikamizning barcha hududlaridan ishtirok etgan boshqarma va filial rahbarlari bilan kun tartibidagi bir qancha masalalar ko‘rib chiqildi.

🔷 Yig‘ilishda dastavval, tizimdagi ijro intizomi, xodimlarning faoliyatdagi mas’uliyati, ishga mos ko'rinishda kiyinish va odob-ahloq qoidalariga rioya etish masalalari tahlil etildi.

🔷 Shuningdek:
▫️UzKAD dasturida suv obyektlarini hisobga olish jarayonlari;
▫️Bo‘sh yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish va ko‘chmas mulk ob’ektlarini xususiylashtirishga kelgan murojaatlar tahlili;
▫️korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan qilingan ishlar hisoboti va takliflar tinglandi.

#DavKadastrPalata #yo_nalishlar_tahlili

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
⚡️Yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklar uchun 1306 ta ma‘muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib chiqildi

🔰Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 01.01.2022 yildan 31.05.2022 yilga qadar 822 ta ma‘muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib chiqildi.

📌Jumladan, Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 2-qismi bilan 14 ta, 60-moddasi 3-qismi bilan 8 ta, 60¹-modda bilan 1 ta, 68-modda 1-qismi bilan 492 ta, 68-modda 2-qismi bilan 1 ta, 68¹-modda bilan 306 tani tashkil etadi.

📄Ko‘rib chiqilgan ma‘muriy ishlar bo‘yicha 1 milliard 654 million 900 ming so‘m ma‘muriy jarimalar qo‘llanildi.

📋Qo‘llanilgan jarimalarning 563 million so‘mi undirgan bo‘lsa undirilmay qolgan jarimalar bo‘yicha maʼlumotlar Majburiy ijro byurosiga yuborildi.

♻️Shuningdek 371 ta holatda 60-modda 2 qismi bilan qo‘llanilgan ma‘muriy huquqbuzarlik huquqbuzarlar tomonidan bartaraf etilganligi uchun, MJtKning 271-moddasi bilan tugatilib, egallab olingan yer maydonlari tuman zaxirasiga qaytarildi.
#huquqiy_bilim #VMQ_535_son

⚡️ QUYIDAGI HOLLARDA KADASTR PASPORTINI RASMIYLASHITIRISH BEPUL AMALGA OSHIRILADI

🔹 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🔹 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🔹 kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

🔹 Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.09.2020 yildagi 535-son

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Texnogen xavfi yuqori bo'lgan obyektlar▫️

🌋 Davlat kadastrlari palatasi Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🏜 Mazkur maʼlumotda siz, Texnogen xavfi yuqori bo'lgan obyektlar joriy yil yanvar-may holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #davlat_kadastrlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Kadastr #davlatxizmatlari #interaktivxizmatlar

HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

📌O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining quyidagi xizmatlaridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali www.my.gov.uz orqali foydalanishingiz mumkin:

🔹1. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

🔹2.Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹3. Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🔹4.Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga qarorni olish;

🔹5.Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;

🔹6.Ko‘chmas mulkni hadya etish yoki ayirboshlash hamda oldi-sotdi bo‘yicha murojaat yo‘llash;

🔹7.Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹8.Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹9.O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🔹10.Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (Yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);

🔹11.Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;

🔹12.Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🔹13.Kadastr obyektiga ta'qiqni tekshirish;

Shuningdek “Elektron litsenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

🔶Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga litsenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish🔹

⚜️ Ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning tartiblari qanday?

⚜️ Sizga, mazkur tartibni tushuntirish orqali Davlat kadastrlari palatasining asosiy yo‘nalishi kechagi kuni va buguni - tizimda faoliyat yuritayotganlar, sohadagi o‘zgarishlar haqida ham so‘z yuritamiz. (1-qism)

▪️Davomi ertaga

#DavKadastrPalata #reportaj #davlat_ro_yxatidan_o_tkazish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: Bilasizmi yer uchastkasi bo‘linadigan va bo‘linmaydigan bo‘lishi mumkin.

Javob: 🔹O‘zining asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan va yong‘inga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda qismlarga bo‘lish mumkin bo‘lgan va bu ish amalga oshirilganidan keyin hosil bo‘lgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi mumkin bo‘lgan yer uchastkasi bo‘linadigan yer uchastkasi hisoblanadi.

🔹Foydalanish maqsadiga ko‘ra mustaqil yer uchastkalariga bo‘linishi mumkin bo‘lmagan yer uchastkasi bo‘linmaydigan yer uchastkasi hisoblanadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: Yer uchastkasini bo‘lishni imkoniyati bo‘lmasa nima qilinadi?

Javob: Yer uchastkasini YER KODEKSI 10-moddasining 5-qismiga asosan bo‘lishning imkoniyati bo‘lmasa, bunday yer bir necha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan birgalikda egalik qilinadigan va foydalaniladigan yer uchastkasi deb eʼtirof etiladi, bu hol ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning va ularga doir bitimlarning davlat reyestrida aks ettiriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Йиғилишда ой якуни билан 25 мингта ер участкаларини сервис ва савдо объектлари учун аукционга чиқариш шартлиги кўрсатиб ўтилди.

Масалан, Олтиариқ тумани сўнгги икки ойда 1,6 мингта ер участкасини аукционга чиқарди.

Бунинг учун туман ишчи гуруҳи тадбиркорлар билан учрашиб, улар учун мақбул бўш ер участкаларини ажратиб олган, хусусий лойиҳа ташкилотларини жалб қилиб, топографик хариталарни ишлаб чиққан, аукционга чиқариш учун 15 та идора билан 7-10 кунда келишилган.

