Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.11K photos
1.04K videos
18 files
4.93K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, 2024 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17 iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18 iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, masʼul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlarimiz uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi Respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 2024-yil, yanvar- may oyi

▫️ O'tgan o'tgan davr mobainida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 362 223 tani tashkil etdi.

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

⚡️Yer nazoratida dronlar amaliyoti

Guliston shahrining "Buyuk kelajak" mahalla hududida dron yordamida yer nazorati monitoringi ishlari amalga oshirildi.

Monitoring natijasida aniqlangan yer qonun buzilish holatlari yuzasidan inspektorlar tomonidan, fuqarolarga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan tushintirish ishlari olib borilib ko'rsatma xatlari berildi hamda belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik

🌍Yer olishda firibgarlarga aldanib qolmaslik uchun ushbu video rolikni tomosha qiling.


❗️Yer sotishni vada qilayotgan firibgarlarga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga yoki Bosh prokuraturaning 1007 ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko'chmas mulk obyektlari statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo'lgan ko'chmas mulk obyektlari statistikasini taqdim etadi.

🏪Hisobot davri: Yanvar, 2024-yil.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashda yordam bergan shaxslar mukofotlanadi

2024-yil yakunigacha “E-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushiriladi.

Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlashda jamoatchilik ishtirokini taʼminlash maqsadida quyidagi amaliyotlar joriy etiladi:

🔹davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning ellik foizi miqdorida mukofot puli berish;

🔹Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan har chorakda davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holatlar, ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#korrupsiyagaqarshi

KORRUPSIYA – KELAJAK TARAQQIYOTIMIZ KUSHANDASI

▪️Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

▪️Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Davronov tomonidan Davlat kadastrlari palatasining Oqoltin tuman filiali xodimlari bilan individual tarzda suhbat o’tkazildi.

▪️Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlarning tartib intizomi, ijro intizomi, kasb odobnomasi, ishga o‘z vaqtida kelib ketishi vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik, korrupsiyaga oid jinoyat uchun belgilangan jazolar haqida tushuntirildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

🌟Kadastr agentligi ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan 2024-yilda “O‘zbekiston Respublikasi hududida Milliy koordinatlar tizimini joriy etish” maqsadida respublikamiz hududi bo‘yicha maxsus geodezik o‘lchovlar amalga oshirilmoqda.

🇺🇿Maxsus o‘lchov ishlari keng qamrovda amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamda 2024-2025-yillarda respublikamiz hududidagi 3 000 dan ortiq I-va II-klass punktlarida GNSS o‘lchov ishlari amalga oshirilishi loyihalashtirilgan.

🔭Shuningdek Samarqand shahrida joylashgan, Mirzo Ulug’bek observatoriyasi hududida Milliy Koordinatlar tizimi uchun “0” nuqtani joylashtirish bo‘yicha ham loyihalash ishlari olib borilmoqda.

O‘lchov ishlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida to‘liq yakuniga yetkazildi.
Hozirgi kunda ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi hududidagi I-va II-klass Davlat geodezik tarmoq punktlarida maxsus GNSS o‘lchov ishlari bajarilmoqda.

📍O‘lchov ishlariga 27 nafar mutaxassis va haydovchilar 11 ta maxsus avtomashinalar jalb etilgan.
Milliy koordinatlar tizimini joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad respublikamiz hududida ochiq koordinatlar tizimini yaratish va foydalanishga joriy etishdan iborat.

#Kadastr_agentligi #Aerogeodeziya #GNSS

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmatlari

⚡️Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

✉️Vakolatli organ so’rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qo’yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

Xizmatdan foydalanish hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 0,03 baravar miqdorida (10 200 ming so‘m);

🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,027 baravari (9 180 ming so‘m).

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Bilishingiz muhi
m

🫥 Tashkilotimizga taalluqli bo‘lmagan savollar bilan juda ko‘p murojaat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun foydali bo‘ladigan loyihamiz davom etmoqda.

💭 Sizlarning sarsongarchiliklaringizga chek qo‘yish va huquqiy bilimingizni yanada oshirirsh  maqsadida manzili noto‘g‘ri savollaringizga aniq javob berishda davom etamiz.

"Kadastrda "qizil chiziq" qanday tartibda belgilanadi?" - deya ko'p murojaat qilishadi. Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Guliston_tumani

⚡️Ochiqlik – jamiyat taraqqiyotida muhim omil

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Guliston tuman bo‘lim hamda filiali to‘g‘risida maʼlumot

Bo‘lim rahbari - Kulchiyev Furqat Abdullayevich

Filial rahbari - Esirgadiyev Abdug'affor Rasulovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

📍Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, Ibrat mahallasi, Sirdaryo ko‘chasi 96-uy.

☎️ Murojaat uchun telefon: 95-888-86-66

📍Lokatsiya

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#auksion

⚡️Sirdaryo viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!

➡️Oqoltin tumanidan 367 ta (ko'rish)
➡️Boyovut tumanidan 331 ta (ko'rish)
➡️Sayxunobod tumanidan 289 ta (ko'rish)
➡️Guliston tumanidan 92 ta (ko'rish)
➡️Sardoba tumanidan 326 ta (ko'rish)
➡️Mirzaobod tumanidan 351 ta (ko'rish)
➡️Sirdaryo tumanidan 80 ta (ko'rish)
➡️Xovos tumanidan 265 ta (ko'rish)
➡️Yangiyer shahridan 95 ta (ko'rish)

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#korrupsiyagaqarshi

KORRUPSIYA – KELAJAK TARAQQIYOTIMIZ KUSHANDASI

▪️Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Davronov tomonidan Davlat kadastrlari palatasining Guliston tuman filiali xodimlari bilan individual tarzda suhbat o’tkazildi.

▪️Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlarning tartib intizomi, ijro intizomi, kasb odobnomasi, ishga o‘z vaqtida kelib ketishi vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik, korrupsiyaga oid jinoyat uchun belgilangan jazolar haqida tushuntirildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube