Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.23K photos
1.06K videos
18 files
5.01K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Yer sotib olib o‘z uyimni qurmoqchiman, meni nimalar kutyapti ?

Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan bo‘lsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib o‘tish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi infografik maʼlumotlar bilan tanishing.

❗️Eslatib o‘tamiz, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi yer uchastkasining maydoni va qurilish hajmiga bog‘liq va xizmat narxiga kiritilmaydi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida yig‘im undiriladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram Facebook
#yernazorati #bilasizmi

⚡️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish

▫️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

▫️Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

▫️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulk tarixi

Hukumat qarori bilan DXM, my.gov.uz yoki davreestr.uz portali orqali “Ko‘chmas mulk tarixi”ga oid maʼlumotlarini aniqlash xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Bunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi.

💰 Xizmat narxi - BHMning 50 foizi (187 500 so‘m)
🗓 Muddat - uch ish kuni

Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda quyidagilar aks ettiriladi:

🔹obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;
🔹obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;
🔹obyektning qurilgan yili.

‼️Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach uni 1 oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak.

‼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi #korrupsiyaga_qarshi

⚡️Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik to‘g‘risida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar
▪️BHMning 3 baravaridan (1 mln 20 ming so‘m)
▪️25 baravarigacha (8 mln 500 ming so‘m) miqdorida
bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

⚡️Kadastr raqami qanday maʼnoni anglatadi ?

Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
АА : ВВ : СС : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH bunda,

🔹 АА - viloyat raqami;
🔹 ВВ – tuman yoki shahar kod raqami;
🔹 СС - kadastr zonasi raqami;
🔹 DD - kadastr massivi raqami;
🔹 ЕЕ - kadastr mavzesi raqami;
🔹 FFFF - yer uchastkasi raqami;
🔹 GGGG - bino, inshoot raqami;
🔹 ННН - bino, inshootlar bir qismi raqami.

‼️Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishi va (yoki) huquq turining o‘zgarishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda rad etilishi haqida bilasizmi?

🇺🇿Hukumatning 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

📆 belgilangan muddatda tegishli to‘lov miqdori to‘lanmasligi;

✏️so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

📰ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

📍ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

❗️vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔹umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;

🔹ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.