Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.24K photos
1.07K videos
18 files
5.02K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Tayinlov

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasida Kadastr agentligi direktori Umarov Fazliddin Karimovich boshchiligida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

🔹Mazkur yig'ilishda:

-Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari-bosh muhandis lavozimiga Nishanov Ravshan Rustamovich hamda

-Palata raisining moliya va iqtisod masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimiga Jo‘rayev Dilshod Maxmudjonovichlar tayinlandi.

Nishanov Ravshan Rustamovich
shu kunga qadar Davlat kadastrlari palatasi Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Jo‘rayev Dilshod Maxmudjonovich shu kunga qadar Davlat kadastrlari palatasi Moliyaviy monitoring bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Yer_nazorati #Sirdaryo

O‘zbekiston Respublikasi "Yer kodeksi" talablaridan kelib chiqib, Shirin shahar, Do‘stlik MFY xududida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarining oldini olish maqsadida Kadastr agentligining Shirin shahar bo‘limi nazoratchilari tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida fuqaro I.Bayzakova tomonidan ko‘p qavatli turar joyning orqa tomonida joylashgan bo‘sh yer maydonida noqonuniy ravishda noturar binolar quririlganligi aniqlangan.

Mazkur holat o'z vaqtida to'xtatilib, fuqaro nisbatan inspektorlar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgan va rasman ogohlantirilgan.

Natijada o'zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni fuqaroning o'z hohishiga ko'ra joyida bartaraf etildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Jarimani o‘z vaqtida to‘laganga chegirma mavjud

Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Ushbu qoida quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:

* maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;

* jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

* xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Forwarded from Kadastr - Live
#infografika #xisobot #strategiya_boshqarma #yer_fondi

🔰Respublikadagi jami yer maydonlari va yer fondining toifalari to'g'risidagi ma'lumot infografika ko'rinishida.

01.01.2021 yil holatida.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Huquqiy axborot
#2021_йил_1_октябрдан

Қурилиши тугалланган ва фойдаланишга қабул қилинган кўп квартирали уй-жойни бошқариш биринчи икки йилда қурувчи томонидан амалга оширилади ҳамда мазкур муддатга кўп квартирали уй-жой эксплуатациясининг кафолат муддати жорий қилинади.

📍Lotin alifbosida o‘qing

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Davlat_kadastrlari_palatasi #So_rovnoma #Madaniya_istirohat_bog_lari

HURMATLI FUQAROLAR!

Madaniyat va istirohat bog'larning infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha anonim so‘rovnomada ishtirok eting.

Sizningcha, quyidagi qulayliklar/imkoniyatlar dam olish joyi sifatida madaniyat va istirohat bog'larining Siz uchun jozibadorligini oshiradi deb o‘ylaysiz?

⚡️Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
Dam oluvchilarning elektron qurilmalari (mobil telefon, noutbuk, planshet) ni quvvatlash uchun zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatish
Anonymous Poll
90%
Ha
10%
Yo'q
Quyosh energiyasidan foydalangan holda yo‘laklarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish.
Anonymous Poll
96%
Ha
4%
Yo'q
Istirohat bog‘ida uzluksiz ravishda ishlaydigan yuqori tezlikdagi bepul internet va Wi-fi qurilmalarini o‘rnatilish
Anonymous Poll
88%
Ha
12%
Yo'q
Piknik (kemping) uchun maxsus maydonlar ajratish
Anonymous Poll
87%
Ha
13%
Yo'q
Yoshlar (16-30 yosh)ning jamoaviy o’yinlari uchun maxsus zamonaviy interaktiv qurilmalar joylashtirish (musiqiy yo’lakcha va h.k.)
Anonymous Poll
86%
Ha
14%
Yo'q
Imkoniyati cheklangan (aravacha) yoshlar uchun maxsus arg’imchoqlar o’rnatish.
Anonymous Poll
95%
Ha
5%
Yo'q
Zamonaviy street art uchun (devordagi sur`atlar) alleya yaratish
Anonymous Poll
82%
Ha
18%
Yo'q
Bog’larda yashil qoplam zonalarini ko’paytirish
Anonymous Poll
95%
Ha
5%
Yo'q