Президент бу тажрибани барча туман ва шаҳарларда жорий қилиш кераклигини таъкидлади.

Эндиликда:

- ерларни аукционга чиқариш жараёнлари ижарада48 кундан 15 кунга, мулк ҳуқуқида74 кундан 20 кунга қисқартирилади;

- ер майдонларини баҳолаш экспертизадан ўтказилмайди, ҳақиқий баҳоси аукционда аниқланади;

- 2023 йил 1 январдан бошлаб ерларни аукционга чиқаришда кадастр идораларида бор маълумотларни бошқа идоралар билан келишиш тартиби бекор қилинади.

Бунда, жавобгарлик кадастрга маълумот тақдим этмаган идора раҳбарига юкланади.
Йиғилишда Кадастр агентлигига йил якунигача 20 та вазирликнинг кадастр маълумотларини Миллий геоахборот тизимига тўлиқ киритиш топширилди.

1 сентябрга қадар 205 та туман ва шаҳарда 253 та махсус савдо ва хизмат кўрсатиш кўчаларини ташкил этиш режа қилинган.

Ушбу мақсадлар учун ўтган йили республика бюджетидан
1,4 триллион сўм, жорий йилда эса 900 миллиард сўм ажратилди.

Масалан, Жиззах шаҳри “Жиззахлик” маҳалласидаги боши берк кўча Шароф Рашидов марказий кўчасига боғланиб, 1,4 километр автомобиль йўли, пиёдалар ва велосипед йўлакчалари барпо этилган. Савдо ва сервис объектларига туну-кун ишлашга рухсат берилган.

Натижада, илгари ушбу ҳудуддаги 1 квадрат метр жой
2-3 млн сўмга ҳам сотилмаган бўлса, ҳозир нархи
8-9 млн сўмга етган. Энг муҳими, савдодан тушган маблағларни бошқа кўчаларнинг инфратузилмасини яхшилашга йўналтириш ишлари бошланган.

Вилоят ҳокимларига Жиззах тажрибаси асосида 1 тадан кўчани танлаб, уларни серқатнов кўчаларга улаш орқали сервисни ривожлантириш лойиҳасини бошлаш топширилди.
"Yuzma-yuz" loyihasining navbatdagi sonida Kadastr agentligi Guliston shahar bo'limi boshlig'i Z.Matmusayev, Mirzaobod tuman bo'limi boshlig'i O.Xasanov va Davlat kadastrlari palatasi Guliston shahar filiali rahbari B.Radjabov mehmoni bo'ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент тадбиркорларни энг кўп ўйлантираётган масалалардан бири - аукционда ер олиш жараёнлари соддалаштирилишини эълон қилди

Президент объявил об упрощении одного из самых волнующих предпринимателей вопросов - процесса приобретения земли через аукцион

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
💰 Sotib olmoqchi boʼlgan hovli-joyingiz "Snos"ga tushmaganmikin?

💁🏻‍♂️ Endi buni osongina aniqlashtirish mumkin.

🏘 Uy-joy buzilishga tushgan yoki tushmaganligi (Snos) toʼgʼrisidagi maʼlumotnomani my.gov.uz orqali onlayn oling.

👨🏻‍💻 Buning uchun “Koʼchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʼgʼrisida maʼlumotnoma berish” xizmatini tanlab, boʼsh kataklarga kadastr raqami va bino nomini yozsangiz boʼlgani.

💸 Xizmat pullik (15000 soʼm) va albatta my.gov.uz dan foydalanganda (13500 soʼm) 10% chegirma mavjud.

🗓 Xizmat koʼrsatish muddati 3 kun.

🏠 Ushbu qulaylik hovli-joy sotib olayotganda, uyni kapital taʼmirlayotganda juda qoʼl keladi.

Muhimi, koʼngil xotirjam boʼladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Yerdan boshqa maqsadlarda foydalanilganda Kadastr organlari yer egasini xabardor qilgan holda sudga ariza kiritishi mumkin

🔰Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–775, 06.06.2022 y.) bilan amaldagi 20 dan ziyod qonun, jumladan 4 ta kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Yer kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, hokimliklarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov yakunlarini tasdiqlash vakolati chiqarib tashlandi.

📋 Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risida Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma beriladi (ilgari guvohnoma).

📌 Shuningdek, yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilib, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish haqida sudga daʼvo arizasi kiritishi belgilandi.

➡️ Bo‘sh turgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari fermer xo‘jaligini yuritish uchun ochiq elektron tanlov orqali beriladi (ilgari ochiq tanlov asosida).

☑️ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi fuqarolarga yakka tartibdagi bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun yer uchastkalarini ajratishga nisbatan ham tatbiq etiladi.

❗️Nogironligi bo‘lgan shaxslarning va o‘z tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilalarning elektron onlayn-auksionlar vositasida yer uchastkalarini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Sayyor_qabul

DIQQAT E`LON!

⚡️HURMATLI SIRDARYO VILOYATI FUQAROLARI HAMDA TADBIRKORLARI DIQQATIGA!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Guliston tumanida sayyor qabul bo'lib o‘tadi.

📝 Kadastr bilan bog‘liq muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 9-iyun kuni soat 10-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i A.Maxarov hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig’i B.Minasipov boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston tumani Dehqonobod shaharchasi (Ibrat mahalkasi) Madaniyat markazi binosi

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube