Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Ер ва кадастр назорати: 16 минг 893 ҳолатда ер майдонлари ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган

📍https://uza.uz/posts/340615

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 18 - 24 yanvar kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

2022 yil davomida Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan ob'ektlar soni umumiy 51 093 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент коррупцияга қарши курашишга умумий вазифа сифатида қарашга чақирди.
💳 Ko‘chmas mulk obyektlarining turarjoy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi:

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira - Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi;

🏡Yakka tartibdagi turarjoy - Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-son qarori

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#ЎРҚ_419 #korrupsiyaga_qarshi_kurash

“KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGA KURASHAYLIK”

🔷Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha «Komplaens-nazorat» (ichki nazorat) xizmati Sizlarni kadastr sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi.

🔷Agarda Siz kadastr tizimida korrupsion holatlarga guvoh bo‘lsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari to‘g‘risida maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz bizga murojaat qiling.

☝️MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram youtube
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев “Ҳиндистон – Марказий Осиё” биринчи саммитида иштирок этди.
Минтақа мамлакатлари ва Ҳиндистон ўртасидаги анъанавий яқин ва дўстона алоқаларни янада мустаҳкамлаш, кўп қиррали ҳамкорликни кенгайтириш истиқболлари кўриб чиқилди. Халқаро сиёсатнинг долзарб масалалари юзасидан фикр алмашилди.
Давлатимиз раҳбари ҳамкорликни илгари суришнинг стратегик устувор йўналишларини белгилаб, аниқ таклифларни илгари сурди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев принял участие в первом саммите «Индия – Центральная Азия».
Рассмотрены перспективы дальнейшего укрепления традиционно тесных и дружественных связей, расширения многопланового сотрудничества между странами региона и Индией. Состоялся обмен мнениями по актуальным вопросам международной политики.
Глава нашего государства определил стратегические приоритеты и выдвинул конкретные предложения по продвижению сотрудничества.

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Hindiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🌤 #Ob_havo

Bugun 28-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida maʼlumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, baʼzi joylarda -2 daraja sovuqqacha, kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram youtube
📧SAVOL: Qo‘shnimni xovlisini ham sotib olgandim. Bitta xovli qilish niyatim bor. Shunda ikkita yonma yon hovlini bitta uy qilish uchun qanday yo‘l tutsak bo‘ladi?

🧾JAVOB:
Ikkata yonma-yon yakka tartibdagi turar joy obyektini birlashtirish yoki qayta qurish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-son qaroriga bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi. Bunda obyektni ruxsatnomasiz qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish taqiqlanadi. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron tarzda amalga oshiriladi.

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Bilasizmi #huquqiy_bilim

➡️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (2 mln 700 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 mln 50 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram youtube
⚡️ Bugun 28-yanvar kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: “Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalar hamda belgilab berilgan vazifalar ijrosi va tahlili”.

📌Ishtirok etadi: Kadastr agentligi mutasaddilari

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qilishingiz mumkin.

👉 Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🇺🇿Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalar hamda belgilab berilgan vazifalar" mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ushbu anjumanda Kadastr agentligi Iqtisodiy tahlil va strategik rivojlanish boshqarmasi boshqarma boshlig'i Feruz Sultonov va Metodologiya boshqarmasi bo'lim boshlig'i Bexzod Nishonov 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2022-yildagi rejalar haqida so'zga chiqishdi. Bundan tashqari anjumanda ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga javob berishdi.

Batafsil📹
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 24-28 yanvar kunlari jami 1 764 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 21
▫️Andijon viloyati - 77
▫️Buxoro viloyati - 113
▫️ Samarqand viloyati -23
▫️Sirdaryo viloyati - 44
▫️Surxondaryo viloyati - 217
▫️Qashqadaryo viloyati - 147
▫️Toshkent shahar - 125
▫️Toshkent viloyati - 374
▫️Navoiy viloyati - 59
▫️Namangan viloyati - 150
▫️Xorazm viloyati - 116
▫️Jizzax viloyati - 129
▫️ Farg‘ona viloyati - 155
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 14

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #kadastr

NOQONUNIY EGALLANGAN YERLARDAGI QURILISH BARTARAF ETILDI

🔷 Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi, Guliston tuman bo'lim inspektorlari tomonidan, Guliston tumani Mevazor MFY. Xondamir ko'chasi 10-uyda o'tkazilgan monitoring natijasida fuqaro tomonidan 107 kvadrat maydonga xech qanday xujjatlarsiz o'zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda do'kon qurib olganligi aniqlangan va inspektorlar tomonidan ushbu qonun buzilish holatlarini sodir etgan fuqaroga 15 kun muddat ichida ushbu noqonuniy qurilishni bartaraf etishi yoki bartaraf etilmagan taqdirda O'zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 3-qismida nazarta tutilgan huquqbuzarlik uchun ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilishi to'g'risida rasman ogohlantirilgan.

Hozirgi kunda ushbu noqonuniy savdo do'kon fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav_biz_haqimizda #uzb_24 #matbuot_anjuman

"Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalar hamda belgilab berilgan vazifalar” mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumani Янгиликлар 24 dasturida.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt