Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.93K photos
1.17K videos
20 files
5.47K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Sirdaryo tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari bo’yicha reja-jadval

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Sirdaryo tuman hududi uchun reja-jadval.

🔖Mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

Agarda ro’yxatdan sizning mahallangiz nomi chiqmasa xavotirga tushmang. Demak sizning mahallangiz 2025-yildan keyingi bosqichda xatlovdan o’tkaziladi. 2026-yil reja-jadvali 2025-yil yakuniga qadar e’lon qilinadi.


Кanalga ulanish:
https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #ijtimoiy_rolik

🏠 Uy-joyni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik ko‘plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin.

🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo‘lmasligi uchun ko‘chmas mulkingizni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazing.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilishi munosabati bilan 2024-yil 25-30 noyabr kunlari Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk-3” tizimi ishlashida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma'lum qilamiz.

◼️ Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

#DavKadastrPalata #profilaktika #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dxm_xizmatlari

Kadastr obyektiga taqiqni tekshirishning oson yo‘li bor!

◼️ Ko‘p hollarda (masalan, oldi-sotdi jarayonida) ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq bor-yo‘qligini tekshirish juda zarur bo‘lib qoladi.

🏘 Chunki obyektga taqiq chiqib tursa yoki sotish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, ovoragarchiliklar bo‘ladi.

🌐 My.gov.uz shunday ovoragarchiliklar bo‘lmasligi uchun qulay xizmatni yo‘lga qo‘ygan.

◼️Shuningdek, Yagona portal orqali umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshirish imkoni bor.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqlar e'tirof etilayotgani OAV nigohida


🇺🇿O'zbekiston Respublikasining “Ozboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida”gi Qonuni mazmuni, huquqlarni e'tirof etish asoslari, bir martalik to'lov miqdorlari va boshqa muhim jihatlar haqida Kadastr tizimi vakillari "O'zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" dasturida batafsil ma'lumotlar berdilar.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr yuzasidan savolingiz bormi?

📱1097 ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

📲 1097 sizning xizmatingizda.

#ishonch_raqami #1097

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #huquq #qonun

Yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi qanday hajmlarda beriladi?


Javob: O‘zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:

🔹1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;
🔹1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa, Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.


Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
👍1
⚡️XATLOV JARAYONLARI NAZORAT OSTIDA

Bugun Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i B.Shamansurov hamda boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi O.Samatov bilan birgalikda Boyovut tumanining "Sohil" mahallasida va Guliston tumanining "Terakzor" mahallasida xatlov ishlari yakunlangan xonadon egalari bilan suhbatlashib, o'tkazilayotgan xatlov ishlari shaffof hamda to‘g‘ri amalga oshirilayotgani o‘rganilib, nazorat ishlari olib borildi.

Xatlov jarayonlarini joyiga chiqib ko‘rgan mas'ul xodimlar tomonidan xonadon egalariga ushbu xatlov ishlaridan ko‘zlangan maqsad va Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirib berildi. Shuningdek kadastr xodimlariga “tezlashtiring, imkonini qilib bering” degan turli vajlar bilan moddiy manfaatdorlikni taklif qilmaslik to'g'risida tushintirish ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Bilib_qoʼygan_yaxshi

⚡️Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:


▪️Toshkent shahrida — BHMning 5 baravari miqdorida;
▪️ Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravari miqdorida;
▪️viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — BHMning 2 baravari miqdorida;
▪️ boshqa aholi punktlarida — BHMning 1 baravari miqdorida.


➡️Bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:

▪️ bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;
▪️ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.


“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.

Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli
Qonuni

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#bilib_qoʼygan_yaxshi

Huquqiy ma'lumot


Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi inventarizatsiya jarayonida aniqlangan va avtomatlashtirilgan axborot tizimida mazkur yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs sifatida ko‘rsatilgan fuqaro va yakka tartibdagi tadbirkor, shuningdek rezident bo‘lgan yuridik shaxs nomiga e’tirof etiladi.

Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi hamda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ushbu vafot etgan shaxs nomiga e’tirof etiladi. Bunda mazkur obyektga nisbatan merosni rasmiylashtirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vorislik tartibida hal etiladi.


Asos: O‘RQ-937-son, 21-modda

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Subsidiya olish uchun ijtimoiy mezonlar baholanadi

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 749-sonli 11.11.2024-yildagi qarori bilan ipoteka subsidiyalari olish uchun arizalarni baholash mezonlari o'zgardi.

◼️Unga ko'ra, endilikda ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi subsidiya.idm.uz maxsus platformasida tekshiriladi va ijtimoiy mezonlar asosida baholanadi.

⭐️🌟Xususan, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi tomonidan ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi mezoni o'rganiladi va baholanadi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Dolzarb masalalar yuzasidan tahliliy yig'ilish

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'lari boshchiligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda boshqarma xodimlari shuningdek tuman shahar bo'lim hamda filial xodimlari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda "Yer nazorati" borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli yo'lga qo'yish, "UZKAD" axborot dasturining imkoniyat va afzalliklari bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni tizimli hal etish va boshqa masalalar ko'rib chiqildi va berilgan topshiriqlar reja-grafik asosida yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.


Shuningdek xatlov jarayonida sodir etilishi mumkin bo‘lgan ta’magirlik yoki firibgarlik holatlari oldini olish maqsadida MUROJAATNOMAsi e'lon qilingan edi. Bugungi tadbir davomida barcha kadastr rahbar hamda xodimlariga yana bir bor yetkazilib, tushuntirishlar olib borildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
👍1