Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🌤 #Ob_havo

24-mart kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida maʼlumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, bugun Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, baʼzi joylarda -2 darajagacha sovuq bo‘ladi, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺"Diyor Yangiliklari"
🎥"Korrupsiya-halollik kushandasi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi
🗺Guliston shahri
💿LAVHA (22.03.2022)

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Халқаро конгресс марказида Тошкент халқаро инвестиция форуми бошланди. Тез орада унинг ялпи сессиясида Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этади ва нутқ сўзлайди.

YouTube

Facebook
“Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Bu boradagi saʼy-harakatlarimizni amalga oshirish maqsadida alohida Agentlik tashkil etildi.

Bu sohada boshlagan ishlarimizni davom ettirib, iqtisodiyotda shaffoflikni taʼminlash va korrupsiyaga qarshi qatʼiy kurash olib borish yana-da kuchaytirilmoqda.

Mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlash va to‘liq himoya qilishni ham eng ustuvor vazifa sifatida belgiladik.

Ikki yil avval O‘zbekistonda Inson huquqlari milliy strategiyasi qabul qilindi va tarixda birinchi marta mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashiga aʼzo bo‘lib saylandi.

O‘zbekistonni qonun va adolat mustahkam qaror topgan demokratik mamlakatga aylantirish, mustaqil va kuchli sud-huquq tizimini shakllantirish – eng oliy maqsadlarimizdan biri sifatida kun tartibiga qo‘yildi” – Prezident.
#Yig'ilish

⚡️Bugun Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

🔻Yig'ilishda:

🔹O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga rioya qilishi;
🔹 Bo'limlarda yil boshidan qilingan ishlar sarhisobi;
🔹 Oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan talabalarni ishga qabul qilish
🔹 Yer nazorati bo‘yicha, o‘zboshimcha yerlarni egallab olish holatlarini oldini olinishi,
🔹Korrupsiya holatlariga qarshi kurashish va ularning profilaktikasiga faol ko'maklashish, ichki intizomga xodimlarning qat’iy amal qilishlari,
🔹Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini muddatida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Yig'ilish

🔷Bugun Davlat kadastrlari palatasida Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i Ismailov Nodirbek Ashiraliyevich boshchiligida palata xodimlari uchun yig'ilish bo'lib o'tdi.

❇️Mazkur yig'ilishda boshqarma va uning shahar-tuman filiallari tomonidan qilinayotgan ishlar sarhisob qilinib, berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida bajarish vazifasi yuklatildi.

Shu bilan birgalikda:
🔹O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga rioya qilishi;
🔹 Korrupsiya holatlariga qarshi kurashish va ularning profilaktikasiga faol ko‘maklashish;
🔹 Bo'limlarda yil boshidan qilingan ishlar sarhisobi;
🔹 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarin o'zi vaqtida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🌱Kadastrda ko‘klam kayfiyati” haqida🌱

🟩 22 mart kuni Tashkent cityda ko‘klam kayfiyatini kadastr bilan his qilgan yurtdoshlarimiz soni 40 mingdan oshdi.

🟩 Kuninng biroz sovuq va yomg‘irli kechganiga qaramay dasturdan o‘rin olgan yulduzlarning chiqishlari va qiziqarli o‘yinlar barchaga alohida kayfiyat bag‘ishladi.

🇺🇿 Buni esa O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Toshkent" telekanali o‘zbek va rus tillarida jonli efirda tomoshabinlar e’tiboriga havola etdi.

#DavKadastrPalata #navro_z #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Vakantkadastr

🔻Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qiladi:

🔸Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi Sirdaryo tumani bo'limida:

— Sirdaryo tumani bo'limi bosh inspektori
Sirdaryo tumani bo'limi yetakchi inspektori

🔸Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi Boyovut tumani bo'limida:

Boyovut tumani bo'limi yetakchi inspektori

❗️Hujjatlar 2022-yil 26-martgacha qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.
🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: O‘zboshimchalik bilan egallangan yoki uyimning yonidagi meniki bo‘lmagan yerni qo‘shib olganman shuni xususiylashtirsam bo‘ladimi?

Javob: Yo‘q. Buning iloji yo‘q. Yer uchastkalarini xususiylashtirishning asosiy prinsiplaridan biri bu - qonuniylik. O‘z nomi bilan aytib turibdi O‘zboshimchalik bilan egallangan degani huquqni begilovchi hujjatlari yo‘q degani.
Qonunchilikka va reglamentga ko‘ra huquqiy hujjatlari mavjud bo‘lgan yerlar xususiylashtiriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: Tomchilatib sug'orish tizimini joriy etgan soliq to'lovchilar uchun yer solig'idan qanday imtiyozlar mavjud?

Javob: Soliq kodeksining
428-moddasiga asosan suvni tejaydigan (tomchilatib, yomg'irlatib diskret va boshqa) sug'orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar - suvni tejaydigan sug'oriy texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e'tiboran besh yil muddatga soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiritiladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #xalqaro_hamkorlik #Rosreestr #UNO #kadastr_baholash

♦️Ayni damda 🇺🇿Kadastr baholash tizimini yaratish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini aniqlash bo‘yicha 🇷🇺Rossiya Federatsiyasining beg‘araz texnik ko‘mak loyihasi doirasida Rossiyalik mutaxassislar bilan amaliy natijalar hamda ishlab chiqilgan axborot tizimlariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#TABRIKLAYMIZ

⚡️1987-yil 25-mart kuni tavallud topgan samimiy inson, Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Ma'muriy amaliyot bo'limi bosh mutaxassisi Turaqulov Murod Mardonqulovich sizni 35 yoshingiz bilan ishxonamiz nomidan tabriklaymiz.

Shu munosabat bilan, Sizni agentlik va palata oilasi nomidan samimiy qutlaymiz. Oilangizga tinchlik xotirjamlik, qut baraka, yaqinlaringiz sog‘liq salomatlik, kelgusi ishlaringizda bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat, ishxona rivoji uchun ilm olishda chanqoq bo‘lib qolishingizni tilab qolamiz. Omad hamisha sizga hamroh bo‘lsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube