Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.13K photos
1.04K videos
18 files
4.95K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#infografika #xisobot #strategiya_boshqarma #yer_fondi

🔰Respublikadagi jami yer maydonlari va yer fondining toifalari to'g'risidagi ma'lumot infografika ko'rinishida.

01.01.2021 yil holatida.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #yer_va_kadastr_nazorati #xisobot

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganlik uchun qo‘llanilgan jarimalar to'g'risida ma'lumot infografikada

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
​​#kadastr #yer_va_kadastr_nazorati #xisobot

🔰Yer va kadastr nazorati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida yer va kadastr nazorati yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jumladan:
📝Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha:
Agentlikning yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan xatlov ishlari natijasida respublika bo‘yicha jami 14 530 ta holatda 2 406,4 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

🔸Jumladan, 8 018 ta (658,6 gektar) holatda uy-joy qurish, 3 990 ta (252,8 gektar) holatda noturar joy qurish, 1 754 ta (712,1 gektar) holatda tomorqa sifatida foydalanish, 59 ta (268,4 gektar) holatda baliq hovuzlarini qurish, 122 ta (12,9 gektar) holatda tuproq karer qilish hamda 587 ta (501,6 gektar) holatda boshqa maqsadlarda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan.

🔸Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar ko‘rish maqsadida:
14 915 ta yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan, 2 602 tasi (796,5 gektar) bartaraf etildi;
yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman (shahar) hokimliklariga 8 353 ta (1 157,9 gektar) taqdimnomalar kiritildi, 1 882 ta holatda sudlarga kiritilgan da’vo arizalariga asosan 220 ta (25,6 gektar) holatda sudning hal qiluv qarori (noqonuniy qurilmalarni buzish bo‘yicha) qabul qilindi, 982 ta (144,3 gektar) holat bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

♻️Huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun 4 928 ta (847,4 gektar) holat yuzasidan prokuratura organlariga ma’lumotlar taqdim etilib, hozirgi kunda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.


Telegram Instagram YouTube Facebook
#kadastr #yer_va_kadastr_nazorati #xisobot

🔰Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Yer va kadastr nazorati bo'limi tomonidan yil boshidan hozirgi kungacha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot.

📝Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha Agentlikning yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan xatlov ishlari natijasida viloyatimizda 1352 ta holatda 35,47 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

🔸Jumladan, 291 ta (9,19 gektar) holatda uy-joy qurish, 968 ta (10,18 gektar) holatda noturar joy qurish, 93 ta (14,10 gektar) holatda tomorqa sifatida foydalanib kelinyotganligi aniqlangan.

🔸Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar ko‘rish maqsadida, 1352 ta yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan, 358 tasi (11,10 gektar) bartaraf etildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#kadastr #Sirdaryo #xisobot #2022_yil

Sirdaryo viloyatida 2021-yil davomida 1 403 ta holatda 33,74 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

Jumladan,

🏘 Uy-joy qurish uchun 293 ta (9,20 gektar);
🏢 Noturar joy qurish uchun 1 017 ta (10,43 gektar);
🏕 Dala, tomorqa va boshqa maqsadlar uchun 93 ta (14,10 gektar) yer maydoni noqonuniy egallangan.

Hozirda 360 ta (11,10 gektar) o‘zboshimcha qurilishlar bartaraf etildi.

Shuningdek, qonun buzilish sodir etgan shaxslarga 1 403 ta ogohlantirish xatlari, tuman shahar hokimliklariga hamda vakolatli idora va tashkilotlarga 1 124 ta taqdimnomalar kiritilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt